|
Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakultetiBog'liq AMV majmuaSiljituvchi registr
deb, boshqaruvchi taktli impul’s ta’sirida ikkilik soni kodini bir yoki bir necha
razryad o’ngga yoki chapga siljitadigan registrga aytiladi. Razryad setkasidan chiqib ketgan son
yo’qoladi. Siljituvchi registrlar arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun ham
qo’llaniladi.
Qo’shni razryadli triggerlar orasiga kechiktiruvchi elementlar ulanadi. Katta razryadli triggerni
schyotli kirishiga ulangan. Son registrga 2 usulda yozilishi mumkin:
1. Parallel
2. Ketma-ket kodlar bilan.
Ketma-ket bilan sonni yozishda katta razryadli triggerni schyotli kirishiga soni kichik razryaddan
boshlab ketma-
ket kodli signal impul’si ko’rinishida beriladi.Har bir razryad yozilgandan keyin
siljituvchi impul’s beriladi. Natijada yozilgan ikkilik son bir razryad o’ngga siljiydi. Siljituvchi
impul’s hamda triggerlarni 0holatga keltiradi. Bu holda triggerlarda yozilgan birlik signal impul’si
shu
triggerla
rning chiqishidan kichik razryadli triggerga ma’lum vaqt kechikib
boradi.
Triggerlardagi o’tkinchi protseslar tugashi bilan registrdagi ikkilik son (kodli signal) kichik
razryadga siljiydi. Registrda soni hamda razryadlar yozib bo’lingandan keyin “o’qish” komandasi
bilan chiqishdagi kon’yunktorlar orqali parallel kodli shinaga uzatiladi. Parallel kod bilan soni
yozishda signal kodi kodli shinaga beriladi.
“Siljituvchi” komandasi bilan signal kodi bir razryad
o’ngga siljiydi. N razryad siljitish uchun n marta siljituvchi impul’s berish kerak. Shunday qilib
bitta registr yordamida soni parallel kodini ketma-ket kodiga aylantirish mumkin. Sonni chapga
siljitish uchun kichik razryadli triggerni birlik chiqishini kechiktiruvchi element orqali katta
razryadli trig
gerni schyotli kirishiga ulash kerak. Ko’pincha EHM larda reversiv siljituvchi
registrlar ham ko’p qo’llaniladi. Hozirgi paytda registrlar integral mikrosxema ko’rinishda ishlab
chiqarilmoqda.
Triggerlar EHM ning xotira va arfmetik qurilmasining asosiy el
ementi hisoblanadi. 2 ta turg’un
holatga ega bo’lgan elektron qurilmadir. U ikki kaskadli simmetrik qarshilikli kuchaytirgichdan
iborat bo’lib kaskadlar orasida 100 % li musbat teskari bog’lanishi amalga oshirilgan. Hisoblash
texnikasida triggerlar xotira
qurilmasi sifatida qo’llaniladi.
Trigger kirishiga beriladigan boshqaruvchi signal ta’sirida u bir turg’un holidan ikkinchi turg’un
holatiga o’tadi. Uning bitta turg’un holati mantiqiy 1 deb ikkinchisi 0 deb qabul qilinadi. Triggerni
kirishiga beriladigan
har bir signalga muvofiq u holatini o’zgartirish uchun hisobli kirish rejimi
qo’llanildi. Buning uchun triggerni alohida kirishlari o’zaro birlashtirib ulanadi.
Triggerlar amalda inertsiyasiz. 1 sekunda 10
6
marta qayta ulanib turishi mumkin. Triggerlar
aso
sida EHM larni registrlari, schyotchiklari va jamlagichlari yig’iladi. Triggerlar integral
mikrosxema asosida ishlab chiqilmoqda. Triggerlar axborotni usuliga qarab asinxron va sinxron
triggerlarga bo’linadi.
|
| |