• Komputer avlodlari haqida ma’lumot. 1 – avlod mashinalari.
  • 32 razryadli turli xillilik Intel Pentium Pro
  • Intel Pentium 3 (kod nomi katmai)
  • Intel Pentium 4 (Willamette)
  • Компютер турлари




    Download 2.13 Mb.
    bet3/77
    Sana23.10.2023
    Hajmi2.13 Mb.
    #89995
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
    Bog'liq
    Компютер турлари
    Alkadiyenlar. Diyen Uglevodorodlar. Kauchuklar Reja. Alkadiyenla, Gidravlika va gidropnevmoyuritmalar(Fan dastur), Tavsiyanoma maktab
    Noutbuk kompyuterlar. Noutbuk kompyuterlar hajmi ancha ixcham bo`lib, ammo bajaradigan amallar soni, xotira hajmi shaxsiy kompyuterlar darajasiga ko`tarilib bormoqda. Ularning qulaylik tomonlaridan biri ham elektr energiyasidan, ham ichiga o`rnatilgan batareyalarda uzluksiz (batareyani har safar almashtirmasdan) ishlashi mumkinligidir.
    Boshqaruv qurilmasi deb ataluvchi maxsus qurilma hozir qanday operator bajarilishi va undan keyin qaysi operator bajarilishi ustidan nazorat o`rnatadi va uning bajarilishini ta'minlaydi. Amal (arifmetik-mantiqiy) esa protsessor deb ataluvchi qurilmada bajariladi. Programma ishlash natijasi to`g`ridan-to`g`ri ekranda yoki tashqi qurilma (chop qiluvchi mexanizm, grafik chizuvchi qurilma, video qurilma va boshqalar) deb ataluvchi qurilmada ko`rilishi mumkin. Odatda kompyuter ikki qismdan: Hardware (kompyuterni tashkil etuvchilari - kompyuterning qattiq qismlari) va Software (kompyuterning programma ta'minoti - kompyuterning yumshoq qismlaridan) tashkil topgan deyiladi.


    Komputer avlodlari haqida ma’lumot.


    1 – avlod mashinalari. Bu kompyuterlar XX 40-yillarida paydo bo`lgan. Edison tomonidan 1883 yil vakuumdagi to’k utkazish mumkinligini kashf kilinganiga karamay. 1904 yili Fleming birinchi vakum diodli elektron lampani qurdi. Keyinchalik Li de Forrest vakuumniy triod kashf etdi, keyin gaz tulatilgan elektron lampa – tiratron kashf kilindi. 30-yillargacha elektron vakumli va gaz tulatilgan lampalar radiotexnikada ishlatilgan. Lekin 1931 yilda ingliz olimi Vinni-Vilyams (fizik eksperimentlar uchun) elektr impulsli tiratron schetchik ishlab chikdi, shu bilan u elektron lampalarga yangi yo’nalish ochib berdi. EXMda elektron lampalar ishlatilishi juda katta muammolar keltirib chiqarardi. Lampalarning uzunligi 7 sm bo’lganligi uchun mashina xajmi juda katta bulardi. Xar 7-8 minutda bir lampa ishdan chiqardi, undagi lampalar 15 - 20 mingta bulishini xisobga olsak kuygan lampani topib almashtirishga juda kup vaqt ketardi. Bundan tashkari ular uzidan juda katta issiklik energiyasi chiqarardi, uni ishga solish uchun maxsus sovutgichlar kerak edi. I avlod kompyuterlariga Mark 1, ENIAC, EDSAC (Electronic Delay Storage Automatic Calculator), UNIVAC (Universal Automatic Computer) misol bo’la oladi.
    2– avlod mashinalari. "Nyu-York Tayms" gazetasining 1948 yilning 1 iyulida "Bell telefon laboratoriz" firmasi elektron lampa o’rnini bosa oladigan elektron kurilma ishlab chikarganini e'lon qiladi. Fizik-teoretik Djon Bardin va mazkur firmaning eksperimentatori Uolter Braytten birinchi tranzistor yaratishdi. Tranzistorga asoslangan birinchi kompyuterlar 50-yillarning oxirlarida paydo bo`ldi. 60-yillarda tashqi tomondan ancha kichikrok kompyuterlar paydo bo’ldi. Digital Equipment firmasi 1965 yilda birinchi xolodilnikka teng keladigan kiymati atigi 20000 $ ni tashkil kiladigan mini-kompyuter PDP-8 yaratdi. Tranzistorning eng qulay jixati shunda ediki 1 tarnzistor 40 ta elektron lampalar urnini bosa olardi. Kompyuterdagi eng katta yangilik tezligining bir sekundga million operatsiya bajara olishi bo’ldi. Tranzistorli kompyuterlar oilasiga "Stretch" (Angliya), "Atlas" (SShA). Usha davrdagi "BESM-6" (SSSR).
    3– avlod mashinalari. Tranzistorlar o’ziga yarasha ikkinchi avlod kompyuterlarini keltirgan bo’lsa uchinchi avlod kompyuterlari yaratilishiga sabab integral sxemalar bo’ldi. Integral sxema (uni yana kristall-deb xam atashadi), usti kremni kristalidan iborat bulib
    10 mm 2 xajmga ega edi. Birinchi integral sxemalar (IS) 1964 yil paydo bo’ldi. Boshida ular faqat kosmik va harbiy soxada ishlatildi. Xozir esa ularni xar kayerda uchratish mumkin (avtomobil, Kir yuvish moshinasi va x.k.). Kompyuterlarga keladigan bo’lsak IS siz ularni tasavvur etib bulmaydi! Bitta IS 1000 tranzistorning urnini bosa olardi. Bir so’z bilan aytganda kichkina bir kristall 30-tonnali Eniakning vazifasini bajara oladi! Uchinchi avlod EXMning ishlash tezligi 100 baravar oshdi.
    4– avlod mashinalari. Katta integral sxemalar, kristalda birnecha IS lar urnatish mumkinligini isbotlanganligi bilan boshlangan. Mikroelektronikaning usishi bitta kristallda minglab integral sxemalar joylashga imkon berdi. 1980 yilga kelib, uncha katta bulmagan kompyuterning markaziy protsessorini 1,61 sm2ga urnatish mumkin ekanligini ishlab chikishdi. Mikrokompyuterlar davri boshlandi.
    Zamonaviy mikro EXMning tezligi qanday? U 10 baravar uchinchi avlod kompyuterlaridan. 10 baravar tezroq ishlaydi.
    32 razryadli turli xillilik
    Intel Pentium Pro
    Bu oldinchi avlod protsessorlarining birinchisi edi. Ularning oldingilaridan asosiy farqi, yadroning to`liq chastotada ishlashuvchanligiga moslashgan ikkinchi darajali kesh xotiraning kiritilganligida edi. Texnik xarakteristikasi: yadroda 5,5 mln tranzistor, kesh- xotirada 15,5- 31 mln tranzistor, 0,5- 0,35 mkmli texnologiya, takt chastota 150- 200 MHz, 16 Kbaytli birinchi darajali kesh, 2 Mbaytli ikkinchi darajali kesh, 32 razryadli manzillar shinasi, ma`lumotlar shinasi 64 Kbayt. Ikki yangi tomonlama afzalliklarga ega bo`lgan: yangi tizim va dasturlarda ishning tezlashishi va Windows 95 muhitida 16 bitli toshning bo`lishi edi. Bu protsessorlarning asosiy qo`llanilish sohasi serverlarda qo`llanilgan.


