Intellektual programmalar va sistemalar haqida tushuncha.
Qanday qilib insonning ko`p yillik tajribasini va bilimlarini kompyuterga
kiritish va undan unumli ravishda foydalanish mumkin?
Umuman bu ishni xal
qilib bo`ladimi yoki yo`qmi? Bilimlarni ifodalashning qanday usullarini taklif qila
olasiz? Sun’iy intellekt deganda nimani tushunasiz? Nima qilsa kompyuter xam
insonlarga o`xshab fikrlashi va ma’lum bir xolatlarda bizga yordam berishi
mumkin? Ushbu muammoli savollarga javob berishga harakat qiling va ularni
guruxdoshlaringiz hamda ustozingiz bilan o`rtoqlashing.
Sun’iy intellekt-bu dasturiy sistema bo`lib, kompyuterda inson kabi fikrlashni
amalga oshiradi. Bunday sistemani yaratish uchun ma’lum bir masalalarni yechib,
ma’lum sohada qaror qabul qiluvchi insonning fikrlashi jarayonini o`rganish zarur.
Undan so`ng bu jarayonning
asosiy bosqichlarini ajratib, ularni kompyuterda
amalga oshiruvchi programma vositalarini yaratish mumkin. Demak, sun’iy
intellekt metodlari qaror qabul qilish bo`yicha murakkab dasturiy sistemalar
yaratish usullaridan biridir.
Kompyuter
programmalari
aniq
qo`yilgan
masalalarni
yechishga
mo`ljallangan. Bu programmalarni yangi masalalarni yechishga moslashtirish
uchun unga o`zgartishlar kiritish kerak. Buning uchun programmani boshdan oyoq
qayta ko`rib chiqish kerak. Bunday qayta ko`rib chiqish juda ko`p vaqt talab etadi
va qo`shimcha o`zgartishlar yana yangi xatolarga olib kelishi mumkin.
Sun’iy intellekt o`z nomi bilan kompyuterning
ong belgilarini egallashini
nazarda tutadi. Sun’iy intellekt metodlari programmalarni birlashtirishni
soddalashtiradi va sun’iy intellekt sistemasiga mustaqil o`rganish va yangi foydali
ma’lumotlarni yig`ish qobiliyatini nazarda tutadi. Inson o`z bilimlarini oshirgani
sari o`z fikrlash usullarini o`zgartirmasligi va o`ziga ma’lum ma’lumotlarni esdan
chiqarmasligi mumkin. Sun’iy intellekt sistemasi ham xuddi shunday ishlashi
kerak.
Sun’iy intellekt metodlari programmalar qismlarining
yuqori darajadagi
mustaqilligini nazarda tutadi. Programma qismlari bir yoki bir necha
masalalarning ma’lum bosqichini amalga oshiradi.
Programmaning mustaqil qismlarini inson miyasidagi ma’lumotlarning
alohida blokiga qiyoslash mumkin. Kerakli ma’lumotni tanlashda inson miyasi
miyadagi barcha bilimlarni qarab chiqmay, avtomatik
tarzda faqat shu ishga
ta’lluqli ma’lumotlarni ajratadi.
Bir masalani yechish uchun an’anaviy usullardan va sun’iy intellekt
usullaridan foydalanib, programma tuzish mumkin. Sun’iy intellekt usullaridan
foydalanish programma yaratishni soddalashtiradi va tezlashtiradi.
Ikkala turdagi
programmalarda ham uning alohida qismlari qat’iy belgilangan amallarni bajaradi.
Lekin sun’iy intellekt programmalari maxsus, inson intellektiga xos xususiyatlarga
o`xshash xususiyatga ega bo`lib, ma’lumotlarning istalgancha o`zgarishi
programmaning butun tuzilishiga jiddiy ta’sir etmaydi. Bunday xususiyat
programmalashtirish jarayoniga katta samaradorlik baxsh etib, “tushunuvchi”,
ya’ni ong xossalariga ega bo`lgan programmalar yaratish imkonini beradi.
Sun’iy intellekt metodlari asosida yaratilgan sistemalar intellektual sistemalar
deb yuritiladi. Ular turli sohalarda ishlatiladi. Ma’lum maqsadlarga erishish uchun
intellektual sistemalar ma’lum qoida, faktlar, xulosa chiqarish mexanizmi va
soddalashtirishlardan foydalanadi. Intellektual sistemalar qo`llanadigan
inson
faoliyatining ma’lum sohalari predmet sohasi deb ataladi. Predmet sohasiga misol
bo`lib o`qitish samaradorligini baholash va avtobus marshrutini tanlash kabilar
xizmat qilishi mumkin. Bir qarashda barcha predmet sohalarni qamrab oluvchi
intellektual sistema yaratish mumkinday tuyuladi. Lekin bu mumkin emas.
Chunki, barcha predmet sohalarda tug`ilishi mumkin bo`lgan barcha masalalarni
yechish uchun cheksiz ma’lumotlar va qoidalar zarur.
Agar shunday sistema
yaratilganida uni bilimlar bilan to`lg`azishga juda ko`p vaqt talab etilardi. Shuning
uchun hozircha ma’lum predmet sohasi bilan cheklanish maqsadga muvofiqdir.
Intellektual sistemalar ishlashi uchun zarur bo`lgan ma’lumotlar va qaror
qabul qilishda ishlatiladigan qoidalar kompyuterda yig`iladi va u bilimlar bazasi
deb yuritiladi.