|
Kompyuter tizimlari kafedrasi
|
bet | 153/154 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 5,29 Mb. | | #131939 |
Bog'liq MajmuaSoat
1
|
Dasturlash tillarining tarixi.
|
2
|
2
|
Dasturlash tillarining darajalari.
|
2
|
3
|
Zamonaviy dasturlash tillari va texnologiyalari.
|
2
|
4
|
C# va .Net Core platformasi. C# dasturlash tilining tuzilishi.
|
2
|
5
|
Net Core platformasining imkoniyatlari, afzalliklari va o‘ziga hos xususiyatlari. JIT (Just Run Time).
|
2
|
6
|
Platforma asosida qurilgan zamonaviy texnologiyalar va dasturlar.
|
2
|
7
|
С # tiliga kirish.
|
2
|
8
|
Visual Studio muhitiga kirish.
|
2
|
9
|
Konsole rejimida ishlash.
|
2
|
10
|
C# da birinchi programma. C# dasturi tuzilishi, yozish, yozish usullari, Consoleда kiritish-chiqarish.
|
2
|
11
|
C# tilining tashkil etuvchilari.
|
2
|
12
|
C# dasturlash tilining alfabiti, identifikatorlar,
|
2
|
13
|
Kalit so‘zlar, literallar, o’zgaruvchilar, o’zgarmaslar va izoxlar.
|
2
|
14
|
Berilganlar turlari.
|
2
|
15
|
Berilganlarning C# dasturlash tilida turlari va e’loni.
|
2
|
16
|
O‘zgaruvchi va o‘zgarmas tushunchasi.
|
2
|
17
|
C# tilining amallari.
|
2
|
18
|
Arifmetik, mantiqiy va boshqa amallar.
|
2
|
19
|
Amal turlari: unar va binar.
|
2
|
20
|
Qiymat berish amali.
|
2
|
21
|
Shartli amal.
|
2
|
22
|
C# ifodalari.
|
2
|
23
|
Amallarning ustuvorligi.
|
2
|
24
|
Turni boshqa turga keltirish.
|
2
|
25
|
Turlar va ularni boshqa turga keltirish qoidalari.
|
2
|
26
|
Berilganlar turlarining shajarasi.
|
2
|
27
|
Oshkor va oshkormas turga keltirish.
|
2
|
28
|
Shart operatorlari.
|
2
|
29
|
If shart operatori.
|
2
|
30
|
if-else shart operatori.
|
2
|
Jami
|
60
|
Mustaqil о‘zlashtiriladigan mavzular bо‘yicha talabalar tomonidan loyiha ishi, esse, tezis yoki ilmiy maqola yozish, referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.
V. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetentliklar)
Fаnni о‘zlаshtirish nаtijаsidа tаlаbа:
axborot, uni saqlash usullari, qayta ishlash va uzatish, xisoblash tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti, ularni fan sohalarida, ishlab chiqarish va ta’limda qo’llash xususiyatlari, kompyuterni dasturiy ta’minoti, dastur turlari va xususiyatlari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
yuqori darajadagi dasturlash tillarini, dasturiy ta’minotni, dasturlash texnologiyalarini, tatbiqiy va hisoblash matematikasi masalalarini yechish algoritmlarini tuzish, obyektga yo’naltirilgan dasturlash konsepsiyalari, inkapsulyatsiya, vorislik, polimorfizm, qoidalarini o‘rganish va amaliy masalalarni ular yordamida yechish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
tatbiqiy masalalarni yechish algoritmini tuzish, matematik modelini qurish va uning dasturiy ta‘minotini yaratish, chiziqli ro‘yxatlar xosil qilish, strukturada berilganlarni jamlash va ko‘rsatgichlar bilan ishlash malakasiga ega bolishi kerak.
VI. Ta’lim texnologiyalari va uslublari
Darsda quyidagi о‘quv usullari va shakllari qо‘llaniladi:
– ma’ruzalar;
– interfaol keys-stadilar;
– seminarlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar);
– guruhlarda ishlash;
– taqdimotlarni qilish;
– jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.
Talabalar darslarda qatnashishdan oldin bir qator tayyorgarlik darslarini bajarishlari kerak.
VII. Talabalar bilimini baholash mezonlari va kreditlarni olish uchun talablar
Fanga oid nazariy materiallar ma’ruza mashg‘ulotlarini ma’ruzalarda ishtirok etish va kredit-modul platformasi orqali ma’ruzalarni mustahkamlash hamda belgilangan test savollariga javob berish orqali amalga oshiriladi.
Amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilish va o‘zlashtirish mashg‘ulotlarga to‘liq ishtirok etish va modul platformasi orqali topshiriqlarni bajarish natijasida nazorat qilinadi.
Mustaqil ta’lim mavzulari modul platformasi orqali berilgan mavzular bo‘yicha topshiriqlarni bajarish ( test, referat va boshqa usullarda) bajariladi.
Fan bo‘yicha talalabalar test usulida oraliq nazorat va og‘zaki (yoki test) usulida yakuniy nazorat topshiradilar.
Talabalar bilimi O‘zbekiston Respublikasi OO‘MTVning 2018 yil 9 avgustdagi 9-2018-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi Nizom” asosida baholanadi.
Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:
Talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a’lo) baho;
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;
talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
Yakuniy nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
|
| |