U XOLDA eng ko`p neft ishlatuvchi korxona neftni daryoga okizgan.
Maqsadga erishish uchun ko`rib chiqilayotgan variantlar sonini kamaytirishga
xizmat qiluvchi va fikrlash samarasini oshiruvchi soddalashtirishlar qo`llaniladi.
Ekspert sistemalarida evristik qoidalar asosida ishlatiladigan soddalashtirish
mexanizmi evristik qidiruv mexanizmi deyiladi. Quyida evristik qidiruv
mexanizmi keltirilgan.Evristik qidiruv mexanizmi suvni ifloslantirgan eng
extimoli ko`p bo`lgan aybdorni aniqlaganidan keyin, ilgari surilgan gipotezani
tekshirish uchun ekspert sistema boshqa qoidalar to`plamini ishlatishi mumkin.
Eng avvalo korxona neft quvuri sistemasidagi nosozliklar qaraladi. Bunday
evristik qoida foyda keltirishi mumkin:
AGAR fabrika neft quvurining 1-uchastkasidagi bosim suv bosimidan kichik
bo`lsa, U XOLDA 2 yoki 3-uchastkalarni tekshirish kerak.
Bunday qoidani faqat shu sohani biluvchi inson, ya’ni ekspert aytishi
mumkin. Ekspert sistemalarning ishlatilish sohalarini qisqacha keltiramiz:
•
tibbiy diagnostika va davolash;
•
kimyoviy analiz va sintez;
•
molekulyar biologiya va gen injenerligi;
•
sanoatda rejalashtirish va ishlab chiqarishni tashkil qilish;
•
signallarni qayta ishlash;
•
qurilmalar nosozligi diagnostikasi;
•
geologik razvedka;
•
avtomatlashtirilgan loyixalashning intellektual sistemalari;
•
o`lchov sistemalari: ko`rish, boshqarish, ma’lumotlar taxlili;
•
texnologik jarayonlarni boshqarish.