|
§. Korxona hududining tuzilishi va saqlanishiga doir talablar
|
bet | 20/20 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #263391 |
Bog'liq AMALIYOT20238 §. Korxona hududining tuzilishi va saqlanishiga doir talablar
46. Sanoat korxonalari hududini rejalashtirish va qurish, oziq-ovqat sanoati korxonalarini loyihalashtirishga doir talablar hisobga olingan holda amaldagi qurilish me’yorlari va qoidalari talablariga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshirilishi lozim.
47. Korxona hududida quyidagilar joylashtirilishi lozim:
atmosfera yog‘inlarini binolar va inshootlardan oqova suvlar chiqib ketuvchi quvurlarga yo‘naltirgichlar;
yuzasi qattiq qoplama bilan qoplangan, tegishli o‘lchamga, ruxsat etilgan qiyalik va doira radiuslariga, yo‘l belgilariga ega o‘tish joylari;
qattiq qoplama bilan qoplangan omborxona, yuk ortish-yuk tushirish maydonchalari;
qurilish me’yorlariga muvofiq tashkil qilingan yong‘in va xo‘jalik suv o‘tkazgichlari, kanalizatsiya va yong‘in suv havzalari;
tashqi yoritish tarmog‘i;
hududning bo‘sh joylarini ko‘kalamzorlashtirish.
48. Korxona hududini ko‘kalamzorlashtirish:
a) sanitariya-himoyalash hududida;
b) korxona ichi, magistral va boshqa yo‘llar bo‘ylab;
v) qurilishdan holi maydonchalar va maishiy xizmat ko‘rsatish, oshxona, sog‘lomlashtirish punktlari, ma’muriy binolar va dam olish joylari joylashgan hududlarda amalga oshirilishi lozim.
49. Korxona hududi balandligi 2,4 m gacha bo‘lgan devor bilan o‘ralishi va umumiy foydalanish yo‘llariga chiqish uchun o‘tish joyining eni va balandligi 4,5 m dan kam bo‘lmagan kamida ikkita darvozaga ega bo‘lishi lozim.
50. Kirish va chiqish darvozalari ularni istalgan kishi yopishiga yo‘l qo‘ymaydigan moslamaga, transport harakatidan ogohlantiruvchi yorug‘lik yoki tovush signalizatsiyasiga ega bo‘lishi lozim.
Kirish darvozalari va avtomobil tarozilari maydonchalari oldida yo‘naltiruvchi ustunchalar o‘rnatilishi lozim.
51. Transport vositalari o‘tishi uchun mo‘ljallangan darvozalardan korxona yoki sex xodimlarining doimiy kirib-chiqishi uchun foydalanish man etiladi.
52. Ishlab chiqarish korpuslariga boradigan yo‘llarning eni kamida 6 m, avtomobillar bir tomonlama harakatlanadigan boshqa yo‘llarning eni esa kamida 3,5 m bo‘lishi lozim.
53. Avtomobil yo‘llarining temir yo‘l bilan kesishgan joyidagi o‘tish qismi relslarning balandligiga teng darajada har tomonga kamida 10 m uzunlikda takomillashgan qoplamaga ega bo‘lishi lozim.
54. Korxona ma’muriyati avtotransport vositalarini saqlash joylarini va yo‘lning to‘xtash man etilgan joylarini belgilashi va ularni tegishli belgilar bilan ko‘rsatishi lozim.
55. Har bitta korxonada ruxsat etilgan yo‘nalishlar, burilishlar, to‘xtash, kirish, chiqish joylari ko‘rsatilgan korxona ichki transportining harakatlanish sxemasi tuzilishi lozim. Ushbu reja bilan barcha xodimlarni tanishtirish, uni korxona ichki transportining to‘xtash joylari, yo‘llar kesishgan joylari, temir yo‘l rampalari, yuk ortish-yuk tushirish maydonchalarida osib qo‘yish zarur (transportning harakatlanish tezligi mazkur Qoidalarning 3-ilovasida ko‘rsatilgan).
56. Temir yo‘llarni kesib o‘tish joylari avtomobil yo‘llarining gorizontal qismida joylashtirilishi, relslar orasi yog‘och qoplamaga ega bo‘lishi va kelish yo‘llari ustunlar yoki to‘siqlar bilan to‘silgan bo‘lishi zarur.
57. Temir yo‘lning korxona darvozasiga kirish joylarida lokomotiv yaqinlashib kelishiga 50 m qolganda ishga tushadigan avtomatik signalizatsiyali yo‘l to‘siqlari priborlari o‘rnatilishi lozim.
