• Kerakli jihozlar.
  • Talabalar mavzuni mukammal o’zlashtirishlari uchun bajaradigan topshiriqlar



    bet83/141
    Sana15.01.2024
    Hajmi
    #138013
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   141
    Bog'liq
    KM majmua (1)

    Talabalar mavzuni mukammal o’zlashtirishlari uchun bajaradigan topshiriqlar:


    204
    10-amaliy mashg`ulot
    Mavzu: Uch o`lchovli grafiklar. Uch o`lchovli grafiklar hususiyatlarini boshqarish
    va o`rganish.
    Reja
    1. Amaliy mashg`ulot uchun kerakli jihozlar
    2. Nazariy ma`lumotlar
    3. Parametrik chizmalar
    4. Икки ва уч ўлчовли графика va aнимация
    5. Amaliy qism
    6. Amaliy topshiriqlar
    Kerakli jihozlar.
    Matlab®/Simulink®dasturiy ta’minoti bilan ta’minlangan
    kompyuterlar va printerlar.
    Ikki o‘lchovli grafika. Matlab tizimining eng katta xususiyatlaridan biri, unda grafik
    chizish imkoniyatini mavjudligidir. Biz Matlabda ikki vektor grafigini chizishning eng
    sodda va umumiy komandalari bilan tanishamiz. Matlabda grafiklarni har xil koordinata
    sistemalarida qurish mumkin. Bulardan to‘g‘ri burchakli dekart koordinatalari sistemasi,
    polyar koordinatalari, sferik vassilindrik sistemalarni keltirish mukin. Undan tashqari
    koordinatalarni bir sistemadagi ko‘rinishidan boshqa ko‘rinishga o‘tkazish mumkin.
    Biror bir sistemada grafik chizish uchun umumiy bo‘lgan ba’zi grafik chizish
    komandalarini keltiramiz:
    ·
    plot(x,y)-x va y vektorlarning dekart tekisligidagi grafigini hosil qiladi;
    ·
    plot(y)-y ning y -vektor elementlari nomerlarga nisbatan grafigini yasaydi;
    ·
    semilogx(x,y)- “x”ni logarifmi grafigini “ y” ga nisbatan yasaydi;
    ·
    semilogy(x,y)-“x”ning grafigini “y” ning logarifmiga nisbatan yasaydi;
    ·
    loglog(x,y)-“x”ni logarifmini “y” ni logarifmiga nisbatan grafigini yasaydi;
    ·
    grid -koordinatalar sistemasida to‘rni hosil qiladi;
    ·
    title (‘matn’)- grafik tepasiga matn yozadi;
    ·
    xlabel (‘matn’)- “matn”ni “x” o‘qi ostiga yozadi;
    ·
    ylabel (‘matn’)- “matn”ni “ y ” o‘qining chap tomoniga yozadi;
    ·
    text(x,y,’matn’)- “matn”ni (x, y) nuqtaga yozadi;
    ·
    polar(theta, r)- r va theta vektorlarning polyar koordinatalar sictemasida grafigini
    yasaydi (bu erda theta faqat radianlarda beriladi);
    ·
    bar(x) yoki stairs(x)- “x” vektorning gistogrammasini yasaydi;
    ·
    bar(x,y) yoki stairs(x,y)-“u” vektor elementlarini gistogrammasini “x” vektorning
    elementlariga mos to‘plamga joylashtirib chizadi;
    Ma’lumki, dekart koordinatalar sistemasida grafik chizish (x, y) juftligini qiymatlarini
    aniqlab, hosil bo‘lgan nuqtalarni kesmalar bilan tutashtirish orqali hosil qilinadi. Demak


    205
    (x, y) juftliklar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa grafik ham shunchalik silliq va aniqroq
    bo‘ladi. Juftliklar avvaldan berilgan bo‘lishi yoki ma’lum funksiyaning argumenti va
    qiymatlaridan hisoblab hosil qilinishi yoki tajriba o‘tkazish natijasida olingan bo‘lishi
    mumkin. Masalan, y=e
    x
    funksiyaning xє[0,2] sigmentdagi grafigini chizish kerak
    bo‘lsa,quyidagi matlab komadalari ketma-ketligi etarli bo‘ladi:
    >> x=0:.1:2;
    >> y=exp(x);
    >> plot(x,y)

    Download
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   141




    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Talabalar mavzuni mukammal o’zlashtirishlari uchun bajaradigan topshiriqlar