|
String sinfining xossalari
|
bet | 62/154 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 5,29 Mb. | | #131939 |
Bog'liq MajmuaString sinfining xossalari:
String sinfi o‘zgarmas, ya’ni yaratilganidan so‘ng uning holatini o‘zgartirib bo‘lmaydi.
Uzunlik xossasi berilgan satrda mavjud bo‘lgan belgilar sonini beradi.
Berilgan satrdagi belgilar o‘rnini ta’minlaydi.
E’lon qilingan, ammo qiymat belgilanmagan satr nolga teng. Ushbu satrda metodlarni chaqirishga urinish “NullReferenceException” nomdagi xatolikni beradi.
Satrlarni yaratishga oid bir qancha konstruktordan foydalanish mumkin.
Bundan tashqari, satrlarni qidirish, satrlarni taqqoslash, satrni o‘zgartirish, satrni normallashtirish, satrlardan nusxa ko‘chirish va boshqa turdagi standart funksiyalar aniqlangan.
4.4.1-jadval. Satrlarni hosil qiluvchi konstruktorlar
Konstruktor
|
Tavsifi
|
String(char[], position, length);
|
Belgi turidagi Unicode belgilar massividan tashkil topgan va position indeksidan boshlab length uzunligidagi yangi string turidagi satrni hosil qiladi.
|
String(char, count);
|
Belgi turidagi birorta belgidan iborat, count soniga teng bo‘lgan uzunlikdagi string turidagi satrni hosil qiladi.
|
String(char[]);
|
Belgi turidagi Unicode belgilar massividan tashkil topgan yangi string turidagi satrni hosil qiladi.
|
Misol1:
//C# dasturida konstruktor yordamida satr yaratilishini namoyish etish
using System;
class Geeks {
|
| |