58. Korxona ichidagi temir yo‘lni kesib o‘tish joylarida “Poyezddan saqlaning” ogohlantiruvchi belgilari, shuningdek harakatlanuvchi tarkib to‘g‘ri yo‘lning kesib o‘tilgan joyiga yaqinlashishiga 50 m qolganda va burilish joylaridagi yo‘lning kesib o‘tilgan joyiga yaqinlashishiga 75 m qolganda signal beruvchi avtomatik yorug‘lik-tovush signalizatsiyasi o‘rnatilishi lozim.
59. Yo‘lovchilar uchun yo‘laklar maksimal darajada qisqa, yuk oqimlari bilan kesishish joylari eng kam darajada: eni kamida 1.6 m bo‘lishi lozim. Yo‘laklar asfalt, beton, plitka yoki boshqa qattiq materiallardan iborat qoplamaga ega bo‘lishi zarur.
60. Yo‘llarni kesib o‘tgan, baland o‘tish yo‘llari va estakadalar, ularning zinapoyalari, kanallar va transheyalar orqali o‘tuvchi ko‘priklar kamida 1 m balandlikdagi pastki qismi kamida 0.2 m balandlikdagi yaxlit qismdan iborat bo‘lgan to‘siqqa ega bo‘lishi lozim. Ularga tutashuvchi yo‘llar bo‘sh bo‘lishi lozim.
61. Yer ostiga joylashtirilgan sig‘imlar, suv havzalari, quduqlar, lyuklar, chuqurlar, kanallar tutash hudud bilan bir xil yuzadagi mustahkam qopqoqlar bilan yopilishi yoki ta’mirlash ishlarini bajarishda atrofi o‘ralgan bo‘lishi lozim. Usti yopilmaydigan chuqurlar pastki qismi kamida 0.2 m balandlikdagi yaxlit qismdan iborat bo‘lgan 1.2 m balandlikdagi to‘siqlarga ega bo‘lishi lozim.
Yer osti muhandislik tarmoqlari quduqlari mavjud bo‘lmagan holda tarmoqning joylashishini aniqlash imkonini beruvchi tanish belgilariga ega bo‘lishi lozim.
62. Tez alangalanuvchi va yonilg‘i suyuqliklari maxsus idishlarda va ajratilgan joylarda saqlanishi zarur.
63. Korxona hududining yuk ortish-yuk tushirish ishlari bajariladigan va transport mexanizmlari muntazam harakatlanadigan uchastkalari “Yuk ortish-yuk tushirish ishlari. Umumiy xavfsizlik talablari” (GOST 12.4.026-76) ga mos bo‘lishi lozim.
64. Barcha doimiy yuk ortish-yuk tushirish maydonchalari yuklarni qo‘lda tashish zaruratini imkon qadar bartaraf etuvchi tegishli mexanizatsiyaga (transportyorlar, samopodavatellar, shtabelukladchiklar, avtoyuklagichlar, bunkerlar, uzkokoleykalar, lebedkalar, mexanik lopatalar, tushirish lotoklari va hokazo) ega bo‘lishi lozim.
65. Doimiy yuk ortish-yuk tushirish ishlarini amalga oshirish uchun korxonada yopiq maydonchalar-platformalar qurilishi, ularning uzunligi bo‘ylab qo‘riqlash bortlari o‘rnatilishi lozim.
Platformaning yuqori darajasi rels yo‘li tomondan rels boshidan 1.2 m va avtotransport keladigan tomondan yer sathidan 0,9-1 m yuqori bo‘lishi lozim.
66. Temir yo‘l vagonlaridagi yuklarni faqat maxsus ajratilgan joylarda zavod yo‘llari bo‘ylab tushirishga ruxsat etiladi, bunda tushiriladigan materiallarni vagondan kamida 1,5 m uzoqlikda joylashtirish lozim.
O‘tish joylari va yo‘llarini, shuningdek ularga tutash yo‘llarni yuklar bilan yopib qo‘yish man etiladi.
67. Yuk shtabellarini avto va elektr yuk ortgichlar yordamida taxlashda yoki ajratishda ularning ish hududini yuklarni qo‘lda tashish yo‘llari kesib o‘tmasligi lozim.
Korxonada turli yuklarni avto va elektr yuk ortgichlarda tashishda taxlash sxemalari ishlab chiqilishi lozim.
68. Yuk ortgichda yuklarni tashishda yo‘lning ruxsat etilgan maksimal qiyaligi KMK 2.09.12-98 “Omborxona binolari” bo‘yicha ombor ichida 16 foizdan va unga kelish yo‘llarida 10 foizdan oshmasligi lozim.
69. Xom ashyoni konteynerlarda va sochilgan holda yetkazib berish va saqlashda barcha yuk ortish-yuk tushirish ishlari mexanizatsiyalanishi lozim. Konteynerlarda taxlash balandligi 1.5 m (3 qator)dan oshmasligi lozim.
