|
Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakultetiBog'liq AMV majmua3 (qoniqarli) baho
– talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning)
mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga
ega;
2 (qoniqarsiz) baho
– talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini
tushun
maydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas.
Oraliq baholash:
“Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash
tizimi to‘g‘risidagi NIZOM”ning II-bob 5-bandiga asosan talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va
yakuniy naz
orat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Oraliq nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash
tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga
oshiriladi.
Yakuniy baholash:
Yakuniy baholash turini o‘tkazish va mazkur baholash turi bo‘yicha
talabaning bilimini baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi tomonidan
amalga oshiriladi. Tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi
yakuniy baholash turini o‘tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi. Talaba fan bo‘yicha yakuniy
baholash turi o‘tkaziladigan muddatga qadar oraliq baholash turini topshirgan bo‘lishi shart. Oraliq
baholash turini topshirmagan, shuningdek u
shbu nazorat turi bo‘yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan
baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.
« Avtomatlashtirishning mikroprotsessorli vositalari » fanidan talabalarning faoliyatini
baholash uchun topshiriqlar mazmuni.
“Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi
NIZOM”ning II-bob 10-bandiga asosan talabaning amaliy, laboratoriya mashg‘ulotlari va mustaqil
ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg‘ulotlardagi faolligi fan o‘qituvchisi
tomonidan baholab boriladi. Fan bo‘yicha joriy baholash
o‘quv mashg‘ulotlari davomida
o‘tkaziladi. Amaliy mashg‘ulotlarda joriy baholash og‘zaki, so‘rov, test o‘tkazish, suhbat, nazorat
ishi, kollekvium, mustaqil ta’lim va uy vazifalarini tekshirish kabi shakllarda o‘tkazilishi mumkin.
|
| |