markaziy protsessorini tashqi periferiya ixtiyoriga berilganda tugallanmagan amalning natijasini
yo’qotib qo’ymaslik uchun hamda vaqtincha to’xtatilgan programmaning qaysi adresdan boshlab
bajarish kerakligini stek tashkil etib beradi. Ya’ni stekka navbatda bajarilishi kerak bo’lgan
programmaning, podprogrammaning adresi yozib qo’yiladi. Bularning hammasi stekni
ko’rsatkich registri (SV) orqali amalga oshiriladi.
Stekning ko’rsatkich registri stekning o’zgaruvchi cho’qqisi (balandligi) adresini o’z ichiga oladi.
Buyruq bajarilishi jarayonida stek ko’rsatkichining, qiymati avtomatik ravishda bittaga (agarda
xotira bir baytli so’z bo’lsa), ikkitaga ko’payib yoki kamayib turadi (agarda xotirada ikki baytli
so’z bo’lsa va shunga o’xshash).
Yangi so’z yuklanishi kerak bo’lsa,
avvalo ZR ning qiymati, faqat keyingina esa bu so’z
modifikatsiyalangan SP ko’rsatgan yacheykaga yoziladi.
Stekdan so’zni chiqarib olishda avvalo SP ko’rsatib turgan yacheykaning qiymati o’qiladi, faqat
keyingina esa ZR ning qiymati bittaga ortadi.
Indeksli registrlar (IR). Indeksli registrlar kanalining programmasida umumiy registrlardek
ishlatiladi.
Undan tashqari, indeksli registrdan xotiradagi operandlarni adreslash uchun
foydalaniladi. Indeksli adreslash turlari sifatida IR yordamida avtoinkrementli indeksli adreslashni
o’tkazish mumkin. Bu massivdagi qiymatlarni qayta ishlashga juda qulaydir.
Niqobli solishtiruvchi registr (NSR). Bu registr kanalning programmasida umumiy registrlardek
yoki niqobli solishtirish uchun ishlatiliishi mumkin. Xotiraga to’g’ridan-to’g’ri tushishda niqobli
solishtirish uchun ishlatiladi. Niqobli solishtirish ajratilgan baytning razryadlarini (operandni,
buyruqni yoki uzatilayotgan bayt
ni) avvaldan berib qo’yilgan qiymat bilan solishtirishga imkon
beradi. Buning uchun NSR ni katta baytiga operatorni qiziqtiradigan razryadini ajratuvchi niqob
yuklanadi, bu registrning kichkina baytiga esa solishtiruvchi qiymat yuklanadi. (1.8-rasm).