|
Kompyuter tizimlari kafedrasi
|
bet | 114/154 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 5,29 Mb. | | #131939 |
Bog'liq Majmua6-misol. A={ } (i=1, 2, …, n) massiv elementlarining yig‘indisini hisoblash jarayonini aks ettiradigan algoritm yarating.
Masalaning matematik modeli quyidagidan iborat:
Yig‘indini hisoblash uchun S o‘zgaruvchidan foydalanamiz va uning boshlang‘ich qiymati deb S = 0 olinadi. So‘ngra indeksning i = 1 qiymatidan boshlab, uning i = i + 1 orttirmasi bilan (i <= n) shart bajarilguncha munosabat qiymati ketma-ket hisoblanadi. Quyidagi algoritmda jarayon amallari bajarilishi ketma-ketligi keltiriladi:
1) kiritish (n, );
2) S = 0;
3) i = 1;
4) ;
5) i = i + 1;
6) agar ( i <= n ) shart bajarilsa, u holda => (4);
7) muhrlash (S).
7-misol. Massiv elementlari o‘rta qiymatini hisoblash. Masalaning matematik modeli: Yuqoridagi masaladan farqi – elementlar yig‘indisini elementlar soniga bo‘lish amali bilan algoritm to‘ldiriladi, ya’ni:
1) kiritish (n, );
2) S = 0;
3) i = 1;
4) ;
5) i = i + 1;
6) agar ( i <= n ) shart bajarilsa, u holda => (4);
7) P =S / n ;
8) muhrlash (P).
8-misol. Massiv elementlari qiymatlarining ko‘paytmasini hisoblash algoritmini tuzing. Masalaning matematik modeli quyidagidan iborat:
Hisoblash jarayoni yuqoridagiga o‘xshash bo‘ladi, faqat ko‘paytmaning boshlang‘ich qiymati R = 1 va joriy amal bo‘ladi. Bu jarayonning so‘zlar orqali ifodalangan algoritmi quyidagicha:
1) kiritish (n, );
2) R = 1;
3) i = 1;
4) ;
5) i = i + 1;
6) i <= n shart bajarilsa, u holda => (4);
7) muhrlash (R).
9-misol. B={ } massiv elementlari maksimum (eng katta) qiymatini aniqlash bilan bog‘liq masala ko‘riladi.
Mazkur masalaning matematik modeli quyidagi ko‘rinishga ega:
Maksimal elementni aniqlash uchun quyidagi amalni bajarish zarur. Avval, massivning birinchi elementi maksimal qiymatga ega deb faraz qilinadi. So‘ngra taxmin qilingan maksimal element navbatdagi elementlar bilan navbatma-navbat solishtiriladigan takrorlash jarayoni tashkil etiladi. Agar massivning navbatdagi elementi maksimal deb belgilangan elementdan katta bo‘lsa, u holda joriy element maksimal deb belgilanadi. Takrorlashning yakunida o‘zgaruvchining qiymati massivning maksimal elementiga mos keladi.
Massivning maksimal elementini aniqlash algoritmi blok-sxemasi ko‘rinishi 1.3.6-rasmda keltirilgan.
1.3.6-rasm. Hisoblash blok-sxemasi
Minimal elementni aniqlash uchun shart ifodasida “>” (katta) belgiga o‘zgartirishning o‘zi kifoya.
10-misol. Massivning maksimal elementi indeksini, ya’ni u joylashgan o‘rnini aniqlash uchun yuqorida keltirilgan algoritmga boshlang‘ich va joriy elementining indeksini belgilaydigan o‘zgaruvchi qo‘shishning o‘zi kifoya:
1) k = 1 (birinchi element maksimal deb taxmin qilanadi);
2) k = i (agar joriy i – chi element taxmin qilingan maksimumdan katta bo‘lsa, u qiymati bo‘yicha barcha elementlardan eng kattasi bo‘ladi).
Qo‘shimchalarni hisobga olgan holda blok-sxema 1.3.7-rasmda keltirilgan.
1.3.7-rasm. Hisoblash blok-sxemasi
Algoritmning so‘zlar orqali ifodalangan usulidan foydalanib, amallar ketma-ketligini keltiramiz:
1) kiritish ( )
2) ;
3) k = 1;
4) i = 2;
5) shart bajarilsa, u holda { ; }
6) i = i + 1;
7) agar ( i ≤ n ) shart bajarilsa, u holda => (5)
8) muhrlash (S, k).
|
| |