|
-
MAVZU: KIRISH.MIKROPROTSESSORLAR, KONTROLLERLARBog'liq AMV majmua1-
MAVZU: KIRISH.MIKROPROTSESSORLAR, KONTROLLERLAR,
MIKROKONTROLLERLAR
TO‘G‘RISIDA TUSHUNCHA (2 soat)
Reja
1.Asosiy tushuncha. Mikroprotsessorni paydo bo’lish sabablari, rivojlanish tarixi
2. Mikroprotsessorning interfeysli qismi. Registrlar.
3. Mikroprotsessorning sistemali registrlari
1.1. Asosiy tushuncha. Mikroprotsessorni paydo bo’lish sabablari, rivojlanish tarixi.
EHM ni MP asosida qurganimizda EHM bahosi avvalgi qurilgan EHM ga nisbatan 1000
—10000
marta, o’lchov kattaliklari esa (2-3)*10000 marta kamayadi.
MP qo’llash o’lchagich qurilmalarni "intellektual" qurilmalarga aylantiradi. Bu qurilmalar
o’lchanayotgan ma’lumotlarni kerakli bo’lgan darajada matematik qayta ishlov o’tkazishga
qodirdir, hamda ularni insonga
qulay bo’lgan ko’rinishda chiqarib beradilar.
O’lchagich qurilmalar ma’lumotlarni o’lchagich sistema bilan bog’lanmagan ko’rinishda
bajaradigan bo’lsa, MP ma’lumotlarni to’liq (kompleks) qayta ishlashni ta’minlaydi.
Agarda MP ma’lumotlarni o’lchagich sistemasining bitta zvenosi sifatida bo’lsa, MP
ma’lumotlarni to’liq qayta ishlashi mumkin yoki bir qismini qayta ishlab, to’liq hisoblash
masalasini ma’lumotlarni o’lchagich sistemasiga qoldiradi.
MP o’lchanayotgan kattaliklarni matematik qayta ishlashdan tashqari asboblarning kerakli
elementlarini ulaydigan (o’zadigan), buyruq, xabarlarini qabul qiladigan, chiqishdagi kattaliklarni
uzatadigan va shunga o’xshash boshqaruvchi qurilmalar vazifasini ham bajaradi.
Ma’lumotlarni o’lchagich texnikasida, telemexanikada, teleboshqarish va telerostlash
sistemalarida elektrik va noelektrik bo’lgan kattaliklarni o’lchaganda MP quyidagi asosiy
vazifalarni bajaradi:
O’lchash chegaralarini avtomatik ravishda belgilash, addaptiv va mul’tiplikativ xatoliklarni
tuzatish;
O’zgaruvchan va o’zgarmas toklarni taqqoslovchi qurilmalar da tenglash jarayonini avtomatik
ravishda boshqarish;
3.
Qiymatlarni birlamchi qayta ishlash, eng katta qiymatdan o’zgarishini aniqlash, chegara
shartlariga yaqinlashish vaqtlarini (nuqtalarini) aniqlash, maksimum
— minimum (eng katta yoki
eng kichik) nisbatlarini hisoblash, doimiy qiymatlarga ko’paytirish va bo’lish;
4.
Statik qiymatlarni qayta ishlashda aniq vaqt oralig’ida tekshirilayotgan kattaliklarning
o’rtacha qiymatini aniqlash; variatsiyalarni, dispertsiyalarni, o’rtacha kvadrat qiymat va
boshqalarni hisoblash;
5. Qilinayotgan sarflarni hisoblash, termoelementlarning nochiziqli tavsifini hisobga olgan
holda ularning haroratini hamda atrof-muhit haroratini aniqlash;
6. Qurilmalarning funktsional
tugunlarini (uzellarini) diagnostika qilish, o’lchash o’tkazishdan
ilgari murakkab qurilmalarning asosiy tugunlarini ishchanli ishlashini, yoki ishlamayotganini
aniqlab, ularni test orqali qayd etuvchi qurilmaga chiqarib berish;
7. Alohida vazifani baja
rayotgan o’lchovchi o’zgartirgich tugunining ishlashini boshqarish,
jumladan, uzluksiz raqamli o’zgartirgich (URO’) va boshqalarning ishlashini;
8.
Berilgan programma asosida tashqi va qo’shimcha bloklar bilan birgalikda o’lchash jarayonini
butkul boshqarish;
9. Telemexanika qurilmalarida oddiy va himoyalangan koddarni tashkil etishda, ularni
tyokirishda, ma’lumotli va hal qiluvchi teskari ulashlarni tashkil etishda;
10. Programma asosida ishlaydigan, soddalashgan TM sistemasini qurishda va s
hunga o’xshash
hollarda.
|
| |