|
Ba’zi yangi bayroqlar vazifasiBog'liq AMV majmuaBa’zi yangi bayroqlar vazifasi:
· AC (xotirada tyokislash rejimi, 18 bit). AC bayrog’i o’rnatilishi va CRO dagi AM bitlarining
o’rnatilishi xotiraga murojaatdagi tyokislashni boshqarishga ruxsat beradi.
· VM (virtual rejim 17 bit) VM bayrog’ining o’rnatilishi protsessorning 8086 virtual rejimiga
o’tishiga olib keladi.
· RF (qayta tiklash bayrog’i 16 bit) RF bayrog’i vaqtinchalik otlatka chegaralanishini bekor qiladi,
shuning uchun bunday chegaralanishdan keyin boshqa buyruq bajarilishi mumkin va bu boshqa
sozlovchi chegaralanishini yaratilishiga olib keladi. Sozlovchi kirishda bu bayroq uning normal
funktsiyalanishiga olib keladi, aks holda otladchik o’zi-o’zini rekursiv chaqirishni davom etib
stekni to’ldirar edi. POPF buyrug’i RF ga hech kanday ta’sir ko’rsatmaydi, lekin
POPFD da IRET buyruqlari
bu bayroq holatiga ta’sir ko’rsatadi.
· NT (vazifa qo’yilishi bayrog’i 14 bit) Ushbu bayroq chaqirilgan yoki uzilgan vazifalarni
boshqarish uchun xizmat qiladi.
NT bayrog’i IRET buyrug’i ishiga ta’sir ko’rsatadi.
POPF, POPFD va IRET buyruqlari NT bayr
og’i holatiga ta’sir qiladi.
· IOPL (kiritish-chiqarish darajasi 12-13 bit). Kiritish-chiqarish buyruqlarining ustunlik
darajasini belgilaydi. Bu bayroq faqat himoyalangan rejimda ishlatiladi.
Yangi registrlar turlari.
80386 dan boshlab 32-razryadli protsessorlarda foydalaniladigan registrlarning bir qismi 32-
razryadli bo’lgan. Lekin shunga karamay, segmnt registrlari avvalgiday 16-razryadliligicha qoldi.
Bundan tashqari 486 protsessorlaridan boshlab, asosan sitemaga qaratilgan yangi registrlar turlari
paydo bo’ladi.
Sistemali registrlar.
Sistemaga karatilgan registrlar klassifikatsiyasi:
· Eflags bayroqlar registri;
· Xotirani tashkil etish registrlari;
· Boshqaruvchi registrlar;
· Sozlovchi registrlari;
· Test registrlari.
Sistemali registrlar amaliy dasturlar bajariladigan muhitni boshqarish uchun xizmat qiladi.
Ko’pchilik sitemalarda ushbu registrlarga murojaat taqiqlanadi.
|
| |