Ijodiy fikrlash texnikasi, muammolarni ijodiy hal etish usullari




Download 199,17 Kb.
bet9/38
Sana01.12.2023
Hajmi199,17 Kb.
#108914
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38
Bog'liq
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va menejment-www.hozir.org (1)
226-1-СРС ФИТК, Umumiy psixodiagnostika UMK, E\'lon, mustaqil talim 1, Верная интонация, Avtomatik va yarim avtomatik , Chiziqli differensial tenglamalar. Differensial tenglamalar sist, Big data, Menejment (N.Mahkamova, S.Yuldasheva, Sh.Xolmatova, O.Shmigin), 93064, IS JOBASI FIZIK XIM ANALIZ, 1КУРС МТ МУСТАҚИЛ ИШ МАВЗУЛАРИ, 1-дарс тест, 61e547cca91cc6.97918334
4. Ijodiy fikrlash texnikasi, muammolarni ijodiy hal etish usullari
Bir qator tadqiqotchilar ijodiy fikrlash uchun zaruriy aqliy
qobi liyatlarni aniqlashga harakat qilganlar. Guilfordning (1956 [46])
o‘xshash (convergent) va tafovutli (divergent) fikrlash konsepsiyasi bu
sohadagi tadqiqotlarga katta taʼsir oʻtkazgan. O‘xshash fikrlash deb,
odatda, javob topish maqsadida to‘plangan ma’lumotga asosan izlanish,
anglash va qaror qabul qilishning an’anaviy va mantiqiy strategiyasini
qo‘llash qobiliyatiga aytiladi. (Cropley, 2006 [47]). Aksincha, tafovutli
fikrlash – bu yangi yondashuvlarni qo‘llash va mavjud ma’lumotlardan
kutilmagan kombinatsiyalarni shakllantirish, shuningdek, bog‘lanishlar,
fikrlash va o‘zgartirishning ma’no jihatdan o‘zgaruvchanlik va ravonlik
kabi layoqatlarini qo‘llash yo‘li bilan original g‘oyalarni ishlab chiqish
qobiliyatidir (Cropley, 2006 [47]). Tafovutli fikrlash, shuningdek, tayyor
ko‘rsatmalardan voz kecha bilish, muammoga boshqacha yechimlarni
qidirish, qolgan barcha vositalar kop boʻlmaganda, kutilmagan choralarga
murojaat qilish, muammolarga boshqa nuqtayi nazardan qarash, tayyor
uslublardan voz kechib, yangilarini sinab koʻrish qobiliyati deb tavsiflangan
(Schank va Abelson, 1977 [48]; Duncker, 1972 [49]). Umuman olganda,
tafovutli fikrlash aksar hollarda yangicha, noodatiy hamda kutilmagan
javoblarni hosil qilishdir. Kreativ fikrlash koʻpincha tafovutli fikrlash istilohlarida tavsiflanadi, aksar tadqiqotlar bugungacha tafovutli fikrlash bilan bogʻliq aqliy jarayonlarni oʻrganishga bagʻishlangan. Lekin, tadqiqotlar tahliliy yoki qaror qabul qilish qobiliyati kabi o‘xshash fikrlashning aqliy jarayonlari ham kreativlik uchun muhim ekanligini yaqqol namoyish qilmoqda
(Cropley, 2006 [47]; Reiter-Palmon va Robinson, 2009 [50]; Tanggard va
Glaveanu, 2014 [51]). Masalan, yangicha va qiymatli gʻoyalarni berish
qobiliyati avval boshqa, muammoni joʻyali taʼriflash kabi jarayonlarni
amalga oshirishga bogʻliq boʻlishi mumkin (Runco, 1997 [52]). Darhaqiqat,
Getzels va Csikszentmihalyi (1976 [53]) aniqlashicha, rassomchilik bo‘yicha