    Intel Pentium MMX
    1997- yilda nihoyat multimedia muhitini o`zida jamlashtirgan yangi protsessorlar ishlab chiqarila boshladi. Intelning bu kompyuterlardagi asosiy o`zgartmasi tasvir va audioma’lumotlarni qayta ishlash imkonini berardi. Haqiqiy fikr bildiradigan bo`lsak uning asosiy kamchiligi bu ma`lumotlarni yig`ish va tarqatish davomida ko`p vaqtni sarflashda edi. Texnik tavsifiga keladigan bo`lsak oldingilaridan aniq ajralib turmagan. Faqatgina qo`shimcha qurilmalar kiritilishi natijasida uning takt chastotasi 233 MHz gacha oshdi. Haqiqiy mavjud afzalliklarini hiobga oladigan bo`lsak u boshqalarga nisbatan arzonroq edi.


    Intel Pentium 2
    1997- yil may oyida jamoatchilikka Intel tomonidan navbatdagi sovg`a taqdim etildi: Intel Pentium 2 nomli yangi toshli protsessor. Yangi nom asosiy arxitektura o`zgarishi bilan mutanosib emas, chunki yadro Intel Pentium Pro texnologiyasi bo`yicha yig`ilgan edi, farqli jihati takt chastotasi o`zgartirilgan edi. Yaqqol ajralib turadigan farqi qurilish modeli Slot 1 va SECC (Single Edge Contact Cartridge) kartridjiga asoslangan edi. Bunday ayyorona arxitektura oddiy ko`rinsada u server va multiprotsessor shaklli bo`lshi mumkin. Texnik tavsifi: takt chastotasi 233 dan 450 MHzgacha, 0,25 mikronli texnologiya, yadroda taxminan 7,5 mln transistor, 2 darajadagi kesh xotira 512 Kbayt, birinchi daraja 32 Kbayt. Bundan tashqari unda termodatchik o`rnatilgan bo`lib u to`g`ridan- to`g`ri yadrodagi temperaturani o`lchab boradi.


    Intel Pentium 3 (kod nomi katmai)
    Umuman uchinchi avlod kompyuterlarning eng a`losi bo`ldi, agar bu yerda “Pentium 3” bo`lsa. SSE (Streamimg SIMD Extensions) qisqartirish kiritlgan, u bir vaqtda operandlar guruhi ustidan amal olib boorish mumkin. 128 razryadli va SSE sinfiga mansub XMM yangi registri kiritlgan. Texnik tavsifi: 0,18 mkmli texnologiya, yadroda 28 mln transistor, 2 darajali kesh xotira 256 Kbayt, yadroagi ishchi takt chastotasi 1GHzgacha
    Intel Pentium 4 (Willamette)
    Intelning 32 razryadli toshlar bozoridagi bugungi kundagi so`ngi rusumi. x86 turining ideal davomi hisoblanadi, Intel klassifikatsiyasi bo`yicha 7 avlodga mansub. Navbatdagi dasturiy model qurilmalar to`plamining qisqartirilgan shaklida, SSE2 nomdagi. Arxitekturada ham bir necha yangiliklar kiritilgan: yadro mikroarxitekturasining yangicha ishlovchi prinsipi, NetBurst nomli, yuqori chastota (minimal holatdagisi 1,4 GHz), tizim shinasi chastotasi - 400 MHz. yadrodagi tranzistorlar miqdori 48 mln gacha oshirilgan, 0,18 mkmli texnologiya bilan. Asosiy yo`llnmasi – internet va multimedia dastur.

    1. Компьютер ишлаш тезлиги нималарга боглик ? Компьютер тезлиги ва самарадорлиги кандай бирликларда улчанади ?


    Download 2.13 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




    Download 2.13 Mb.