|
Kompyuter tizimlari kafedrasi
|
bet | 111/154 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 5,29 Mb. | | #131939 |
Bog'liq Majmua5-misol. Quyidagi ifoda bilan berilgan munosabatni hisoblang.
Bu misol natija x ning qiymatiga bog‘liq shart bilan berilgan va masala quyidagicha so‘zlar orqali ifodalangan algoritm asosida aniqlanadi:
agar x > 0 bo‘lsa, u holda y = b - x bo‘ladi, aks holda;
agar x < 0 bo‘lsa, u holda y = x + a, aks holda y = a + b.
Avvalo, birinchi shart tekshiriladi va agar u bajarilsa, y = b - x amal bajariladi, aks holda munosabat hisoblanadi.
Bu fikrlar quyidagi blok-sxemada o‘z aksini topgan (1.2.12-rasm).
1.2.12-rasm. Hisoblash blok-sxemasi
Takrorlanuvchi algoritmlar. Agar biror masalani yechish uchun zarur bo‘lgan amallar ketma-ketligining ma’lum bir qismi biror parametrga bog‘liq holda ko‘p marta qayta bajarilsa, bunday jarayon takrorlanuvchi algoritm deyiladi. Takrorlanuvchi algoritmlarga misol sifatida odatda qatorlarning yig‘indisi yoki ko‘paytmasini hisoblash jarayonlarini qarash mumkin.
1-misol. 1 dan n gacha bo‘lgan natural sonlarning yig‘indisini hisoblash algoritmini tuzaylik. Masalaning matematik modeli quyidagicha:
Bu yig‘indini hisoblash uchun, natijaning boshlang’ich qiymatini va indeksning boshlang’ich qiymatini deb olamiz va joriy amallar va hisoblanadi. Bu yerda, birinchi va ikkinchi qadamlar uchun yig‘indi hisoblanadi va keyingi qadamda i parametr yana bittaga orttiriladi hamda navbatdagi qiymat avvalgi yig‘indi S ga qo‘shiladi. Mazkur jarayon shu tartibda indeksning joriy qiymati sharti bajarilmaguncha davom ettiriladi va natijada, izlangan yig‘indiga ega bo‘lamiz. Ushbu fikrlarni quyidagi so‘zlar orqali ifodalangan algoritm bilan ifodalash mumkin:
1) kiritish (n);
2) S = 0 - natijaning boshlang‘ich qiymati;
3) i = 1 - indeksning boshlang‘ich qiymati;
4) S = S + i - natijaning joriy qiymatini hisoblang;
5) i = i + 1- indeksning joriy qiymatini hisoblang;
6) i ≤ n shart tekshirilsin va u bajarilsa => (4);
7) muhrlash (S).
Bu jarayonga mos keladigan blok-sxemaning ko‘rinishi 1.3.1-rasmda tasvirlangan.
1.3.1-rasm. 1 dan n gacha bo‘lgan sonlar yig‘indisini hisoblash blok-sxemasi
Yuqorida keltirilgan so‘zlar asosida ifodalangan algoritm va blok-sxemadan ko‘rinib turibdiki, amallar ketma-ketligining ma’lum qismi parametr i ga nisbatan n marta takrorlanadi.
|
| |