Intellektual sistemalarning moliya organlarida iqtisodiy asoslangan qarorlar
qabul qilishdagi roli va axamiyati.
Intellektual sistemalar qanday qilib moliya va bank organlarida boshqaruv
hamda qaror qabul qilishda yordam bera oladi? Buning
uchun nimalar qilinishi
lozim bo`ladi? Agarda kollektiv xotira va tajribalar kompyuterda mavjud bo`lsa u
tashkilotning ishiga qanday ta’sir ko`rsatadi va bu nimalarda o`z aksini topadi?
Xayot tajribangizdan foydalangan xolda ushbu muammoli savollarga javob
topishga urinib ko`ring va natijalarni ustozingiz bilan bo`lishing.
Intellektual sistemalarning moliya organlarida iqtisodiy
asoslangan qarorlar
qabul qilishdagi roli juda kattadir. Chunki iqtisodiy bilimlar bazasini yaratish
mashinaning xatosiz ishlashi va bir necha ekspertlarning
bilimi sintezi asosida
keng imkoniyatlar ochadi. Agar iqtisodiy bilimlar bazasi birnecha soha
informatsiyasini birlashtirsa, bunday bilimlar yig`indisi qo`shimcha qimmatga ega
bo`ladi. Ekspert sistemalarning yuqorida qayd etilgan "kollektiv xotira"ni saqlash
nuqtai nazaridan ham axamiyati katta.
Moliya-bank sohasida xam ko`pincha yuqori
malakali mutaxassislarni
yo`qotish muammosiga duch keladilar. Bunga ularning boshqa ishga o`tishi, yoki
yuqori lavozimga ko`tarilishi, yoki o`limi, yoki pensiyaga chiqishi sabab bo`lishi
mumkin. Bir qancha firmalar o`zlarining eng qimmatli xodimlari ekspert
tajribalarini saqlab qolish uchun ekspert sistemalarini qo`llay boshladilar. Bu
bilimlarni saqlab qolish esa ishdan ketgan ekspert o`rnini
yangisi bilan oson
to`ldirish imkonini beradi.
Iqtisodiy pozitsiyadan esa ekspert sistemaning axamiyati shundaki, u
qarorlarning iqtisodiy asoslanganligi va ishonchlilik darajasini oshiradi.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Kenneth C.Loudon, Jane P.Loudon. Management Information Systems. New
York, 2016. Page 669.
2. S.S.Gulomov, B.A.Begalov. Informatika va axborot texnologiyalari. Darslik.-
T.: “Fan”. 2010.- 628 bet.
3. Informatsionnie texnologii v ekonomike i upravlenii: uchebnik /pod red. prof.
V.V. Trofimova. 2-e izd., pererab. i dop.- M.: Yurayt, 2016.- 482 s.
4. Avtomatizirovannie informatsionnie texnologii v ekonomike: uchebnik / Pod
red. prof. G.A. Titorenko. 2-e izd. Pererab. i dop. - M.: Yuniti, 2015. -399 s.
5. Kenjabayev A.T., Jumaniyazova M.Yu., Tillyashayxova M.A. Informatika va
axborot texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma. “Iqtisod-moliya”. 2013, 160 bet.
Internet sayti:
www.
http://el.tfi.uz/pdf/mddj22.uzk.pdf
-
Toshkent moliya instituti elektron
kutubxonasi;