8. Chizma shriftlari. GOST 2.304-81 (ST SEV 851-78-ST SEV 855-78).
1. Qurilish va sanoatning barcha tarmoqlariga tegishli chizmalardagi va texnikaviy hujjatlardagi yozuvlar GOST 2.304-81 da belgilangan standart harf va raqamlarda yoziladi. Shriftlarning A (ensiz) va B (enli) turlari joriy etilgan bo`lib, ular o`zaro parametrlari bilan farqlanadilar. Satr chizigiga nisbatan perpendikulyar yo`nalishda o`lchangan bosh harfning millimetr hisobidagi h balandligi, uning asosiy o`lchami deyiladi. Shriftning boshqa o`lchamlari uning balandligi (h) ga nisbatan olinadi, (2-jadvallar).
2. Davlat standartida harf va raqamlarning quyidagi o`lchamlari belgilangan: (1,8); 2,5; 3,5; 5; 7; 10; 14; 20; 28; 40 A va B turidagi shriftlar, satr chizig`iga nisbatan75 qiyalatib yoki 90 burchak ostida yozilishi mumkin.
3. Aniq shakldagi harflar olish uchun, ularni yordamchi turlar ustiga yozish kerak. Tur chiziqlarining qadami A turidagi harflar uchun dq(1G`14)h, B turi uchun esa dq(1G`10)h nisbatlarda olinadi.Harf va raqamlarning standart shakli 5-6 shakllarda va o`lchamlari 2-jadvallarda keltirilgan.
4. Harf va sonlardagi murtaklar qatorlar orasidagi bo`sh joylar hisobiga quyiladi, (masalan, D, S, K, Sh, `, X harflari va 4 raqam hamda u, y harflarining belgilari).
3-shakl.
4-shakl.
5. Harf va sonlarning balandligi, tushda bajaraladigan chizmalar uchun kamida 2,5 mm va qalamda bajariladiganlari uchun esa kamida 3,5 mm bo`lishi kerak.
6. Yozuvlar kichik harflar bilan yozilganda bosh harflar chizig`ining yo`g`onligi kichik harf chiziqlarining yo`g`onligiga teng, ya`ni 1=4; 1=10 h bo`lishi kerak.
7. G, T, R bosh harflari A, D, L harflari bilan yonma-yon (GA, TA, RA va x.k) kelganida ular orasidagi masaofa harf chiziklarining yo`g`onligiga teng bo`lishi kerak.
1. Shriftlarning turlari va o`lchamlari.
2 - jadval
Turi
|
Parametrlari, mm
|
|
h
|
c
|
a
|
b
|
E
|
d
|
B
|
1,8
2,5
3,5
5
7
10
14
20
|
1,3
1,8
2,5
3,5
5
7
10
14
|
0,35
0,5
0,7
1,0
1,4
2,0
2,8
4,0
|
3,1
4,3
6,0
8,5
12
17
24
34
|
1,1
1,5
2,1
3,0
4,2
6,0
8,4
12
|
0,18
0,25
0,35
0,5
0,7
1,0
1,4
2,0
|
Eslatma: 1 belilardan: h - shrift o`lchami (bosh harf balandligi); s - kichik harflar balandligi; a - harflar orasidagi masofa; b- satrlar qadami kamida; ye - so`zlar orasidagi eng qiska masofa; d- harf chiziqlarining yo`g`onligi.
|