Korxona va tashkilotlarda xodimlar mehnatini ilmiy asosda tashkil qilish mehnat unumdor­ligini oshirishning asosi bo‘lib, to‘g’ri tashkil etilgan mehnat kishining jismoniy, aqliy va mahnaviy kamol topishiga olib keladi




Download 19.92 Kb.
Sana26.06.2023
Hajmi19.92 Kb.
#75791
Bog'liq
техника хавфсизлиги хизмати
Qarshi davlat universiteti berdimurodov e. T. Fizikaviy kimyo fa-hozir.org, 1. Sohadagi yangiliklar mavzusida matn tuzish-fayllar.org

1.2. Texnik xavfsizligi bo‘limi vazifalari(to‘g’risi)
Sanoat korxonalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, mehnat muhofazasiga amal qilish, kasb kasalliklari va jarohatlanishga olib keladigan omillarni butunlay yo‘qotish sanoat korxonalari rahbarlari oldiga qo‘yilgan asosiy vazifa hisoblanadi. Bu O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g’risida”gi qonunning 12 – moddasida ko‘rsatib o‘tilgan va unda tahkidlab o‘tilgan. Korxona direktori, bosh texnolog, bosh mexanik, bosh energetik, tsex yoki bo‘linma boshliqlari, smena boshliqlari va ustalar o‘z uchastkalarida xavfsiz va sog’lom ish sharoitlarini yaratishlari lozim va unga mahsul hisoblanadilar. Korxona va tashkilotlarda xodimlar mehnatini ilmiy asosda tashkil qilish mehnat unumdor­ligini oshirishning asosi bo‘lib, to‘g’ri tashkil etilgan mehnat kishining jismoniy, aqliy va mahnaviy kamol topishiga olib keladi.
Bu jihatdan ishchilarning sog’lom va xavfsiz ish sharoitlarida ishlashlarini ta‘minlash, ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalar, kasbiy kasalliklarni oldini olish chora – tadbirlarini amalga oshirish vazifasi korxonalarda texnika xavfsizligi bo‘limiga yuklatilgan. Bo‘lim bevosita korxona rahbariga yoki bosh muhandisga bo‘ysunadi. Texnika xavfsizligi bo‘limi xodimini o‘z xizmat vazifasidan boshqa ishlarga jalb qilishga ruxsat berilmaydi.
“Ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini tahminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan tashkilotda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g’risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy bo‘linmalari bo‘lib, ular bevosita tashkilot rahbariga bo‘ysunadi.
Mehnatni muhofaza qilish xizmati mutaxassislari mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalariga barcha xodimlar tomonidan rioya etilishini nazorat qilish, aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g’risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablarini buzayotgan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g’risida tashkilot rahbariga taqdimnomalar kiritish huquqiga ega.
Mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalari mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin”.
Texnik xavfsizligi bo‘limi tegishli davlat nazorat organlari va tsex boshliqlari bilan birgalikda ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasb kasalliklarining umumiy holati va sabablarini tahlil qilish asosida mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi bo‘yicha olib boriladigan yillik ish rejalarini ishlab chiqadi. Ushbu chora – tadbirlar rejasi korxona rahbari, tegishli yuqori nazorat tashkilotlari, korxona mahmuriyati va kasaba uyushmalari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan reja asosida korxonalarning tegishli bo‘limlari bilan birgalikda ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasb kasalliklarini oldini olish choralari ko‘riladi. Shikastlanishning sabablarini o‘rganish, muhandislik-texnik sohaga tegishli masalalar, profilakgik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ishchilar salomatligini mustahkamlashga oid masalalarni hal etishda tibbiyot-sanitariya qismidagi shifokorlar mashuldirlar.
Texnika xavfsizligi bo‘limida mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha o‘quv mashg’ulotlari o‘tkazish va targ’ibot qilish maqsadida texnika xavfsizligi xonalari tashkil etiladi. Unda texnika havfsizligiga oid qo‘llanmalar, maxsus adabiyotlar, ko‘rgazmali qurollar, zamonaviy shaxsiy himoyalanish vositalari bo‘lishi zarur.
Korxonalarda ishchi va xizmatchilar ishining xavfsizlik darajasi, shuningdek, xizmat malakasi ishchining staji, lavozimidan qathi nazar ishga qabul qilinganda belgilangan muddatlarda texnika xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomalar bilan tanishtirilishi shart.
Bo‘lim xodimi binolar, texnologiyalarni loyihalash va joriy etishda, sanitar – gigienik qurilmalarni o‘rnatishda, mehnat muhofazasi qoidalari va mehyorlariga to‘la javob berishliklarini tahminlovchi tekshirishlarda ishtirok etadi hamda baxtsiz hodisalarni tahlil qilishda, ularning oldini olish ishlarida qatnashadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, texnika xavfsizligi bo‘limi xodimiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:

  • texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi bo‘yicha ishlarni tashkillashga uslubiy tomondan rahbarlik qilish;

  • mehnat muxofazasi, texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigienasi bo‘yicha korxonaning loyixalarini va yillik rejalarini tuzishda ishtirok etish;

  • mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha yuqori davlat nazorati tomonidan chiqarilgan xarakatdagi qonunlar, buyruqlar, yo‘llanmalar kabi mehyoriy xujjatlarni ishlab chiqarishga joriy etish va bajarilishini, shuningdek bu ishlarga ajratilgan mablag’larning to‘g’ri yo‘naltirilganligini nazorat qilish;

  • guruxli va og’ir oqibatlarga olib kelgan baxtsiz xodisalarni tekshirish, ularni oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

  • ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va baxtsiz xodisalar tufayli shikastlanganlar uchun ajratilgan mablag’lar bo‘yicha oraliq hisobotlarni tuzishda ishtirok etish.

Qurilayotgan va loyiha qilinayotgan zavod, fabrika va boshqa ishlab chiqarish obhektlarida gigiena-sanitariya masalalari bo‘yicha mahlum talablar qo‘yiladi. Albatta bunday loyixa–smeta ishlarida texnika xavfsizligi bo‘lim xodimi ishtirok etishligi zarur. Ishlab chiqarish sanitariyasi mehyorlari bo‘yicha xududdagi havoning ifloslanganlik darajasi, shovqin, xonalardagi iqlimiy sharoitlarni kundalik nazorati ham texnika xavfsizligi bo‘limining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Mehnat gigienasi bo‘yicha muhandis va ularning yordamchilari ish joylaridagi havoning tozaligi, mehnat fiziologiyasi talablarining bajarilishi, meteorologik sharoitlarga doir sanitariya mehyorlari, ish joylarining yoritilishi, ishlab chiqarishda shikastlanishning oldini olish bo‘yicha choralar qo‘llanilishi ustidan nazorat qilib boradilar. Bu mahlumotlar tahlili va ishchilarning salomatligi to‘g’risidagi mahlumotlar asosida sog’lomlashtirish tadbir-rejalari sanitariya nazoratining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Download 19.92 Kb.




Download 19.92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Korxona va tashkilotlarda xodimlar mehnatini ilmiy asosda tashkil qilish mehnat unumdor­ligini oshirishning asosi bo‘lib, to‘g’ri tashkil etilgan mehnat kishining jismoniy, aqliy va mahnaviy kamol topishiga olib keladi

Download 19.92 Kb.