26
XULOSA
Ushbu kurs ishi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra quyidagi
xulosalarni qilish mumkin:
Web sahifalarni tashkil etuvchi dasturlar turli - tuman bo‘lib, ularning
imkoniyat
darajalari, xususiyatlari bilan bir - biridan farqlanadi. Men bu kurs
ishimda HTML yordamida
hujjatlarni tashkil etishni, web sahifalarda matnlarni
kiritishni va ularni qanday format qilishni va har xil formatlarda ya’ni GIF formati
(Gif Interchange Format) ni, JPEG (Joint Photographic Experts Group) formati,
PNG (Portable Network Graphic) formatlarini web sahifalarda qo‘llashni
o‘rgandim. Shu bilan birgalikda HTML tilida rasmlar qo‘yish tegi,
gipermatn
tushunchasi, HTML tilida forma yaratish imkoniyatlari bilan juda yaxshi tanishib
chiqdim. Undan tashqari web saytga dizayn berish
uchun CSS yordamida unga
ishlov berishni va HTML tegi uchun CSSni qo‘llash hamda safiha uchun CSS
qo‘llashni amalda bajardim. Jumladan bundan tashqari web saytning mazmuniga
ko‘ra kerakli ma’lumot va yangiliklarni to‘plab hamda ularni o‘rganib chiqdim.
Bundan tashqari web saytni yaratish uchun
muhit imkoniyatlaridan
to‘liqligicha foydalangan holda modemlar turi haqida web sayt yaratdim.