Ko’p kristalli sektsiyali MP shunday paytda tashkil bo’ladiki, qachonki logik tuzilgan
protsessorning qismlari vertikal va gorizontal tekislik bo’ylab funksional bo’linib KIS ko’rinishida
ishlatilsa (1.3.b-rasm).
Ko’p razryadli MP qurish uchun MP KIS sektsiyalarini yondosh ulanganda ularga ulaydigan vosita
qo’shiladi. Bu yorda MP tuzilishini funksional, gorizontal tekisliklar bilan bo’lib chiqish zarurligi
kelib chiqishi mumkin. Bularning hammasi seksiyalangan MP KIS komplektini tashkil etadi.
Shunday qilib, seksiyali MP bu shunday KIS ki, u berilgan bir qancha razryadlarni qayta ishlash
uchun yoki ma’lum boshqarish amallarini bajarish uchun mo’ljallangan.
Bitta kristalli MP oddiy, maxsuslangan 4-razryadli protsessordan 16-razryadli protsessorgacha
rivojlangan. Uch kristalli MP 32 bitli razryadgacha ega va ularning
parametrlari miniEHM va
o’rtaEHM bilan tenglasha oladi.
Ko’p kristalli seksiyalangan MP 2-4 dan to 8-16 bitli razryadga ega va har xil yuqori ishlab
chiqarish qobiliyatiga ega bo’lgan EHM protsessorini yaratishga imkoniyat yaratadi.
Bitta kristalli va uchta kristalli MP KIS ni mikroelektron texnologiyali unipolyarli yarim
o’tkazgichli qurilmalar asosida tayyorlaydi.
Universal MP har xil bo’lgan keng miqyosdagi masalalarni yechish uchun qo’llanishi mumkin,
uning ishlab chiqarish qobiliyati yechi
ladigan masalaning muammosini turiga deyarli bog’liq
emas.
Mahsuslangan MP aniq va murakkab bo’lgan masalani yuqori tezlikda mustahkamlik va ishonch
bilan bajarish uchun ishlatiladi.
Bunday MP ga
murakkab bo’lgan ketma-ket logik amallarni
bajarishga mo’ljallangan har xil kontrollerlarni ajratsa bo’ladi: Masalan, raqamli boshqarish
programma asosida ishlaydigan stanoklarda qo’llaniladigan kontrollerlar (protsessorlar) va shunga
o’xshashlar.
Kirish x
abarlarini qayta ishlashi bo’yicha MP raqamli va uzluksiz turlarga bo’linadi. MP o’zi
raqamli qurilmadir. Biroq hozirgi paytda MP mahkamlangan URO’ (ATSP) va RUO’ (TSAP)
bilan chiqarilyapti. Shuning uchun ham URO’ bor MP uzluksiz MP deyiladi.
Vaqt bo’yicha ishlashning tavsifini tashkil etish bo’yicha MP sinxronli va asinxronli ishlovchi MP
larga bo’linadi.
Sinxronli MP bu shunday MP ki, bu yorda amallarni bajarishning
boshlanishi va oxiri
boshqaruvchi qurilma orqali beriladi (amallarni bajarish vaqti operandlarning kattaligiga,
murakkabligiga va uzunligiga bog’liq emas).
Asinxronli MP bu shunday MP ki, har bir amalning bajarilish vaqti avvalgi amalning bajarilib
bo’lganligi to’g’risidagi xabar kelgandan keyingina boshlanadi.
Asinxronli MP tarkibiga
qurilmala
rning mustaqil (avtonom) ishlashini ta’minlaydigan elektr zanjirlari kiritiladi. Biron bir
amalni bajarib bo’lgandan keyin, qurilma keyingi amalni bajarishga tayyor ekanligi to’g’risida
so’rash xabarini ishlab chiqadi.
MP li sistemalarning tuzilishini tash
kil etish bo’yicha mikroEHM bitta va ko’p magistrallilarga
b
o’linadi. Bitta magistralli mikroEHM hamma qurilmalari bilan interfeysga egadir va yagona
ma’lumotlar magistraliga ulanadi. Bu magistral orqali berilgan kattaliklarning,
adreslarning va
boshqaruvchi xabarlarning koddari uzatiladi.
Ko’p magistralli mikroEHM qurilmalar guruhlari bo’yicha o’zining ma’lumotlar magistraliga
ulanadi. Bu ma’lumotlar xabarini bir paytda bir qancha magistralga uzatishga imkon beradi.
Programmalarni bajarish soni bo’yicha MP bitta va ko’p programmaliga bo’linadi. Bitta
programmali MP
da faqatgina bitta programma bajariladi. Boshqa programmani bajarishga o’tish
shu paytda bajarilayotgan programma tugagandan keyingina o’tiladi.
Ko’p programmali yoki mul’tiprogrammali MP da bir paytning o’zida bir qancha programma
bajarilishi mumkin.