Intel firmasining protsessorlarida registrlar 2 guruhga bo’linadi: sistemali va amaliy maqsadga
yo’naltirilgan. Quyida dasturchiga tegishli amaliy maqsadga yo’naltirilgan registrlarni ko’rib
chiqamiz. I486 protsessori 16 registrni o’z ichiga oladi. Registrrlarning ko’pchilik qismi 2 so’z
uzunligiga ega (32 bit) ularning har biri tegishli nomga ega
– EAX, EVX va hokazo. Ushbu
registrlar quyidagi guruhlarga bo’lingan:
1. Umumi
y foydalanuvchiga mo’ljallangan registr – 8 ta 32 bitlik registr;
2. Segment registr
– 6 ta xotiraga murojaatning turli ko’rinishiga mos selektor segmentlari;
3. Holat va boshqaruv registrlari, ushbu registrlar protsessorning holatini aniqlash va
o’zgartirish uchun xizmat qiladi.
Umumiy foydalanuvchiga mo’ljallangan registrlar.
Umumiy foydalanuvchiga mo’ljallangan registrlari 32 bitlik registrlar deb ham ataladi. EAX,
EBX, EDX, EBP, ESP, ESI, va EDI. Ushbu registrlar mantiqiy va arifmetik buyruqlarning
operandlarini saqlash uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari ular adresni aniqlashda operandlarni
saqlashga ham xizmat qiladi. 16 bitdan kichik registrlarni 8086 protsessor registrlari ismlaridan
foydalanib adreslash mumkin: AX, BX, CX, DX, BP, SP, SI, va DI.
Ba’zi registrlarning shartli nomlanishi:
•
· A – accumulator, akkumlyator.
•
· B – base, baza.
•
· S – counter, schetchik.
•
· D – Data, ma’lumot, berilganlar.
•
· BP – base pointer, baza ko’rsatkichi.
•
· SI – source index, manba indeksi.
•
· DI – Destinition Index, qabul kilgich indeksi.
•
· SP – Stack Pointer, stek ko’rsatkichi.
•
· CS – code segment, buyruqlar segmenti.
•
· DS – data segment, ma’lumot segmenti.
•
· SS – Stack segment, segment styoki.
•
· ES – extra segment, qo’shimcha segment.
•
· IP – instruction pointer, buyruqlar schetchigi.
Umumiy foydalanuvchiga m
o’ljallangan registrlarini barcha mantiqiy va arifmetik buyruqlarda
ishlatish
mumkin.
Shu
bilan
birga
ularning har
bir
maxsus
tegishli
vazifani
bajaradi. Masalan,
ko’paytirish va bo’lish amali buyruqlari operandlarning biri AX registrlarida
yoki AX va DX registrlarida bo’lishini talab qiladi. Sikl ni boshqaradigan buyruq bo’lsa sikl
schyotchigi sifatida SX registridan foydalanishni lozim topadi.
VX va VR registrlari ko’pincha bazali registrlar sifatida ishlatiladi. SI va DI registrlaridan esa
indeksli registrlar sifatida foydalaniladi. SP registrlar protsessor tomonidan qo’llab
quvvatlanadigan stek yuqori cho’qqisini (chegarasini) ko’rsatadi.
AX, BX, CX va DX registrlarining har birini 2 baytdan iborat registrlardan tashkil etgan deb qurish
mumkin. Ular quyidagicha belgilanadi: AH, AL, BH, BL va hokazo (N
– hegh, yuqori, L – low
kichik). Shu tariqa bu registrlarning har biri bilan alohida yoki yaxlit birlik sifatida ishlash
mumkin. Masalan: so’zni AX yozib, AN dan uning faqat bir qismini o’qib olish yoki AL dagi
qismini o’zgartirish mumkin. Registrlarning bunday tuzilishi ularini son bilan birga simvollar bilan
ishlashga imkon beradi. Qolgan registrlar qismlarga ajralmaydi, shuning uchun ularning tarkibini
o’qish yoki yozish faqat yaxlit birlik sifatida amalga oshiriladi.