«Tutash yondashuvlar» yoki «Komponent nazariyalari» kreativfikrlash va kreativlikni koʻp qirrali fenomen sifatida taʼriflaydi (Lucas, 2016 [39]). Amabile (1983 [34];2016 [40]) nazariyasi har qanday shaxsning ijodiy faolligi uchun toʻrt zaruriy qismni sanaydi: sohaga bogʻliq qobiliyatlar, kreativlikka bogʻliq jarayonlar vazifa borasidagi ishtiyoq (motivatsiya) ham da mos, qulay sharoit. Bu modelga koʻra, umuman olganda, ijodiyser mahsullik bazaviy resurs yoxud xomashyo (masalan, sohaga bogʻliqqobiliyatlar, jumladan, bilim va texnik koʻnikmalar) bo‘lib, ushbu xomashyoni yangicha usulda birlashtirish uchun kerak boʻladigan qobiliyatlar (yaʼni,kreativlikka bogʻliq jarayonlar, jumladan, tayyor qoʻllanmalardan vozkecha olish kabi tegishli kognitiv stillar) hamda ushbu amallarni oshirishgaishtiyoqni (yaʼni, motivatsiya) taqozo etadi. Bu toʻrt komponent ham turgʻun, ham takomillashtirish va muhitga moyil boʻlgan komponentlardaniborat.23. Sternberg va Lubartning (1991 [41]; 1995 [42]) «kreativlikningsarmoya nazariyasi»da kreativlik uchun toʻrt alohida, lekin chambarchasbogʻliq resurs talab etiladi: intellektual qobiliyatlar (tahlil va sintez qilishkabi); sohaga oid bilim; muayyan «fikrlash tarzi» (yangicha fikrlash kabi);motivatsiya; muayyan shaxsiy xislatlar hamda kreativ gʻoyalar uchun mosva qulay atrof-muhit. Sternberg (2006 [43]) keyinroq ushbu resurslartutashganligining ahamiyati borasida fikr bildirgan. Uning aytishicha,ijodiy yondashuv har bir komponentning oddiygina qoʻshilishi emas, balkiundan ancha murakkabroq jarayondir. Komponentlar oʻrtasidagi oʻzaromunosabat turli natijalarni beradi: masalan, aksar komponentlarningyuqori darajasi ijodiy salohiyatga multiplikativ taʼsir koʻrsatishi mumkin,va aksincha, har bir komponent uchun pastki chegara mavjud boʻlib, undanoʻtilgan taqdirda, boshqa komponentlardagi yuqori darajalardan qatʼinazar, hech qanday ijodiy mahsulotni kutib boʻlmaydi.

Zamonaviy tadqiqot tobora kreativ fikrlashga individual yumush
emas, koʻproq ommaviy xatti-harakat sifatida qaramoqda. Bunga yangi bilim
yaratishda guruhlarning faoliyatini tahlil qilishni misol keltirish mumkin.
(Thompson va Choi, 2005 [77]; Prather, 2010 [78]; Grivas va Puccio, 2012
[79]; Scardamalia, 2002 [80]). Kreativ fikrlashni bunday anglashda ilgari
surilgan asosiy fikr, ijodiy faoliyat inson va uning muhiti, jumladan, ushbu
muhitdagi boshqa insonlar orasidagi munosabatning natijasi ekanligidir. Bu
yoʻsinda, kreativ fikrlash va faoliyat doimiy «bajarish» (muhitga qaratilgan
xatti-harakat) va «duchor boʻlish» (muhitning aks harakatini qabul
qilib olish) sikli sifatida shakllantirilgan (Glaveanu va boshqalar., 2013
[44]). Oʻzaro hamkorlik natijasida guruhlar alohida insonning qobiliyati
yetmaydigan murakkab muammolarga yangicha yechimlarni taklif etishi
mumkin (Warhuus va boshqalar. 2017 [81]).

