• 1. Xulosa qilish tushunchasi. Ijodiy jarayon va uning xususiyatlari Ijodiy tafakkur
  • Ijodiy fikrlashni ta `minlovchi omillar
  • V.A.Kruteskiy
  • - mavzu. Xulosa qilish. Kreativ jarayon. (2 soat) Ma’ruza mashg‘uloti




    Download 199,17 Kb.
    bet13/38
    Sana01.12.2023
    Hajmi199,17 Kb.
    #108914
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38
    Bog'liq
    Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va menejment-www.hozir.org (1)

    5- mavzu. Xulosa qilish. Kreativ jarayon. (2 soat)

    Ma’ruza mashg‘uloti:
    1. Xulosa qilish tushunchasi. Ijodiy jarayon va uning xususiyatlari

    2. Kreativ jarayonning bosqichlari

    3. Kreativ jarayonni takomillashtirishning asosiy omillari
    Tayanch so‘z va iboralar:ijodiy tafakkur, muammo, omillar, intellekt, kreativlik nazariyalari, ijtimoiy taraqqiet, kreativ ishlanma
    1. Xulosa qilish tushunchasi. Ijodiy jarayon va uning xususiyatlari
    Ijodiy tafakkur - murakkab bilish faoliyatidan biri bo`lib, tadrijiy ravishda izchil o`zaro bog`langan jarayonlardan tashkil topadi, dastavval savollar tug`iladi, vazifa aniqlanadi, masalani echish va savollarga javob qidirish jarayoni vujudga keladi. Inson oldida turgan aniq vazifa yoki masala bu bajarilishi yoki hal qilinishi zarur bo`lgan vazifa ko`pincha ifodalanishi shart bo`lgan maqsadni ham aks ettirib keladi. Maqsad esa insonning izlanayotgan noma`lum voqelikni topishga gumon va hayajon, shubha qislaridan xalos etishga qaratilgan maylidir.

    Ijodiy tafakkurning navbatdagi tarkibiy qismlari quyidagicha aks ettiriladi:

    qo`yiladigan savollarga javob berish, masalani yechishga yordam beradigan yo`llar, usullar, vositalar, qoidalar va ko`nikmalarni qidirish, ularni tanlash hamda mazkur faoliyatda ularni tadbiq qilish va boshqalar.

    Ijodiy fikrlashni ta`minlovchi omillar:
    • Fikr yuritish faoliyatida eng avval hal qilinishi zarur bo`lgan masala inson tomonidan aniqlab olinishi kerak.


    • Muammo yoki masalani hal qilish zarur bo`lgan barcha bilimlarni tadbiq qilish uchun intilish.


    • Masalaga, muammoga taalluqli gipoteza olg`a suriladi, bosqichlar tahmin qilinadi, yechim to`g`risida farazlar ishlab chiqiladi, turli variantlar hamda variasiyalar haqidagi mulohaza yuritiladi, o`zaro xayolan solishtirib, eng samarali alomatlar ajratiladi va hokazo.


    • Muammo oldiga qo`yilgan farazni tekshirish zarurati tug`iladi. Muammoni nazariy jihatdan hal qilish uchun ilgari surilgan gipoteza adekvat emasligi, noto`g`ri ekanligi aniqlansa, u fikr yuritish ob`ektidan siqib chiqariladi va yangi farazlar, o`ylar tahmin qilinadi yoki o`ylab topiladi.


    • Muammo va masalani hal qilish, yechish, olingan natijalarni to`g`riligiga qanoat hosil qilish uchun echuvchi, uni tekshirish bilan tafakkur harakatlarini yakunlaydi.


    Psixolog V.A.Kruteskiy ijodiy tafakkurni taraqqiy ettirish maqsadida masalalar tipologiyasini ishlab chiqib, turli yoshdagi o`quvchilar o`quv faoliyatida sinab ko`rgan. Tipologiyaga kiritilgan masalalarni V.A.Kruteskiy turlicha nom bilan ataydi:


      1. Savol aniq qilib qo`yilmagan masalalar.


      2. Berilganlari yetishmaydigan masalalar.


      3. Ortiqcha ma`lumotlari bo`lgan masalalar.


      4. Bir necha yo`l bilan yechiladigan masalalar.


      5. Mazmuni o`zgarib turadigan masalalar.


      6. Isbotlashga doir masalalar.


      7. Fikrlash, mantiqiy mulohaza yuritishga doir masalalar.


    Ijodiy tafakkur turi o`zining samaradorligi va dolzarbligi, universalligi bilan boshqa fikr yuritish jarayonlaridan farq qiladi, yangi-yangi muammolarni o`ylab chiqish jarayoni bo`lib, insonning bilish faoliyatida yetakchi rol o`ynaydi.




    Download 199,17 Kb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38




    Download 199,17 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - mavzu. Xulosa qilish. Kreativ jarayon. (2 soat) Ma’ruza mashg‘uloti

    Download 199,17 Kb.