• Metodni amalga oshirish tartibi
  • Namuna
  • Metodni amalga oshirish bosqichlari
  • Kompyuterli modellashtirish



    bet140/141
    Sana15.01.2024
    Hajmi
    #138013
    1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   141
    Bog'liq
    KM majmua (1)

    Venn Diagrammasi metodi
    Metodning maqsadi: Bu metod grafik tasvir orqali o’qitishni tashkil etish shakli bo’lib,
    u ikkita o’zaro kesishgan aylana tasviri orqali ifodalanadi. Mazkur metod turli tushunchalar,
    asoslar, tasavurlarning analiz va sintezini ikki aspekt orqali ko’rib chiqish, ularning umumiy va
    farqlovchi jihatlarini aniqlash, taqqoslash imkonini beradi.
    Metodni amalga oshirish tartibi:
    · ishtirokchilar ikki kishidan iborat juftliklarga birlashtiriladilar va ularga ko’rib
    chiqilayotgan tushuncha yoki asosning o’ziga xos, farqli jihatlarini (yoki aksi)
    doiralar ichiga yozib chiqish taklif etiladi;
    · navbatdagi bosqichda ishtirokchilar to’rt kishidan iborat kichik guruhlarga
    birlashtiriladi va har bir juftlik o’z tahlili bilan guruh a’zolarini tanishtiradilar;
    · juftliklarning tahlili eshitilgach, ular birgalashib, ko’rib chiqilayotgan muammo
    yohud tushunchalarning umumiy jihatlarini (yoki farqli) izlab topadilar,
    umumlashtiradilar va doirachalarning kesishgan qismiga yozadilar.
    Namuna: Dasturlash tillari turlari bo’yicha


    359
    “Blis-o’yin” metodi
    Metodning maqsadi: o’quvchilarda tezlik, axborotlar tizmini tahlil qilish, rejalashtirish,
    prognozlash ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat. Mazkur metodni baholash va
    mustahkamlash maksadida qo’llash samarali natijalarni beradi.
    Metodni amalga oshirish bosqichlari:
    1. Dastlab ishtirokchilarga belgilangan mavzu yuzasidan tayyorlangan topshiriq, ya’ni
    tarqatma materiallarni alohida-alohida beriladi va ulardan materialni sinchiklab o’rganish talab
    etiladi. Shundan so’ng, ishtirokchilarga to’g’ri javoblar tarqatmadagi «yakka baho» kolonkasiga
    belgilash kerakligi tushuntiriladi. Bu bosqichda vazifa yakka tartibda bajariladi.
    2. Navbatdagi bosqichda trener-o’qituvchi ishtirokchilarga uch kishidan iborat kichik
    guruhlarga birlashtiradi va guruh a’zolarini o’z fikrlari bilan guruhdoshlarini tanishtirib,
    bahslashib, bir-biriga ta’sir o’tkazib, o’z fikrlariga ishontirish, kelishgan holda bir to’xtamga
    kelib, javoblarini «guruh bahosi» bo’limiga raqamlar bilan belgilab chiqishni topshiradi. Bu
    vazifa uchun 15 daqiqa vaqt beriladi.
    3. Barcha kichik guruhlar o’z ishlarini tugatgach, to’g’ri harakatlar ketma-ketligi trener-
    o’qituvchi tomonidan o’qib eshittiriladi, va o’quvchilardan bu javoblarni «to’g’ri javob»
    bo’limiga yozish so’raladi.
    4. «To’g’ri javob» bo’limida berilgan raqamlardan «yakka baho» bo’limida berilgan
    raqamlar taqqoslanib, farq bulsa «0», mos kelsa «1» ball quyish so’raladi. Shundan so’ng «yakka
    xato» bo’limidagi farqlar yuqoridan pastga qarab qo’shib chiqilib, umumiy yig’indi hisoblanadi.
    5. Xuddi shu tartibda «to’g’ri javob» va «guruh bahosi» o’rtasidagi farq chiqariladi va
    ballar «guruh xatosi» bo’limiga yozib, yuqoridan pastga qarab qo’shiladi va umumiy yig’indi
    keltirib chiqariladi.
    6. Trener-o’qituvchi yakka va guruh xatolarini to’plangan umumiy yig’indi bo’yicha
    alohida-alohida sharhlab beradi.
    7. Ishtirokchilarga olgan baholariga qarab, ularning mavzu bo’yicha o’zlashtirish
    darajalari aniqlanadi.

    Download
    1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   141