• Mikroprotsessorlar.
  • Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakulteti




    Download 2,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/123
    Sana09.02.2024
    Hajmi2,97 Mb.
    #153799
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   123
    Bog'liq
    AMV majmua

     


    Mikroprotsessor nima? 
    MP 
    – bu funktsional to’tallangan, programma orqali boshqariladigan qurilmadir. MP arifmetik 
    logik-qurilmadan, boshqaruvchi qurilmadan, ichki registrlar va interfeys vositalaridan (ALQ, BQ, 
    registrlarni bir-biri bilan 
    va tashqi apparatlar bilan bog’laydigan shinalardan) tuzilgan. 
    MP elektron elementlari yuqori integratsiyalangan bitta yoki bir qancha integral sxemada 
    tayyorlangan qurilmadir. 
    MP tanlangan qator buyruqlar yordamida ma’lumotlarni arifmetik logik qayta ishlashini amalga 
    oshiradi, xotira qurilmasiga kirish-chiqish va boshqa tashqi qurilmalarga murojaat qiladi (1.1-
    rasm). 
    MP da "Mikro" so’zi protsessorning sxemasini yuqori integratsiyalanganligini bildiradi. MP oddiy 
    protsessorlarga nisbatan narxining pastligi
    , energiyani kam iste’mol qilishi, yuqori darajada 
    mustahkamligi bilan farq qiladi.[1,2]. 
     
    1.1-
    rasm. MP sistemasining soddalashtirilgan sxemasining ko’rinishi. 
    Oddiy protsessorlar kichkina va o’rta darajadagi integratsiyalangan integral sxemalarda bajarilgan. 
    Aniqroq qilib aytganda, MP bu programmalashtiriladigan yoki sozlanadigan KIS, yoki aniqrog’i 
    mantiqiy funktsiyalari programmalashtiriladigan KIS. MP qiymatlarni boshqara oladigan, 
    ma’lumotlarni qayta ishlay oladigan va boshqa vazifalarni amalga oshiraoladigan qurilmadir. Shu 
    tufayli u universal KIS ga aylandi. 
    Katta integral sxemali MP ga xotira qurilmasi, interfeys va kirish/chiqishni boshqaruvchi bir 
    nechta almashuvchi platalardan biriga bitta yoki bir nechta KIS joylashtirib tugallangan 
    boshqaruvchi qurilma yoki berilgan qiymatlarni qayta ishlaydigan kontroller olinadi. 
    Mikroprotsessorlar. 
    Mikroprotsessor kompyuterning eng asosiy qurilmasi hisoblanadi. U asosiy arifmetik va mantiqiy 
    operatsiyalarni, hisoblash jarayonini bajaradi va kompyuterni barcha qurilmalarining ishini 
    boshqaradi. (CPU 
    – Central Processing Unit).[7,10]. 
    Markaziy protsessor o’zida quyidagilarni mujassamlashtirgan: 
    – arifmetik-mantiqiy qurilma; 
    – berilgan va adreslar shinasi; 
    – registrlar; 
    – buyruqlar hisoblagichi; 
    – KESH (juda tezkor xotira 8-512 MB); 
    – o’zgaruvchi nuqtali sonlar matematikasi soprotsessori. 
    Zamonaviy protsessorlar mikroprotsessor ko’rinishida ishlab chiqiladi. Fizik jihatdan 
    mikroprotsessor bir necha mm
    2
    da maydondan iborat k
    ichkina to’g’rito’rtburchak shaklidagi 
    k
    remniy kristalidan yasalgan qalinligi juda kichik bo’lgan plastinkadan iboratdir. Ushbu plastinka 
    protsessorning barcha funktsiyalarini bajaradi. Kristall plastinka odatda plastmassa yoki 
    keramikadan yasalgan yassi korpusga joylashadi va metall shtikerlarg
    a oltin o’tkazgichlar bilan 
    bog’lanadi. Hisoblash sistemasida bir necha parallel ishlaydigan protsessorlar bo’lishi mumkin. 
    Bu sistemalar ko’p protsessorli deb ataladi. Eng birinchi mikroprotsessor 1971 yilda Intel (AQSH) 


    firmasida ishlab chiqarilgan va u mikroprotsessor 
    – 4004 deb atalgan. Hozirgi paytda yuzlab 
    xildagi mikroprotsessorlar ishlab chiqarilgan, lekin ularning eng mashxurlari Intel va AMD. 

    Download 2,97 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   123




    Download 2,97 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakulteti

    Download 2,97 Mb.
    Pdf ko'rish