Intellektual va ekspert sistemalarning tuzilishi va asosiy qismlari.
Yuqoridagi
olgan
bilimlaringizdan
foydalangan
xolda
intellektual
sistemalarining tuzilishi qanday bo`lishi mumkin deb o`ylaysiz? Qanday
ma’lumotlar intellektual sistemalarning samarali ishlashiga yordam beradi? Nima
qilganda insoniyatning kompyuterlarda saqlanayotgan bilimlarini yanada foydali
ravishda ishlata olishimiz mumkin? Bu muammolar juda xam muxim va balki Siz
yangi original yechimlar taklif qilarsiz deb o`ylaymiz.
Intellektual va ekspert sistemalar uch asosiy qismdan tuzilgan: faktlar va
evristikalar haqidagi bilimlar bazasi, xulosa va yechim mashinalari, insonning
mashina bilan muloqotini ta’minlovchi sistema.
Xulosa va yechim mashinasi sistemaning bir qismi bo`lib, bilimlar bazasidagi
ma’lumotlarga qoida va mantiqni tatbiq etish imkonini beradi. Masalan, qoidalar
asosida ko`rilgan ekspert sistemalarida “AGAR-U XOLDA” qoidasi ikki xil
yo`lda tahlil qilinishi mumkin:
•
to`g`ri yo`nalishda yoki ma’lumotlar asosida, ya’ni muammoni yechish
uchun yangi ma’lumotlar yoki shartlar qaraladi, hamda mos xulosa va oqibatlar
tekshiriladi.
•
teskari yo`nalishda yoki maqsad tomonidan, ya’ni muammoni yechish
uchun nazariy oqibatlar ishlab chiqiladi va uning xaqligini aniqlaydigan shartlar
tekshiriladi.
Insonning mashina bilan muloqotini ta’minlovchi sistema shunday bo`lishi
kerakki, unda faqat ekspert emas, balki yangi xodimlar ham ishlay olsin. Bunda
qulaylik yaratuvchi
“menyu”, piktogrammalar, sichqonchadan foydalanish yo`llari ishlatiladi.
Bilimlar bazasi bilimlarni belgilar shaklida saqlaydi. Aniqrok aytganda, unga
sonlar jadvali, kattaliklar qiymati diapazoni va hokazolar kirishi mumkin. Lekin
bilimlar bazasining asosini faktlar va evristikalar tashkil etadi.
Bilimlar bazasidagi faktlar tarkibiga ob’ektlarning bayoni, ularning belgilari
va ekspert sistemasini ishlatish sohasiga mos keluvchi sonli qiymatlar kiradi.
Masalan, texnologik jarayonlarni boshqarish sistemasi uchun bilimlar bazasi
tarkibiga konkret korxonaning yoki uning bir qismining bayoni, aloxida
komponentlar harakteristikalari, datchiklardan olingan qiymatlar, zaxiralar sostavi
va x.k. kirishi mumkin.
Evristikalar yoki qoidalar konkret muammoni yechish uchun faktlar asosida
xulosa chiqarish yo`lini bildiradi.
Bu bilimlar asosan oldingi tajribaga asoslanadi va undan ekspertlar doim
foydalanishadi. Lekin ko`pincha u sir tutiladi. Bilimlarni shunday jarayon sifatida
tavsiflash mumkinki, bu jarayonda ekspert sistema yaratuvchilari tomonidan
informatsiya “qidirib topiladi va boyitiladi”. Texnologik jarayonlarni boshqarish
sistemalari uchun bu bilimlar bunday qoidalar turkumini o`zida saqlashi mumkin:
zavodni yoki biror podsistemani profilaktik remont qilish kerak bo`lsa, joriy
narxlarga ko`ra qancha zaxira hajmi saqlash mumkin, yoki nosozliklarni
diagnostika qilish qoidasi va ularni bartaraf etish bo`yicha takliflar va x.k.
Ekspert sistemalarning laboratoriyalar yoki butun firmalar mutaxassislari
uchun ahamiyati bir qancha aspektlarda namoyon bo`ladi:
a)
ekspert bilimlarni yig`ish, aniqlash, kodlashtirish va tarqatish;
b)
inson imkoniyatlaridan yuqori bo`lgan muammolarni yechish;
v) bir inson qamrab olish mumkin bo`lmagan bilimlar hajmini talab qiluvchi
muammolarni yechish;
g) bir necha sohalar bo`yicha ekspert bilimlar talab qilinadigan muammolarni
yechish;
d) kollektivning eng nozik qadriyati - kollektiv xotirani saqlash;
ye) yangi texnologiyani qo`llash hisobiga yuqori rakobatbardoshlikni
ta’minlash.
Kompleks bilimlar bazasini yaratish mashinaning xatosiz ishlashi va birnecha
ekspertlarning bilimi sintezi asosida keng imkoniyatlar ochadi. Agar bilimlar
bazasi bir necha soha informatsiyasini birlashtirsa, bunday bilimlar yig`indisi
qo`shimcha qiymatga ega bo`ladi. Ekspert sistemalarning yuqorida qayd etilgan
"kollektiv xotira"ni saqlash nuqtai nazaridan ham axamiyati katta. Ko`p
korxonalar yuqori malakali mutaxassislarni yo`qotish muammosiga duch keladilar.
Bunga ularning boshqa ishga o`tishi, yoki yuqori lavozimga ko`tarilishi, yoki
o`limi, yoki pensiyaga chiqishi sabab bo`lishi mumkin. Birqancha firmalar
o`zlarining eng qimmatli xodimlari ekspert tajribalarini saqlab qolish uchun
ekspert sistemalarini qo`llay boshladilar. Bu bilimlarni saqlab qolish va ishdan
ketgan ekspert o`rnini yangisi bilan oson to`ldirish imkonini beradi.
Iqtisodiy pozitsiyadan esa ekspert sistemaning axamiyati shundaki, u
firmaning raqobatbardoshligini oshiradi. Bu shuni bildiradiki, ekspert sistemani
birinchi bo`lib qo`llagan kompaniya uni qo`llamaganlardan albatta oldinga chiqib
oladi.
|