|
ELEKTRON TIJORAT AFZALLIGI VA IMKONIYATLARI
|
bet | 37/41 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 156,28 Kb. | | #121143 |
Bog'liq Kompyuter va uning axborot ta’minoti-fayllar.org (1)ELEKTRON TIJORAT AFZALLIGI VA IMKONIYATLARI
Elektron tijorat turli darajada olib borilishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi, sotib oluvchi, iste’molchilarning vakillari, bir qator korxona va tashkilotlarning internet tarmoqlarida hamkorlik munosabatlarini o‘rnatishi tizimini – elektron tijorat faoliyati deb ataladi.
Elektron tijorat odatda global harakatga ega. Ichki milliy elektron tijoratdan farqli ravishda mintaqalar, millatlar, davlatlararo darajada elektron tijorat bir qator omillar asosida murakkablashib boradi. Masalan, turli shaklda soliq to‘lash, sug‘urta badallari, bojxona yig‘imlari, bank faoliyati qoidalari.
O‘zaro iqtisodiy va tijoriy munosabatlarda ishtirok etuvchilarga qarab elektron tijorat o‘zaro faoliyat yurituvchi tijorat sektorlariga bo‘linadi:
V2V-Yuridik shaxs, tashkilot;
V2S-Yuridik va jismoniy shaxc;
V2G-Yuridik shaxc va davlat gashkiloti; S2S-Jismoniy shaxs va jismoniy shaxc; G2C-Davlat tashkiloti va jismoniy shaxs.
Boshqa sektorlar V2V, V2S, V2G, S2S, G2C shu ishtirokchilar tarkibida o‘zaro munosabat xarakterlariga ko‘ra farq qiladi.
Elektron tijoratning biznes-mazmuni.
Jahon miqyosidagi global axborotlashuv jarayonining tahlilida iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zgarish dinamikasi bir nechta darajalarga bo‘linadi.
Malaka darajasi. Iqtisodiy axborotlashtirish shaxsning yuqori malakali bo‘lishligiga talabni kuchaytiradi, o‘z navbatida bilim olishni rivojlanishiga, mehnat samaradorligini va hayot darajasini o‘sishiga olib keladi.
Iqtisodiyotni globallashuv darajasi.Sanoatlashtirish iqtisodiyotiga nisbatan yangi iqtisodiyot global harakterga ega. Bu milliy iqtisodiy va savdo to‘siqlarini yengib o‘tib, jahon miqyosida global bozorni yaratadi.
Bu ko‘rsatikich quyidagilarda ifodalanadi:
eksport mahsulotlar hajmi;
eksport tijorat xizmatlari hajmi;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet ellarga investitsiya sarmoya qilish hajmi;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet elga mulkni qo‘yish hajmi; Himoya darajasi.
|
| |