K1810VM86 mikroprotsessori




Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/123
Sana09.02.2024
Hajmi2,97 Mb.
#153799
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   123
Bog'liq
AMV majmua

1.5.2. K1810VM86 mikroprotsessori. 
K1810VM86 mikrosxema bitta kristalli 16 bitli MP bo’lib, yuqori sifatli p-MOP texnologiyasi 
asosida ishlab chiqarilgan. Mikrosxema kristalining geometrik o’lchovi 5.5x5.5 mm bo’lib, 29000 
tranzistorlarga eg
a va +5V manbadan 1.7 Vt quvvat iste’mol qiladi. 
Sxema 40-chiqishli korpusda ishlab chiqariladi. Tashqi taktli generatordan 75MGts qaytarilish 
chastotali bir fazoli impul’slar bilan sinxronlashtiriladi. Ma’lumotlar bilan ishlashni asosiy 
operatsiyalari (qo
’shish, ayirish, logik amallar) registr-registr turdagi uch taktda bajarilib, takt 
impul’si davri 200 nsbo’lganda, 1.66-10
6
op/s tezlikni ta’minlaydi. Registrli yuborishlar maksimal 
tezlikda (2 takt), hamda ba’zi bir operandli buyruqlar (masalan, 1 bitga siljish, inkrement
dekrement, bayroqlar boshqaruvi) amalga oshiriladi. 
K1810VM86 mikroprotsessori (keyinchalik VM86 deb ketilgan) 14 ta 16-bitli ichki registrga ega 
bo’lib, tashqi xotira va kiritish/chiqarish portlari bilan aloqa qilish uchun 16 bitli ma’lumotlar 
shinasini yaratadi. Adreslar shinasi 20chiqish
ga ega bo’lib, 1 Mbayt = 2
20
= 1048576 bayttacha 
xotira hajmi bilan bevosita aloqa qilish imkoniyatini yaratadi. 
Xotira fazosi 64 Kbaytli segmentlarga bo’linadi, MP ixtiyoriy vaqt momentida dasturiy tanlangan 
joriy to’rtta segment yacheykalariga murojaat qiladi. 


1.9-rasm. K1810VM86 seriyadagi mikrosxemani shartli grafik belgilanishi
Xotira segmentatsiyasi fizik adreslarni hisoblash mexanizmining qullayligini yaratadi va 
programmalash va sozlashni soddalashtirish programma vositasining modulli loyihalashtirishga 
imkoniyat yaratadi. 
KIS ning chiqarish sonlarni kerakli darajada qisqartirish uchun kichik 16 adresli shinalar vaqt 
mobaynida ma’lumotlar shinasi bilan mul’tipleksiyalanib yagona adreslar-ma’lumotlar shinasini 
(AMSH) yaratadi. To’rtinchi katta adreslar shinasi shu holda holat shinalari bilan 
mul’tiplekslanadi. Ushbushinalar signallarini sistemada qo’llash uchun tashqi sxemalar yordamida 
ajratish lozim, ya’ni shinalarni demul’tipleksiyalash amalga oshiriladi. 
Kiritish-chiqarish amalini bajarish uchun 8 yoki 16 bitli adreslar ishlatiladi, chunki asosiy xotiraga 
kirishdan tashqari MP xotirasi sig’imining hajmi 64 Kbayt bo’lgan portlarga (kiritish-chiqarish 
registrlari) murojaat qilishi mumkin. VM
86 KIS da 256 gacha vektorlar soni bo’lgan vektor 
bo’yicha ko’p sistemali uzilish amalga oshiriladi. Uzilish qism programma adreslari 1 Kbayt 
hajmdagi sohani egallab, kichik adresdan boshlab xotirada joylashgan bo’ladi. Xotiraga bevosita 
murojaat qilish ha
m inobatga olingan MP o’z ishini to’xtatib, adreslar ma’lumotlar va boshqarish 
shinalarini uchinc
hi holatga o’tkazadi. 
VM86 mikroprotsessori VM80 MP ni mukammalashtirilishi natijasida hosil bo’lgan va ularning 
protsessorlarining arxitekturasi bir-
biriga o’xshashliklari ko’pdir. VM80 buyruqlar sistemasi va 
programma kiritish tugunlari VM86 ning buyruqlar sistemasi va tugunlarining asosiy bazasi 
bo’lib 
hisoblanadi. Ushbu kirish protsessorlarning o’xshashligi, programmali birligi pastdan yuqoriga 
borishi ko’rinadi, shuning uchun VM86 ga VM80 ning programma ta’minotini ishlatish mumkin. 
VM80 programmalari 
mashina tilida bo’lib, VM86 mikroprotsessori tomonidan bevosita 
bajarilmaydi, lekin ular VM80 assembler tilidan VM86 assembler tiliga osonlik bilan o’tkaziladi. 

Download 2,97 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   123




Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish