14
aloqa kanalli interfeys bilan — kontaktli va kontaktsiz (audio);
vazifasi bilan - turli xil aloqa kanallari va tizimlari uchun, masalan, faqat
ma’lumotlarni uzatish tizimi uchun — modemlar, ma’lumotlarni va
fakslarni uzatish tizimi uchun - faks-modemlar (aqiqatan ham, butunda
ko’plab firmalar faks-modemlarni ishlab chiqarmoqda, faksli vazifasi
bo’lmagan «toza» modemlar, amalda ishlab chiqarilmayapti);
uzatish tezligi bilan — telefon aloqa kanallari uchun TTXMK
bayonnomalari standartiga mos keluvchi ma’lumotlarni uzatish tezliklari
standarti (shkalasi) mavjuddir; u quyidagi tezliklarni o’z ichiga oladi (bit/s
da): 300, 600, 1200, 2400, 4800, 9600, 12000, 14400, 16800, 19200, 28800,
33600, 56000.
Oldin modemlarning har biri alohida tezlikda ishlash uchun ishlab
chiqarilgan; zamonaviy modemlar universaldir: ularning ba’zilari (masalan,
MT1932, MT 2834 va b.) ham kommutasiya qilinadigan, ham kommutasiya
qilinmaydigan aloqa kanallari bilan ishlashi mumkin; aytilgan tezliklar
shkalasining deyarli hammasini o’z ichiga oladi; modem va faks-modem
rejimlariga ega.
Modemlarni konstruktiv turlari, ya’ni avtonom va apparatura ichiga qurilgan
turlariga birmuncha batafsilroq to’xtalamiz. Avtonom modemlarni ko’pincha
tashqi, apparatura ichiga mos qurilganini esa ichki modem deb ataladi.