• Texnologiyani amalga oshirish tartibi
  • Namuna. Fikr
  • Metodni amalga oshirish tartibi
  • Kompyuterli modellashtirish



    bet137/141
    Sana15.01.2024
    Hajmi
    #138013
    1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   141
    Bog'liq
    KM majmua (1)

    «FSMU» metodi
    Texnologiyaning maqsadi: Mazkur texnologiya ishtirokchilardagi umumiy fikrlardan
    xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni o’zlashtirish, xulosalash,
    shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur
    texnologiyadan ma’ruza mashg’ulotlarida, mustahkamlashda, o’tilgan mavzuni so’rashda, uyga
    vazifa berishda hamda amaliy mashg’ulot natijalarini tahlil etishda foydalanish tavsiya etiladi.
    Texnologiyani amalga oshirish tartibi:
    · qatnashchilarga mavzuga oid bo’lgan yakuniy xulosa yoki g’oya taklif etiladi;
    · har bir ishtirokchiga FSMU texnologiyasining bosqichlari yozilgan qog’ozlarni
    tarqatiladi:
    · ishtirokchilarning munosabatlari individual yoki guruhiy tartibda taqdimot qilinadi.
    FSMU tahlili qatnashchilarda kasbiy-nazariy bilimlarni amaliy mashqlar va mavjud
    tajribalar asosida tezroq va muvaffaqiyatli o’zlashtirilishiga asos bo’ladi.
    Namuna.
    Fikr: “Polimarfizim obyektga yo’naltirilgan dasturlashning asosiy tamoyillaridan
    biridir”.
    Topshiriq: Mazkur fikrga nisbatan munosabatingizni FSMU orqali tahlil qiling.
    “Assesment” metodi
    Metodning maqsadi: mazkur metod ta’lim oluvchilarning bilim darajasini baholash,
    nazorat qilish, o’zlashtirish ko’rsatkichi va amaliy ko’nikmalarini tekshirishga yo’naltirilgan.
    Mazkur texnika orqali ta’lim oluvchilarning bilish faoliyati turli yo’nalishlar (test, amaliy
    ko’nikmalar, muammoli vaziyatlar mashqi, qiyosiy tahlil, simptomlarni aniqlash) bo’yicha
    tashhis qilinadi va baholanadi.
    Metodni amalga oshirish tartibi:
    “Assesment” lardan ma’ruza mashg’ulotlarida talabalarning yoki qatnashchilarning
    mavjud bilim darajasini o’rganishda, yangi ma’lumotlarni bayon qilishda, seminar, amaliy
    mashg’ulotlarda esa mavzu yoki ma’lumotlarni o’zlashtirish darajasini baholash, shuningdek,
    o’z-o’zini baholash maqsadida individual shaklda foydalanish tavsiya etiladi. Shuningdek,
    o’qituvchining ijodiy yondashuvi hamda o’quv maqsadlaridan kelib chiqib, assesmentga
    qo’shimcha topshiriqlarni kiritish mumkin.
    Namuna. Har bir katakdagi to’g’ri javob 5 ball yoki 1-5 balgacha baholanishi mumkin.


    357

    Download
    1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   141