birinchidan, tadqiqotlar natijasida ayon bo'




Download 37 Kb.
bet3/3
Sana21.12.2023
Hajmi37 Kb.
#125659
1   2   3
Bog'liq
Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslub

birinchidan, tadqiqotlar natijasida ayon bo'ldiki, emissiya qilingan aksiyalarning katta qismi davlat hissasiga to‘g‘ri keladi. Aksiyalarning umumiy qiymatida davlat aksiyalari ulushining ko'pligi aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv samaradorligini pasaytiradi;
ikkinchidan, qimmatli qog'ozlarning ikkilamchi bozorining qoniqarli darajada shakllanmaganligi hamda samarali faoliyat yuritmayotganligi korxonalarga investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlarini cheklashga olib kelmoqda;
uchinchidan, aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqarilgan aksiyalar likvidliligining pastligi. Bunga sabab har bir aksiya uchun to‘lanayotgan dividendlar miqdori kamligidir;
to‘rtinchidan, aksiyadorlik jamiyatlarida hozirgacha korporativ boshqaruv samaradorligini baholashning yagona reyting tizimi joriy etilmagan. Bu holat potensial investorlarning yirik biznes loyihalarini moliyalashtirish jarayonidagi faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda.
Xulosa sifatida ta'kidlash lozimki, mamlakatimizda xususiy mulkchilik sohasidagi islohotlar natijasida iqtisodiy jihatdan savodxon, xo'jalik yuritish san'atiga ega mulkdorlar sinfi shakllandi. Korporativ boshqaruvning samaradorligini yanada oshirish uchun yirik korxonalarning xususiylashtirishdagi keyingi jarayonlarga yuqorida ta’kidlab o'tilgan mulkdorlar sinfini jalb etish lozim.
To'gri yo'lga qo'yilgan korporativ boshqaruv tizimi O‘zbekistonning dunyodagi eng ilg'or, iqtisodiy jihatdan yuksak darajada rivojlangan mamlakatlar qatoridan munosib o‘rin egallashida o‘z hissasini qo‘shadi.
Download 37 Kb.
1   2   3




Download 37 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



birinchidan, tadqiqotlar natijasida ayon bo'

Download 37 Kb.