|
Mehnatga haq to`lashning usullari
|
bet | 36/226 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #250996 |
Bog'liq UMK soha iqtisodiyoti4.4.Mehnatga haq to`lashning usullari.
Korxonalarda mehnatga haq to’lashni oqilona tashkil qilish xodimlar faoliyatini rag’batlantirish, tayyor mahsulot va mehnat bozorida raqobatchilikni, rentabellikni va mahsulotlarning daromadliligini ta’minlashi lozim. Mehnatga haq to’lashni oqilona tashkil etishdan maqsaduning hajmi va xodimning korxona xo’jalik faoliyatiga mehnat faoliyatida qo’shgan hissasiga mos kelishini ta’minlash, ya’ni mehnat o’lchami va iste’mol o’lchami o’rtasidagi mutanosiblikni ta’minlashdir.
Ish haqi - har bir xodimning sarflagan mehnati miqdori va sifatiga mos ravishda taqsimlanuvchi va xodim tasarrufiga pul shaklida kelib tushuvchi milliy daromadning bir qismidir. Ish haqibu mehnat uchun mukofotdir.
Xodimlar mehnatiga haq to’lash ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilingan mehnat resurslarining bahosidir. Boshqacha qilib aytganda, ish haqi – bu, mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining korxona xodimlari mehnatiga haq to’lash uchun sarflanuvchi qismidir.
Ish haqining nominal va real turlari mavjud.
Nominal ish haqibu xodimning ma’lum bir vaqt mobaynida bajargan mehnati uchun hisoblangan va to’langan ish haqidir.
Real ish haqinominal ish haqiga sotib olish mumkin bo’lgan tovar va xizmatlar miqdori; real ish haqi – bu, nominal ish haqining “iste’mol qobiliyati ”dir.
Korxonalarda ish haqi sohasidagi siyosatni ishlab chiqish va uni tashkil etishda quyidagi tamoyillarni inobatga olish zarur:
adolatlilik, ya’ni bir xil mehnat uchun bir xil haq to’lash;
bajarilayotgan ishning murakkabligi va mehnat malakasi darajasini hisobga olish;
mehnatning zararli sharoitlari va og’ir jismoniy mehnatni hisobga olish;
sifatli, sidiqidildan mehnat qilishni rag’batlantirish, yo’l qo’yilgan yo’qotishlar yoki o’z majburiyatlariga mas’uliyatsiz yondashishni moddiy jazolash;
mehnat unumdorligi sur’atini o’rtacha ish haqining o’sish sur’atlariga nisbatan tezroq o’stirish;
ish haqi miqdorini inflyasiya sur’atlariga mos ravishda muvofiqlashtirish;
mehnatga haq to’lashning korxona ehtiyojlariga to’liq javob beruvchi ilg’or shakl va tizimlarini qo’llash.
Zamonaviy sharoitlarda korxonalarda mehnatga haq to’lashning turli tizim va shakllari qo’llanilib, ulardan eng ko’p tarqalganlari sifatida ishbay va vaqtbay usulni ko’rsatish mumkin.
|
| |