15
— MR (Modem Ready) — modem tarmoqqa ulangan;
— ON (Off Hook) — modem "trubkani" ko’tardi;
— AA (Auto Answer) — modem telefon ko’ng’irog’iga
javob bermoqda;
— SD (Sarrier Detect) —
modem liniyada boshqa
modemni aniqladi;
— DS (Data Sompression) — ma’lumotlarni siqish jarayoni bajarilmoqda;
— YeS (Yerror Sontrol) — xatolikni nazorat qilish jarayoni bajarilmoqda va b.
Tashqi modemda uning ishlash tezligini bildiruvchi rangli indikatorlar
bo’lishi mumkin, masalan, HS (High Speed) indikatori ishlash tezligi 1200 bit/s
bo’lganda qizil rang, tezlik 2400 bit/s bo’lganda - yashil rang, tezlik 9600 bit/s
bo’lganda to’q sariq rang bilan yoritiladi. Ba’zi tashqi modemlar tovush
balandligini rostlagichga ega bo’ladi, aslida bu ham ortiqcha emas. Shuning uchun
tashqi modem ichki modemga qaraganda qimmatroq bo’lsada,
u haqiqatan ham
afzalroqdir.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, V.34 (V.34 bis) standartidagi tashqi
modemlar kompyuterda asinxronli qabul qiluvchi VART 16S550 mikrosxemasi
bo’lishini talab etadi, 1994 yil va undan oldin chiqqan kompyuterlarda VART
8250 yoki VART 16540
mikrosxemalari quyilgan, ular V.34 standarti
ishlatilganda almashtirilishi kerak.
Yana shuni inobatga olish kerakki, tashqi faks-modemlar ikkita sinfga
bo’linadi:
Class1 faksimil aloqani ta’minlash dasturi bilan faksi-nil xabarlarni
kompyuter tomonidan qabul qilish va uzatish bo’yicha
asosiy ishni bajarishni
nazarda tutadi.
Class2 fakslarni uzatish va qabul qilishning hamma jarayonlarini
modemning o’zning vositalari bilan amalga oshiradi; tabiiyki, Class2 modemlari
bir necha marta qimmatroq, lekin ular birmuncha ayniqsa, ko’p masalali operasion
tizim bilan ishlaganda samaraliroqdir.
16
Ixcham (portativ)
komkyuterlar uchun Pocket, PSMSIA va PS-Card klassidagi
modemlarni alohida eslatish kerak, ular bu kompyuterlarning telekommunikasiya
tizimlarida va kompyuter tarmoqlarida ishlash imkonini beradi; xususan, MNP10
bayonnomasini ta’minlaydigan PSMSIA modemlarn ixcham ShK elektron pochta
bilan ishlashini va chaqqon radiotelefon orqali Internet tarmog’i
bilan ishlashini
ta’minlaydi.
Rossiya bozorida ZyHEL, US Robotics, Motorola, GVS, Multitech, IDS va
b. firmalarning modemlarn keng tarqalgan. Bulardan eng ommaviylari birinchi
ikkita firmanikidir. Tayvan ZyHEL firmasining modemlarida o’zining
xatoliklardan himoya qiluvchi samarali ZyHEL bayonnomasi ishlatishadi, u past
chastotali Rossiya aloqa kanallarida, hattoki uyali telefon
kanallarida ham yaxshi
ishlashni ta’minlaydi va boshqalarga nisbatan fakslarni yaxshiroq qabul qiladi va
jo’natadi, lekin ular, odatda, qimmatroqdir. Amerika US Robotics firmasining
modemlari ommaviyligi bo’yicha hali 1995 yilda ham ZyHEL modemlaridan
ancha orqada qolgan edi, lekin hozir amalda ulardan o’zib ketdi.
Bular
ommaviyligining asosi shundaki, ular kompyuter tarmoqlarida yaxshi ishlaydi va
narxi yuqori emas, hamda Robotics V.34 bayonnomasining yuqori tezlikli
modemlarini ishlab chiqarish bilan ZyHEL modemlaridan yanada o’zib ketdi,
Hozir Robotics uch turdagi modemlarni ishlab chiqarmoqda:
• Sportster — minimum vazifalar bilan ta’minlangan, uncha qimmat bo’lmagan
modemlar;
• Sourier — professional yuqori tezlikli modemlar;
• Woridport — uyali aloqa liniyalarida ishlashga mo’ljallangan modemlar.