Hamkorlikdagi kreativ fikrlash borasidagi tadqiqotlarga ko‘ra,


guruh aʼzolari maqsadli, opportunistik vaziyatdan kelib chiquvchi va
tartibsiz murakkab jarayonlarda ishtirok etgan holda, maqsad qoʻyadi
va uning roʻyobga chiqishini kuzatadi, bunda guruhning turli aʼzolari
oʻzining kuchli tarafiga asoslanib, guruhda yetakchilikni oladi. Xususan,
muzokara va badiha usulidagi olib boriladigan jarayonlarda qatnasha
olish yangi gʻoyalarni yaratishga zamin tayyorlaydi (Montuori, 2003
[82]; Tsoukas, 2009 [83]). Hamkorlik natijasida, faoliyat gʻoya yaratish va
takomillashtirish bilan bogʻlanadi, gʻoyalardagi kamchilik tuzatiladi, boshi
berk muammolarni aylanib oʻtish yoʻllari kashf etiladi.
Hamkorlikda ishlay olish qobiliyati taʼlim kontekstida ham bilim
yaratishning muhim qismidir. Oʻquvchilar boshqalarning gʻoyalarini kashf
etib, ular asosida yangi gʻoyalarni yaratishi va shu orqali hamkorlikda
yangi bilimlarni yaratishida maktab qulay zamin sifatida xizmat qiladi.

Oʻquvchilar oʻzgalarning gʻoyasidan bahramand boʻlishni, hammuallif lik


va hamkor faoliyatni oʻrganishi kerak (Starko, 2010 [84]; Scardamalia,
2002 [80]).Maqsad sari ishtiyoqning bo‘lishi ijodiy faollikning asosiy motori
ekanligi ilm-fanda, xususan, Amabile (1997 [85]; 2016 [40]; 2010 [1]; 1983
[34]) tadqiqotlarida batafsil isbotlangan. Bu yerdagi asosiy faraz shundan
iboratki, inson yuqori ijodiy faollikka kerak boʻladigan barcha xislatlar
turkumiga ega boʻlsa ham, lekin bunga yetarlicha ixlos qoʻymagani sababli
ijodiy mahsulot bermasligi mumkin.Kreativ boʻlishga ishtiyoq mohiyatan ham tashqi, ham ichki boʻlishimumkin. Maqsadi sari ichki ishtiyoqi bo‘lgan insonlar: oʻz faoliyatlarinimaʼnoli deb biladilar, bu faoliyat bilan faqatgina zavqlanganliklari,oʻzlariga qiziqarli boʻlgani yoki oʻzlarini sinab koʻrmoqchi boʻlganlariuchungina shugʻullanadilar; ular tashqi ragʻbatlantiruvchi omillarga
nisbatan befarq boʻladilar. Csikszentmihalyi (1996[21]) taxmin qilishicha, turdosh «oqim» hissiyotiijodiy faollikni sezilarli tarzda qoʻllab-quvvatlaydi,
zero, oqim holatida «insonlar ochlik, charchoqva noqulayliklarga qaramay, faoliyatlarida qatʼiydavom etadilar» (Nakamura va Csikszentmihalyi,
2002 [86]). Chunki ular maqsadlari sari ichkiishtiyoqlari bo‘lganligi sababli, ishga toʻliq kirishibketgan boʻladilar.Umuman olganda, tadqiqotlar kreativ samara uchun ichki ishtiyoqning ijobiy taʼsiri, tashqi ishtiyoqning salbiy taʼsiri mavjudliginiko‘rsatib keladi (Amabile, 2012 [59]; Sternberg, 2006 [43]). Lekin yaqindanbuyon, bosim (misol uchun, topshiriqning yaqinlashayotgan muddati)yoki ragʻbat (katta maosh va eʼtirof) kabi tashqi motivatsiya omillari
ham insonlarni ijodiy faollikda bardavom boʻlishlarini taʼminlashi e‘tirof
etilmoqda (Eisenberger va Shanock, 2003 [87]; Amabile va Pratt, 2016
[40])





Download 199,17 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38




Download 199,17 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ijodiy fikrlash texnikasi, muammolarni ijodiy hal etish usullari

Download 199,17 Kb.