21
Mantiqiy inkor amali “A EMAS” , “not A” , “ ᒣ A” , “” koʻrinishlarda
yoziladi. Mantiqiy inkor amalining rostlik jadvali quyidagicha:
A
ᒣ
A
1
0
0
1
Koʻrinib turibdiki, mantiqiy oʻzgaruvchilar, munosabatlar, mantiqiy
amallar va qavslar yordamida mantiqiy ifodalar hosil qilish mumkin ekan.
Mantiqiy ifodalarda mantiqiy amallar quyidagi tartibda bajariladi: inkor ( ù
), mantiqiy koʻpaytirish ( Ù ), mantiqiy qoʻshish ( Ú ). Teng kuchli yoki bir
xil amallar ketmaketligi bajarilayotganda amallar chapdan oʻngga qarab
tartib bilan bajariladi, ifodada qavslar ishtirok etganda dastlab qavslar
ichidagi amallar bajariladi. Ichmaich joylashgan qavslarda eng ichkaridagi
qavs ichidagi amallar eng avval bajariladi.
Topshiriqlar
1. Kompyuter arxitekturasini, bir nechta sathlar iyerarxiyasidan iborat
ko‘rinishda ifodalab o‘rganish deganda nima tushuniladi va bu bilan
nim- aga erishish mumkin bo‘ladi?
2. Kompyuter arxitekturasining olti sathdan iborat tuzilishga ega
ko‘rinishda ifodalangan chizmasi keltiring va uni izohlab bering?
3. Mikroarxitektura sathi haqida tushuncha bering. Ma’lumotlar trakti
deganda nima tushuniladi va u qanday amalga oshiriladi?
4. Trigger, registr deganda nimalar tushuniladi va ular nima uchun
ishlatiladi? Chizmalar asosida tushuntiring.
5. Asosiy raqamli mantiqiy sxemalarning nomlari va ularni
bajaradigan vazifalarni aytib bering.