70. Xom ashyoni qoplarga solingan holda avtomashinalar (pritseplar)da keltirishda ular xomashyo maydonchasida taglikdagi paketlarga joylanishi va saqlash yoki tushirish joyiga avto va elektryukortgichlar bilan tashilishi lozim. Yopiq xomashyo maydonchalarida avtoyukortgichlardan foydalanish man etiladi. Taglikdagi qoplar bir-biriga perpendikulyar taxlanishi lozim. Taxlash balandligi 2 m dan oshmasligi lozim.
71. Korxonaning barcha hududi toza saqlanishi lozim. Atmosfera yog‘inlarini chiqarib yuborish uchun mo‘ljallangan oqova suv tarnovlari tasdiqlangan jadvalga muvofiq muntazam ravishda tozalanishi va ta’mirlanishi lozim. Yo‘llar, o‘tish yo‘llari va binolar, qurilmalar hamda inshootlar orasidagi hududlardan materiallarni saqlash uchun foydalanish, ularga uskunalar yoki ishlab chiqarish chiqindilarini taxlab qo‘yish man etiladi.
72. O‘tish joylari va tor yo‘llarni muntazam ravishda axlatdan tozalab turish, yozgi paytda suv sepish, qishki paytda esa qordan tozalash va muzlab qolgan taqdirda — qum yoki tuz sepish zarur.
73. Korxona hududida ishlab chiqarish chiqindilari va axlat tashlash uchun to‘plagichlar o‘rnatilishi lozim. To‘plagichlar binolardan 25 metr uzoqlikda bo‘lishi kerak. Ular suv o‘tmaydigan, qopqoqlari mustahkam yopiladigan bo‘lishi lozim.
To‘plagichlar har kun tozalanishi lozim. Ular tozalangandan so‘ng 10 foizli xlorli ohak eritmasi yoki 20 foizli yangi so‘ndirilgan ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi lozim.
To‘plagichning sig‘imi ikki kunlik to‘planadigan axlat va chiqindilar miqdoridan ortiq bo‘lmasligi kerak. To‘plagichlar betonlangan yoki asfaltlangan maydonchalarga joylashtirilishi, maydonchalar to‘plagichning asosidan har tomonga 1 m katta bo‘lishi lozim. Maydonchalar yuvish uchun suv bilan ta’minlanishi va kanalizatsiya tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.
74. Korxona hududini yoritish mazkur Qoidalarning II bobi 13-paragrafi talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
75. Gradirnya basseynlari va boshqa suv havzalaridan cho‘milish uchun foydalanish man etiladi. Ularning devorlariga taqiqlovchi yozuvlar osib qo‘yilishi lozim.
76. Korxona hududida chekishga faqat maxsus ajratilgan, “Sanoat korxonalarida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha namunaviy qoidalar” ShMQ 2.01.02-04 ga muvofiq jihozlangan joylarda ruxsat etiladi.
77. Yo‘llarning alohida uchastkalari va o‘tish joylarini faqat yong‘indan qo‘riqlash xizmati bilan oldindan kelishilgan holda yopishga ruxsat etiladi. Yong‘in uskunalari, yong‘in gidrantlari va suv havzalariga kelish yo‘llari doimo ochiq bo‘lishi lozim. Yong‘in gidrantlari oldida tungi paytda ham yoritiladigan ko‘rsatkich-yozuvlar osib qo‘yilishi lozim.
78. Quduqlar va magistrallarni ko‘zdan kechirishning barcha turlari suv o‘tkazish-kanalizatsiya magistrallari ahvoli uchun mas’ul shaxsni xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Г.Г.Валуйко “Совеменнке способк производства винограднкх вин”-
М.1984.
2.С.М.Туробжонов ва бошкалар. Узбекистон Республикаси озик-овкат
саноати:Кискача тарихи;ривожланиш истикболлари; муаммолари.»Фан ва
технологи» нашириёти, Тошкент 2014,
3.К.А.Калунянц “Химия солода и пива” Москва. 1990 г.
4.N.Sh.Kuliev, N.Sh.Abdullaev, Q.Z.Shokirov Uzumchilik asoslari. T. 2010 y.
5.N.Sh.Abdullaev, K.Z.Shokirov,B.Sh.Isaev Bogdorchilik va uzumchilik
asoslari. Buxoro, 2010 y.
6.L.A.Ivanova, L.I.Voyno, I.S.Ivanova Pishevaya biotexnologiya. Kniga 2.
Moskva,2008 g.
7.X..T.Salomov, Sh.Salomov Sharobchilikda texno kimyoviy nazorat.
|
| |