17
2.3.
Modemni ishlashini umumiy prinsiplari.Uni o’rnatish va sozlash.
Modem platari
Barcha
zamonaviy
modemlar
o‘xshash
funksional sxemalarga ega bo‘lib, bu sxemalar asosiy
protsessor, signal protsessori, operativ xotiralovchi
qurilma, doimiy xotiralovchi qurilma, modulyatorlar,
demodulyar sim bilan muvofiqlashtirish sxemasi va
dinamikdan tashkil topgan.
Asosiy protsessor odatda ichiga o‘rnatilgan mikrokompyuter bo‘lib,
buyruqlarni qabul qilish va bajarish, ma`lumotlarni buferlash va ishlab
chiqishkodlash, kodni ochish, siqish, cho‘zish va xokozolarni bajarish, shuningdek
signalli protsessorni boshqarish uchun javob beradi. Ko‘pchilik modemlarga tipik
mikrosxemalar to‘plami asosida ixtisoslangan protsessorlar ba`zilarida esa
umumiy vazifali protsessorlar va modulyator/ demoduliyatsiya bilan chastota
yo‘nalishlarini ajratish, aks-sadoni yo‘qotyish va hokozolar bilan shug‘ullanadi.
Bunday protsessorlar sifatida modulyatsiyaning aniq usullari va protokollariga
yo‘naltirilgan ixtisoslangan protsessorlar, yoki keyinchalik ish algoritmini
to‘ldirish yoki o‘zgartirish imkonini beruvchi, almashtiruvchi mikrodasturlar
unversial protsessorlar ishlatiladi. Modemning tipi va murakkabligiga bog‘liq
ravishda asosiy intellektual yuklama DSP yoki modulyator/demulyator zimmasiga
tushadi. Past tezlikli modemlarda asosiy ishni modulyator/demulyator, tezkor
modemlarda esa DSP bajaradi.
DXQ da asosiy va signal prosesorlari uchun dasturlar saqlanadi. DXQ bir
marta dasturlanuvchi, ultrabinafsha o‘chirish bilan qayta dasturlanuvchi, qayta
elektrik dasturlanuvchi bo‘lishi mumkin. DXQ ning keyini tuzatib borishi yoki
yangi imkoniyatlar paydo bo‘lishi bilan choklarni tezkor o‘zgartirishga imkon
beradi.
OXQ asosiy va signal prosesorlari ishida vaqtincha xotira sifatida
foydalaniladi. OXQ da parametrlar to‘plami ham saqlanadi.
18
NVRAM da modem parametrlari saqlangan to‘plamlari saqlanib, ulardan
biri har bir ulanish yoki tashlab yuborishda joriy to‘plamga yuklanadi. Odatda,
ikkita saqlangan to‘plam- asosiy va qo‘shimcha to‘plam mavjud bo‘ladi. Boshqa
ko‘rsatma bo‘lmaganda initsiallash uchun asosiy to‘plam ishlatiladi, lekin
qo‘shimcha to‘plamga ulanish imkoniyati ham bor.
Liniya bilan muvofiqlashtirish sxemasi signalni uzatish uchun ajratuvchi
transformator qo‘ng‘iroq signalini topish uchun optojuftlik, liniyaga ulanish va
nomerni terish relesi, shuningdek liniyaga yuklama yaratish va kuchlanish ortib
ketishidan himoya elementlarini oziga oladi.
Rele o‘rniga tovushsiz elektron kalitlar qo‘llanilishi mumkin. Ba`zi
liniyalarning kuchlanilishi nazorat qilish uchun qo‘shimcha optojuftliklar
qo‘llaniladi. Liniyaga ulanish va nomerni berish bitta kalit yordamida va alohida
kalitlar bilan ham bajarilishi mumkin.
Dinamikga uning eshitish holatini tovushli nazorat qilish uchun liniyadan
kuchaytirilgan signal chiqariladi. Dinamik nomerni terish va ulash vaqtiga butun
ulanish vaqtiga ulanilishi mumkin, shuningdek batomom uzib quyilishi ham
mumkin.
Tashqi modemlar, qo‘shimcha tok manbasining bitta o‘zgaruvchili
kuchlanishdan ta`minot kuchlanishini shakllashtirish sxemasini o‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari tashqi modemlar DTE bilan aloqa uchun interfeys zanjirlarini o‘z
ichiga oladi.
|