307
«Kompyuterli modellashtirish» fanidan
Glossariy
Tashqi muhit – bu tizimdan tashqarida bo’lib, bu tizimga ta’sir etuvchi
yoki bu tizim ta’siri ostida bo’lgan elementlar majmuasidir.
Tizim - yagona maqsad yo’lida bir vaqtning o’zida ham yaxlit, ham
o’zaro bog’langan tarzda faoliyat ko’rsatuvchi bir necha turdagi elementlar
majmuasi tushuniladi. Tizimning bir necha xil ko’rinishi mavjud:
Korxona tizimi – tuzilmasi, bino, xodimlar, moddiy-texnik tarkibi.
Kompyuter tizimi – Kompyuter tuzilmasi, ma’lumotlarni qayta
ishlash, boshqarish, kiritish va chiqarish tizimi, xotira tizimi.
Telekommunikatsiya tizimi – aloqa vositalari, aloqa liniyalari,
modemlar, tarmoq apparat tahminoti.
Axborot
tizimi
–
Kompyuter,
Kompyuter
tarmoqlari,
foydalanuvchilar, axborot va dasturiy tahminot.
Tizimni funktsionallashtirish – tizim funktsiyasining vaqtdagi ko’rinishi,
tizimning bir holatdan boshqa holatga o’tishi ya’ni holatlar fazosidagi harakatidir.
Download