206
Bu yerda ‘--’ -liniya turi, ‘0’-aylana
tugun nuqta turi, ‘b’-havorang liniya rangi.Endi
boshqa grafik funksiyadan foydalanib ko‘ramiz:
>> x=0:0.5:10;
>> semilogy(x,sin(x),'--or')
>> grid
Bu misollardan ko‘rinib turibdiki, matlab tizimida grafik chiziqlarini rangini,
turini, tugun nuqtalarini ko‘rsatish va boshqa imkoniyatlar mavjud.
Gistogrammalar. Polyar koordinatalarda grafika. Amaliy hisoblarda biror vektor
tarkibini tasvirlaydigan ustunli diagrammalar deb ataluvchi gistogrammalar ko‘p
uchraydi. Bunda vektorning har bir elementi balandligi uning qiymatiga mos bo‘lgan
ustun shaklida ko‘rsatiladi. Ustunlar tartib raqamlariga va eng baland ustunning
maksimal qiymatiga nisbatan ma’lum masshtabga ega bo‘ladi.
Bunday grafiklar
masalan,
iqtisodiy
o‘zgarish
va
boshqa
jarayonlarni
ifodalashi
mumkin.Ular bar(a) komandasi yordamida quriladi, masalan:
207
>> a=[2 4 6 8 10 12];
>> bar(a)
komandalari yordamida quyidagi gistogrammani olish mumkin:
Bundan tashqari gistogramma qurishning yana boshqa usuli ham mavjud bo‘lib, bu hist
funksiyasi yordamida amalga oshiriladi:
·
N=hist(u)- avtomatik tanlangan 10 intervalli
vektor qiymatini qaytaradi;
·
N=hist(u,m)-huddi yuqoridagi kabi, faqat M (M-skalyar)
intarvalda qaytaradi;
Quyidagi misolni ko‘ramiz:
>> x=-3:0.2:3; y=randn(1000,1);
>> hist(y,x); h=hist(y,x)
h =
Columns 1 through 13
2
3
4
5
4
12
20
22
30
32
39
56
73
Columns 14 through 26
64
66
88
81
71
72
60
47
33
35
25
20
12
Columns 27 through 31
8
7
3
3
3
>>
208
Qutbli koordinatalar tizimida ixtiyoriy nuqta xuddi radius vektor oxiri kabi,
koordinatalar tizimining boshlang‘ich nuqtasidan chiqib, RHO uzunlikka va THETA
burchakka egaligini ko‘rsatadi. RHO(THETA) funksiya grafigini qurish uchun quyida
keltirilgan buyruqlardan foydalaniladi.THETA burchak odatda 0 dan 2*
pi gacha
o‘zgaradi. Qutbli koordinatalar tizimida funksiya grafigini qurish uchun quyidagi
buyruqlardan foydalaniladi :
·
polar(THETA,RHO)- qutbli koordinatalar tizimida radius-vektor oxirining o‘z
holatidagi RHO uzunlik bilan va THETA burchakni ko‘rsatuvchi
grafikani
quradi;
·
polar(THETA,RHO, S)- analogli avvalgi buyruqda ishtirok etgan, lekin S qatorli
konstanta yordamida qurish uslubini analogli plot buyrug‘i asosida ruxsat beradi.
Quyidagi misolni ko’ramiz:
>> angle=0:.1*pi:3*pi;
>> r=exp(angle/10);
>> polar(angle,r),...
>> polar(angle,r);
>> title('polyar koordinatida grafik');
>> grid on
209
Uch o‘lchovli grafika. Grafik chizishga doir misollar. Uch o‘lchovli fazoda
grafik chizish uchun plot3(x,y,z) komandasidan foydalaniladi. Bunda x,y,z-vektorlar bir
xil sondagi koordinatalarga ega bo‘lishi kerak,aks xolda sistema xatolikni beradi.
Masalan,
>> t=0:pi/50:10*pi;
>> plot3(sin(t),cos(t),t)
Demak, plot3 komandasi yordamida uch o‘lchovli
fazoda chiziqning grafigini
xosil qilish mumkin. Bundan tashqari uch o‘lchovli fazoda sirtlarni grafigini hosil
qiluvchi quyidagi komandalar mavjud:
Download