|
-Laboratoriya. Chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi algoritmlar oid masalalar
|
bet | 109/154 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 5,29 Mb. | | #131939 |
Bog'liq Majmua2-Laboratoriya. Chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi algoritmlar oid masalalar.
Reja:
Chiziqli algoritmlar.
Tarmoqlanuvchi algoritmlar.
Takrorlanuvchi algoritmlar.
Chiziqli algoritmlar
Har qanday murakkab algoritmni ham uch asosiy struktura yordamida tasvirlash mumkin. Bular ketma-ketlik, tarmoq va takrorlash strukturalaridir. Ushbu strukturalar asosida chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi hisoblash jarayonlarining algoritmlarini tuzish mumkin. Umuman olganda, algoritmlarni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin:
chiziqli algoritmlar;
tarmoqlanuvchi algoritmlar;
takrorlanuvchi algoritmlar;
ichma-ich joylashgan takrorlanuvchi algoritmlar;
rekurrent algoritmlar;
takrorlanishlar soni oldindan noma’lum algoritmlar;
ketma-ket yaqinlashuvchi algoritmlar.
1.2.4-rasm. Chiziqli algoritmlar blok–sxemasining umumiy tuzilishi
Faqat ketma-ket bajariladigan amallardan tashkil topgan algoritmlarga chiziqli algoritmlar deyiladi. Bunday algoritmni ifodalash uchun ketma-ketlik strukturasi ishlatiladi. Strukturada bajariladigan amal mos keluvchi shakl bilan ko‘rsatiladi. Chiziqli algoritmlar blok-sxemasining umumiy tuzilishi 1.2.4-rasmda keltirilgan.
1-misol. Uchburchak tomonlarining uzunligi berilgan. Uchburchakka ichki va tashqi chizilgan aylanalar radiuslarini hisoblang.
Ichki chizilgan aylana radiusi , tashqi chizilgan aylana radiusi formulalar orqali hisoblanadi. Bu yerda, S - uchburchakning yuzasi, a, b, c – uchburchak tomonlarining uzunliklari. Masala yechimining blok-sxemasi 1.2.5-rasmda keltirilgan.
1.2.5-rasm. Uchburchakka ichki va tashqi chizilgan aylanalar radiuslarini hisoblash blok-sxemasi
2-misol. Quyida keltirilgan munosabatni hisoblash algoritmini ko‘rib chiqaylik. Jarayon amallarni ketma-ket bajarilishidan iborat.
bu yerda:
Bunda:
a, b - aniq qiymatga ega bo‘lgan boshlang‘ich ma’lumotlar;
x, y - oraliq ma’lumotlar;
z - natija.
Masalani yechish jarayoni chiziqli hisoblanadi, chunki boshlang‘ich ma’lumotlar kiritilgach, munosabatlarning qiymati dasturda joylashgan tartibda hisoblanadi, ya’ni dastlab x, so‘ngra y qiymati va nihoyat z natija hisoblanadi. Mazkur jarayonning blok-sxemasi 1.2.6-rasmda keltirilgan.
1.2.6-rasm. Hisoblash blok-sxemasi
|
| |