|
Standartlarning ta`rifi va vazifasi
|
bet | 2/5 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 187,5 Kb. | | #159568 |
Bog'liq Konstruktorlik hujjatlari2. Standartlarning ta`rifi va vazifasi.
Konstruktorlik hujjatlarining yagona sistemasi-korxona va tashkilotlar ishlab chiqarayotgan va foydalanayotgan konstruktorlik hujjatlarini tayyorla, rasmiylashtirish va ishlatish bilan bog`lik bo`lgan tartib va koidalarni belgilovchi davlat standartlari komplesidir.
YeSKD standartlarining asosiy vazifasi-korxona va tashkilotlarda konstruktorlik hujjatlariga rioya qilish, rasmiylashtirish hamda ulardan foydalanishda yagona tartib va qoidalarni joriy etishdan iborat.
Bu qoidalar yordamida;
1. Korxona va tashkilotlar o`zaro konstruktorlik hujjatlarini qayta rasmiylashtirish almashtira olish imkoni yaratiladi.
2. Ishlab chiqarishda hujjatlarni takror ishlab chiqarishining oldi olinadi, hamda komplektlari barqarorlashtiriladi.
3, Sanoat buyumlarining konstruktorlik loyixalarini unifikatsiyalash imkonini kengaytiradi.
4. Konstruktorlik hujjatlarining formalari va grafikaviy tasvirlarining soddalashtirilishi, sermehnat loyixa-konstruktorlik ishlarini kamaytiradi.
5. Ishlab chiqarishning texnikaviy tayyorlik sharoiti yaxshilanadi.
6. Ishlab turgan korxonalarni qayta sozlashda zarur hujjatlarni tezlikda tayyorlash imkoni yaratiladi.
3. Standartlarning ta`sir doirasi.
1. Hujjatlarni tayyorlash, rasmiylashtirish va ulardan foydalanishda YeSKD standartlarida belgilangan tartib va qoidalar quyidagilarga ta`sir etadi;
a) konstruktorlik hujjatlarining barcha turlariga;
b) konstruktorlik xujjatlariga uzgartirishlar kirituvchi va xisobga oluvchi xujjatlarga;
v) texnikaviy normativ va texnologik hujjatlarga.
2. YeSKD standartlari konstruktorlik hujjatlarini tuzish va ulardan foydalanish bilan bog`liq bo`lgan hujjatlar hamda texnikaviy-normativ adabiyotlarni nashr etish uchun asos bo`ladi.
4. YeSKD standartlarining tarkibi.
YeSKD kiruvchi standartlarning tarkibi Davlat standartlar komiteti tomonidan belgilangan tartibda e`lon qilinadigan ruyxatlarda ko`rsatiladi.
YeSKD standartlarining klassifikatsiya gruppalari bo`yicha bo`linishi 1-jadvalda keltirilgan.
YeSKD standartlari klassifikatsiyalash gruppasi asosida belgilanadi.
YeSKD stanadartlari 2-klassga kiritilgan bo`lib, standartlarning nomeri nuqtali2.raqami bilan boshlanadi;
GOST 2.303-68
GOST - davlat standarti
2. - YeSKD standartlari klassi.
3. - Standartlarning klassifikatsiya guruhi.
03 - Guruhdagi standartning tartib Raqami
68 - Standartning tasdiqlangan yili.
1-jadval
|
| |