• Registrlar
  • Umumiy
  • Mustaqil ish mavzu: Registr va uning turlari. Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti. Guruh




    Download 3.51 Mb.
    bet1/3
    Sana22.03.2023
    Hajmi3.51 Mb.
    #46140
      1   2   3
    Bog'liq
    kompyuter tashkilashtirish mustaqil ish
    Elektrotexnika va elektronika asoslari Qoshmatova Shaxnoza Maxmudovna

    MUSTAQIL ISH

    Mavzu:Registr va uning turlari.
    Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti.
    Guruh:220-21
    Bajardi:Mirzayev.B
    Tekshirdi:Ahmadova.K
    REJA:
    Registrlar va ularning turlari.
    Registrlar turlari va tasnifi.
    Xulosa.
    Mikroprotsessorning sistemali registrlar.
    Registrlar deb, raqamli axborotni qabul qilish, xotirada saqlash, uni uzatish va shu axborotni kodini o‘zgartiradigan qurilmaga aytiladi. Registr inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, yozuv jurnali (Jurnal registratsiy) degan ma’noni anglatadi. Registrda axborot 0 va 1 raqamlarining kombinatsiyasidan iborat sonlar ko‘rinishida saqlanadi. Registrlar triger deb ataluvchi mantiqiy elementlar to‘plamidan tashkil topgan va ularning soni mashina so‘zining razryadlar soniga teng bo‘ladi.
    Registrlar axborotni xotirada saqlashdan tashqari ular quyidagi vazifalarni ham bajaradi.
    • Sonning kodini o‘zgartirish;
    • Axborotni istalgan razryadga surish;
    • Ketma-ket kodlarni parallel kodlarga almashtirish va aksincha;
    • Ayrim mantiqiy amallarni bajarish;

    • Registrlar axborotni yozish usuliga qarab ketma- ket va paralel registrlarga bo‘linadi. Registrda axborotni qabul qilish, siljitish va uzatish boshqaruvchi impulslar yordamida amalga oshiriladi.

    Registrlar axborotni uzatish usuliga qarab 2 turga bo‘linadi:


    • xotira (siljitmaydigan) registr;
    • siljituvchi registr.

    • Siljituvchi registr deb, boshqaruvchi taktli impuls ta’sirida ikkilik soni kodini bir yoki bir necha razryad o‘ngga yoki chapga siljitadigan registrga aytiladi.
      Razryad setkasidan chiqib ketgan son yo‘qoladi. Siljituvchi registrlar arifmetik va
      mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun ham qo‘llaniladi.

    Tezkor xotiraning yacheykalari bilan birgalikda qisqa vaqtli tezkor ma’lumotlarni registrlarda saqlash ham mumkin. Registrlar protsessor tarkibiga kiradi va dasturlash orqali ularga murojaat o‘rnatilishi mumkin. Registlarga murojaat xotira yacheykalariga nisbatan tezroq bajariladi, shuning uchun registrlarni ishlatish dastur ishini sezilarli darajada tezlashtiradi. Intel firmasining protsessorlarida registrlar 2 guruxga bo‘linadi: sistemali va amaliy maqsadga yo‘naltirilgan.
    Registr o‘zining strukturaviy tuzilishiga ko‘ra 8 razryadli, 16 razryadli, 32 razryadli bo‘ladi. Registrlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
    1)Umumiy foydalanishga mo‘ljallangan registrlar
    2) Segment registrlar
    3) Flag registrlar
    4) Buyruq registrlar
    5) Soprotsessor registrlari
    6) MMX kengaytmali butun sonli registrlar
    7) MMX kengaytmali o‘nlik nuqtasi siljuvchan sonlar bilan ishlovchi registrlar
    Umumiy foydalanishga muljallangan registrlar 8 ta

    Download 3.51 Mb.
      1   2   3




    Download 3.51 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ish mavzu: Registr va uning turlari. Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti. Guruh

    Download 3.51 Mb.