Segmentlashmagan modeldan foydalangan holda barcha segmentlar fizik xotira yagona muhitida
aks ettiriladi. Bajariladigan buyruqlar ketma-ketligidan iborat segment
kod segmenti deb ataladi.
Ushbu segment selektori CS registrida joylashgan. Protsessor buyruq schyotchigi tarkibiga (EIP)
qarab ushbu segmentdan buyruqlarni tanlaydi. CS registri tarkibi segmentlararo oqimni boshqarish
buyruqlari yord
amida o’zgartiriladi.
Parametrlarni yozish, podprogrammalarni chaqirish, protseduralarni aktivlashtirish odatda stek
ostidan ajratilgan xotira sohasini talab etadi. Stek bilan bajariladigan barcha operatsiyalar SS
registrlari tomonidan boshqariladi. CS reg
istrlaridan farqli holda SS dastur buyrug’i yordamida
ham yuklanishi mumkin. Qolgan 4 ta registrlar ma’lumotlar segmentlari registri hisoblanadi (DS,
ES, FS, va CS) va har biri joriy bajarilayotgan dastur tomonidan foydalaniladi. Ma’lumotlarning
4 ga bo’lingan sohalariga murojaat dastur samaradorligining oshishiga, va ma’lumotning turli
tipiga murojaat etishdagi xavfsizligini ta’minlash maqsadida qilingan. Segmentlash mexanizmi
dastur xatoligidan kelib chiqadigan noxushliklarning oldini olishga xizmat qiladi. Segment
tarkibida joylashgan operandlar umumiy foydalanishga mo’ljallangan registrlar buyruqlari ichida
adreslanadi.
IP buyruqlar schyotchigi doim
o keyingi bajarilishi kerak bo’lgan buyruq adresini o’zida saqlaydi.
IP registrlarining tarkibini faqat o’tish buyruqlari yordamida o’zgartirish mumkin.
Holat kodlari va rejimlar bitlari 32-razryadli Eflags maxsus registrida joylashtiriladi. Quyida turbo
p
askalning 7 versiyasi murojaat etishi mumkin bo’lgan 16-razryadli FLAGS registrini ko’rib
o’tamiz. Ushbu registr bayroqlari ma’lum operatsiyalarni bajaradi va protsessor holatini
akslantiradi.