355
natijalarni vizuallashtirish, yetarli sondagi tajribalar o’tqazish imkoniyatiga ega bo’lamiz.
“Keys-stadi” metodi
«Keys-stadi» - inglizcha so’z bo’lib, («case» – aniq vaziyat, hodisa, «stadi» –
o’rganmoq, tahlil qilmoq) aniq vaziyatlarni o’rganish, tahlil qilish asosida o’qitishni
amalga
oshirishga qaratilgan metod hisoblanadi. Mazkur metod dastlab 1921 yil Garvard universitetida
amaliy vaziyatlardan iqtisodiy boshqaruv fanlarini o’rganishda foydalanish tartibida qo’llanilgan.
Keysda ochiq axborotlardan yoki aniq voqyea-hodisadan vaziyat sifatida tahlil uchun
foydalanish mumkin. Keys harakatlari o’z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: Kim (Who),
Qachon (When), Qayerda (Where), Nima uchun (Why), QandayG‘ Qanaqa (How), Nima-natija
(What).
“Keys metodi” ni amalga oshirish bosqichlari
Ish
bosqichlari
Faoliyat shakli
va mazmuni
1-bosqich: Keys va uning axborot
ta’minoti
bilan tanishtirish
ü yakka tartibdagi audio-vizual ish;
ü keys bilan tanishish(matnli, audio yoki media shaklda);
ü axborotni umumlashtirish;
ü axborot tahlili;
ü muammolarni aniqlash
2-bosqich: Keysni
aniqlashtirish va
o’quv topshirig’ni belgilash
ü individual va guruhda ishlash;
ü muammolarni dolzarblik iyerarxiyasini aniqlash;
ü asosiy
muammoli vaziyatni belgilash
3-bosqich: Keysdagi asosiy muammoni
tahlil etish orqali o’quv topshirig’ining
yechimini izlash, hal etish yo’llarini
ishlab chiqish
ü individual va guruhda ishlash;
ü muqobil yechim yo’llarini ishlab chiqish;
ü har bir yechimning imkoniyatlari va to’siqlarni tahlil
qilish;
ü muqobil
yechimlarni tanlash
4-bosqich: Keys yechimini yechimini
shakllantirish va asoslash, taqdimot.
ü yakka va guruhda ishlash;
ü muqobil variantlarni amalda qo’llash
imkoniyatlarini
asoslash;
ü ijodiy-loyiha taqdimotini tayyorlash;
ü yakuniy xulosa va vaziyat yechimining amaliy
aspektlarini yoritish
Keys. Berilgan topshiriq asosida dastur algoritmi tuzilib CQQ dasturlash
tilida dastur matni
yozildi. Dasturni acm.tuit.uz saytiga yuborilganda “kompilyatsiyada hatolik” habari chiqdi. Ya’ni Sistema
yechimni qabul qilmadi.