|
Ko'r bolalarni o'qitish jarayonlari Reja: Ko'zi ojiz bolalarning bivojlanishi
|
bet | 5/5 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 477,26 Kb. | | #154361 |
Bog'liq ko\'r bolalarni o\'qitish jarayonlariXulosa Xulosa qilib aytganda, ular bunday o‘quvchilar maktablarida doimiy ravishda ko‘zi ojizlar bilan ishlovchi malakali o‘qituvchilar bilan aloqada bo‘lib turishi kerakligiga urg‘u berishdi. Ular, shuningdek, bu har kunlik metodlar ko‘r va ko‘zi ojizlar uchun muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’kidlab o‘tishdi: 1. Ismlardan doimiy foydalanish. Ko‘zi ojiz bolalarga murojaat qilganda doimo ularning ismlarini aytib chaqirish lozim. Bunda ular siz boshqa bolaga emas, aynan unga murojaat qilayotganligingizni anglaydi. Ularni ko‘rganingizda, “Salom” desangiz u kimga murojaat qilinayotganligini anglamaydi va tabiiyki, yuzlarni tanish qobiliyatiga ega emas. Buning o‘rniga, “Salom, Sara, men ustozing Davidman. Ahvollaring qanday?” desangiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu usulni doimiy qo‘llash bolalar orasida yaxshi munosabatni o‘rnatishga ham yordam beradi. 2. Ko‘rishni anglatadigan so‘zlardan foydalanish normal holat. “Qara” yoki “Ko‘r” kabi so‘zlardan qochmang. Xuddi ularning ko‘ra oladigan tengdoshlari singari, bu so‘zlar ham ko‘r yoki ko‘zi ojiz bolalarning so‘z boyligining bir qismi bo‘lishi kerak, teginish, narsalarni yaqinlashtirib anglash yoki normal so‘zlashuvda “Ko‘rishguncha” deyish kabilar uchun. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(6), June, 2023 910 3. Imo qilmang, doimo og‘zaki ifodalang. Doskaga yozayotganingizda, o‘quvchilar o‘sha ma’lumotga ega bo‘lib borishi uchun har doim og‘zaki ifodalab boring. Yo‘nalish va holatni ifodalaydigan terminlarni qo‘llang, tepada/pastda, orqada/ro‘parada, chapda/o‘ngda va boshqa so‘zlar kabi. “Koptok u yerda” ta’rifining o‘rniga “Koptok eshikning oldida” ta’riflovchi jumlalarni qo‘llang. “U yerda”, “bu yerda” kabi so‘zlardan va gapirmasdan, imo orqali yo‘nalishni tushuntirishdan qoching, chunki ko‘zi ojiz bolalar bularni ko‘ra olmaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES) 1. Susan Carney, Karen Scammell and others. Teaching Students with Visual Impairments. Saskatchewan Learning – 2003. 130 p. 2. Teaching Students with Visual Impairments. Programming for Students with Special Needs. No. 3. Alberta Dept. of Education, Edmonton. Special education branch. 102 p. ISBN-0-7732-1797-5
|
| |