|
II bob. Umumiy xavfsizlik talablari
|
bet | 16/20 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #263391 |
Bog'liq AMALIYOT2023II bob. Umumiy xavfsizlik talablari
1 §. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil qilish, o‘qitish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish
9. Korxonalarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish “Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish to‘g‘risidagi Namunaviy nizom”ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 3-iyundagi 25-2019-B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1754-3, 24.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2019-y., 10/19/1754-3/3325-son)
11. Korxonalarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tuziladi) va yuritiladi:
a) mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilishni yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
b) tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari;
v) mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
g) ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
d) mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
e) ishchi va xizmatchilar bilan yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi.
12. Korxonalarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha davlat nazorat idoralari belgilagan tartib va muddatlarda o‘qishlari, yo‘l-yo‘riqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan o‘tkazishlari hamda qayta attestatsiyadan o‘tishlari lozim.
13. Bevosita ishlab chiqarishda ishlarni tashkillashtirish va bajarish bilan bog‘liq ishchilar, rahbarlar, muhandis-texnik xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish “Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi Namunaviy nizom”ga muvofiq amalga oshirilishi lozim (1996-yil 14-avgust, ro‘yxat raqami 272 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1996-yil).
14. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizom”ga (2000-yil 7-yanvar, ro‘yxat raqami 870 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000-yil) muvofiq ishlab chiqiladi va ishlovchilar hamda ish joylarini shu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tuzilmaviy bo‘linmalar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
15. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni o‘rganish va hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni o‘rganish va hisobini yuritish to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Korxonalarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 3-iyundagi 25-2019-B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1754-3, 24.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2019-y., 10/19/1754-3/3325-son)
|
| |