|
§. Xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishiga ruxsat berish
|
bet | 19/20 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #263391 |
Bog'liq AMALIYOT20236 §. Xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishiga ruxsat berish
37. Korxona xodimlari ishni bajarishning kasbiy usullariga, ishlarni xavfsiz yuritishga o‘qitilib, olingan bilimlari “Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi Namunaviy nizom”ga muvofiq hujjatli rasmiylashtirilgan holda sinovdan o‘tkazilgandan so‘ng ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishga ruxsat etilishi mumkin.
38. O‘ta xavfli ishlarga, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr qurilmalari, maxsus texnologik uskunalar va mashinalarga, mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish ishlariga tegishli kasbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarni qabul qilish man etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
39. O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 3-iyundagi 25-2019-B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1754-3, 24.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2019-y., 10/19/1754-3/3325-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 3-iyundagi 25-2019-B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1754-3, 24.06.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2019-y., 10/19/1754-3/3325-son)
7 §. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
41. Korxona ma’muriyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qo‘mitasi va vakolatli sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning ko‘rikka kelishini ta’minlashi lozim.
42. Tibbiy ko‘riklar korxonaning tibbiy-sanitariya qismlari va poliklinikalari, ular mavjud bo‘lmagan holda davolash-profilaktika muassasasi tomonidan o‘tkazilishi lozim. Tibbiy ko‘riklar davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
Korxona ma’muriyati (yoki ish beruvchi) va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tibbiy ko‘rik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, ish beruvchi esa dalolatnomada ko‘zda tutilgan barcha tadbirlar va ko‘rsatmalarni bajarishi lozim.
43. Ma’muriyat davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlarini kasaba uyushmasi bilan kelishishda tegishli hujjatlarga (jamoaviy shartnoma, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bitim, ishlarni amalga oshirish bo‘yicha shartnoma va hokazo) kiritishi lozim.
44. Xodimning mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda yuzaga kelgan va tibbiy ko‘rik paytida aniqlangan kasalliklarga tashxis qo‘yish murakkab bo‘lgan hollarda ma’muriyat bemorni maxsus davolash muassasalariga yuborishi shart.
45. Har bitta ishlab chiqarishda ishlovchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida zarur dorivor preparatlar va bog‘lash vositalari bilan ta’minlangan tibbiyot punkti tashkil etilishi lozim.
|
| |