• Registrlar. Registrlar deb
  • Mikroprotsessorning interfeysli qismi




    Download 2,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/123
    Sana09.02.2024
    Hajmi2,97 Mb.
    #153799
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   123
    Bog'liq
    AMV majmua

    Mikroprotsessorning interfeysli qismi. 
    Mikroprotsessorning interfeysli qismi shaxsiy kompyuterning shinasi bilan mikroprotsessorning 
    aloqasini mosligini ta’minlash, shuningdek bajarilayotgan dasturning buyruqlarini analiz qilish va 
    qabul qilish uchun ishlatiladi. 
    Inte
    rfeys qismi o’z tarkibida mikroprotsessorning adreslar registri, adres yaratish tizimi, buyruqlar 
    registri bloki, ichki mikroprotsessor interfeysli shinasi va shinalarni boshqarish sxemasi, kiritish-
    chiqarish portlarini oladi. 
    Kiritish-chiqarish portlari-shaxsiy kompyuterning sistemali interfeysi tarkibiga kiradi. Bu portlar 
    orqali boshqa qurilmalar bilan axborot almashinishini ta’minlaydi. 
    Mikroprotsessorda hammasi bo’lib 65536 ta port bo’lishi mumkin. Har bir port o’z adresiga ega. 
    Qurilma porti 2 ta xoti
    ra registri va aloqa o’rnatuvchi apparatdan tashkil topgan. Bu qurilmalar 
    ma’lumotlar va boshqaruv axborotlarini almashinishini ta’minlaydi. Ba’zi tashqi qurilmalar katta 
    hajmdagi 
    axborotni saqlash uchun asosiy xotirani ishlatadi. Ko’pgina standart qurilmalar 
    o’zlarining kiritish-chiqarish portlariga egadirlar. 
    Shina va portlarni boshqarish sxemasi quyidagi funktsiyalarni bajaradi: 
    – port adresini aniqlash va boshqaruv haqidagi axborot qabul qilish; 
    – portdan uning holati haqida axborot olish; 
    – sistema interfeysida port va kiritish-chiqarish qurilmasi o’rtasidagi o’tish kanalini 
    tashkillashtirish. 
    Registrlar. 
    Registrlar deb 
    – raqamli axborotni qabul qilish, xotirada saqlash, uni uzatish va shu axborotni 
    kodini o’zgartiradigan qurilmaga aytiladi. Registr inglizcha so’zdan olingan bo’lib, «yozuv 
    jurnali» (Jurnal registratsiy) degan ma’noni anglatadi. Registrda axborot 0 va 1 raqamlarining 
    kombinatsiyasidan iborat sonlar 
    ko’rinishida saqlanadi. 
    Registrlar triggerlardan yig’iladi va ularning soni raqamli koddagi razryadlar soniga teng bo’ladi. 
    Axborotdagi ikkilik kodning har bir razryadiga registrning mos razryadi to’g’ri keladi. Registrlar 
    axborotni xotirada saqlashdan tashqari ular quyidagi vazifalarni ham bajaradi. 
    1.
    Sonning kodini o’zgartirish; 
    2.
    Axborotni o’ngga va chapga istalgan razryadga surish; 
    3. Ketma-ket kodlarni parallel kodlarga almashtirish va aksincha; 
    4. Ayrim mantiqiy amallarni bajarish; 


    Registrlar axborotni yozish usuliga qarab ketma-
    ket va paralel registrlarga bo’linadi. Registrda 
    axborotni qabul qilish, siljitish va uzatish boshqaruvchi impul’slar yordamida amalga oshiriladi. 
    Boshqaruvchi impul’sli signallar konyuktorlar orqali registrlarga tushadi. 
    Registrlar axborotni uzatish usuliga qarab 2 turga bo’linadi: 
    1. xotira (siljitmaydigan) registr. 
    2. siljituvchi registr. 
    Siljituvchi registrlarni quramiz. 

    Download 2,97 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   123




    Download 2,97 Mb.
    Pdf ko'rish