4. Intellektual sistemalar yaratishda ishlatiladigan asosiy amaliy programma paketlari va ularning ishlatilishi. Intellektual
sistemalar
yaratishda
ishlatiladigan
asosiy
programma
vositalarining qisqacha tavsifini keltiramiz:
RuleMaster deb nomlanuvchi universal programma paketi ekspert
sistemalarini qurish va tarqatishga mo`ljallangan. Uning xususiyatlari:
1. bilimlar induktiv o`qitish metodi asosida to`planadi;
2. sun’iy intellekt masalalarini programmalash maxsus
ko`nikmalar talab qilinmaydi;
3. programma paketi turli kompyuterlarda ham ishlay oladi.
RuleMaster paketini yaratishdan maqsad kompyuter vositasini ilmiy-
injenerlik sohasida inson fikrlashi kabi qaror qabul qilish jarayonida qo`llashdan
iborat edi. Bunday sistemalardan biri TOGA ekspert sistemasi bo`lib, u katta
transformatorlardagi nosozliklarni, transformator moyini gazoxromatografik tahlil
ma’lumotlari asosida diagnostika qiladi. RuleMaster paketi ikki asosiy qismdan
iborat:
1. Radial – qaror qabul qilish qoidalarini ishlovchi blok-strukturali prtsedura
tili; 2. RuleMaker – fikrlar daraxtini ko`rishga mo`ljallangan bilimlarni to`plash
sistemasi.
RuleMaster paketi yordamida yaratilgan ekspert sistemalari Radial tilida
yozilgan programmadan iborat. Mos predmet sohasida ekspert sistemasini qurish
uchun modul struktura va modullarning tanasi ajratiladi. Struktura muammo
yechimiga olib keluvchi fikrlash ierarxiyasini aniqlaydi. Har bir modul tanasi esa
mos fikrlashning kechish usulini to`liq aks ettiradi.
Real vaqt masshtabida ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish uchun
ishlatiladigan ekspert sistemasini ko`ramiz. Bu LMI firmasida yaratilgan PICON
programmasi bo`lib, u Lispmashinada ishlashga mo`ljallangan. Bu sistema oddiy
turdagi
tarqoq
boshqaruv
sistemasiga
bog`lanib
ishlaydi.
Uni
loyihalashtirilayotganda u 20000 datchik va nazorat qurilmalariga xizmat
ko`rsatishi nazarda tutilgan. Uni yaratishda LMI firmasining LAMBDA Lisp-
mashinasi qo`llanilgan.