CHuqur ong prinsipi bilan tanishish




Download 199,17 Kb.
bet5/38
Sana01.12.2023
Hajmi199,17 Kb.
#108914
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va menejment-www.hozir.org (1)
226-1-СРС ФИТК, Umumiy psixodiagnostika UMK, E\'lon, mustaqil talim 1, Верная интонация, Avtomatik va yarim avtomatik , Chiziqli differensial tenglamalar. Differensial tenglamalar sist, Big data, Menejment (N.Mahkamova, S.Yuldasheva, Sh.Xolmatova, O.Shmigin), 93064, IS JOBASI FIZIK XIM ANALIZ, 1КУРС МТ МУСТАҚИЛ ИШ МАВЗУЛАРИ, 1-дарс тест, 61e547cca91cc6.97918334
4. CHuqur ong prinsipi bilan tanishish

XX asr g’arb psixologiyasining yana bir nufuzli yo’nalishi - psixoanalizdir. U ko’pincha avstriyalik psixiatr va psixolog Z.Freydning nomi bilan freydizm deb ham yuritiladi. Freydizm nuqtai nazaridan olganda, odam amalda ijtimoiy hodisa emas. Kishi xulq-atvori ikkita: «Huzur-halovat yo’nalishi» va «Reallik yo’nalishi» yo’nalishlarga bo’ysindiriladi. Psixoanalitiklar anglanilmaganlik psixik g’o’zo’ovchilar bilan avval boshdanoq odamga dushman bo’lgan ijtimoiy muhit o’rtasidagi homiy qarama – qarshilik to’g’risidagi tasavvurlardan kelib chiqib, individ, bir tomondan vijdon, nomus, qo’rquv va shu kabilar shaklida o’z boshidan kechiradigan qatag’onlarni yaratuvchi muhitning talablar, ikkinchi tomondan esa hukmini o’tkazuvchi anglanilmagan mayllarning bir –birini sig’ishtirmasligi bilan bog’liq ichki konflikt holatga muqarrar tushadi, deb da’vo qilishgan edi. Kishi bunday vaziyatlar oqibatida vujudga kelgan tanglikdan shahvoniy g’ayrat ijtimoiy jihatdan maqbul yo’lgaburib yuboradigan himoya mexanizmlarini ishga solgan tarzda qutiladi. Katta yoshdagi odamning anglanilmagan holda yo’naltiruvchi xatti-harakati, uning ilk bolalik davrida shakllangan maqsad-istagining qaramligida bo’ladi va amalda uning butun umri bo’yi sira o’zgarasdan faqat ongning «senzurasi» bilan murosaa qilish zaruratidan niqoblarib qolib ketadi. Freyd psixologlarning anglanilmaganlik va psixolog himoya muammolariga, katta yoshdagi kishining xulq - atvoriga, bolalikdagi voqealarning ta’siriga va boshqalarga jalb qiladi, lekin bu muammolarni tubdan to’g’ri, shaxs psixologiyasini biologiyalashtirgan, shaxsning hatto ijtimoiy kuch deb ta’riflagan holda anglanilmaganlakning ongdan ustunligi va kishi xulq – atvorining shahvoniy mayllarga bo’ysinishi to’g’risidagi tasavvurlardan kelib chiqib talqin etgan edi. Freyd o’zining psixologik nazariyasini odam haqidagi, jamiyat va madaniyat haqidagi umumiy ma’lumotga aylantirib g’arb mamlakatlarida katta e’tibor qozondi.Psixoanalitik asarlarning umumiy tavsifi go’yo ichidan turib kishini idora qiladigan induktiv mayllarning boshqarilmaydigan holatdagi o’zini eplay olmaydigan qo’g’irchoqqa aylantirib qo’yadigan qorong’i, ongsiz kuchlar haqida Freydning ta’limoti hush keladigan jamiyatning idiologik kurashga, aylanishiga imkon yaratib beradi. Psixoanaliz—ongsiz psixik jarayonlar va motivatsiyalarga asoslangan psixologik ta’limot hamda psixoterapiya metodi. Psixoanaliz XIX asr oxiri XX asr boshlarida avstriyalik vrach va psixolog Z.Freyd tomonidan asab kasalliklarining umumiy nazariyasi va ularni davolash metodi sifatida ilgari surilgan. Erkin assotsiasiyametodiga asoslangan Freyd ta’limotiga ko’ra psixo’analizda insonni psixik hayoti tug’ma, ongsiz mayllarga bog’lanadi; insondagi turli ruhiy kechinmalar, amalga oshmagan istaklar butunlay yo’qolib ketmaydi, balki ong doirasidan ongsizlik holatiga o’tib, psixik hayotga faol ta’sir ko’rsatadi va bu hol ko’pincha asabiylik alomatlarida namoyon bo’ladi, deb ko’rsatiladi. Psixoanalizning asosiy davolash usuli instinktlarni g’ayritabiiy yo’l bilan qondirish yoki ularni boshqa faoliyatga ko’chirishdan iboratdir. Psixoanaliz namoyondalari salbiy ijtimoiy hodisalarni ham «biologik» sabab bilan tushuntirishga harakat qiladilar. Psixoanliz Evropada ayniqsa, birinchi jahon urushidan so’ng keng tarqaldi.
Insondagi ruhiy kasalliklarning rivojlanishi ijtimoiy-hayotiy sharoitlarga bir jihatdan bog’liqligi ilmiy ravishda isbotlangan.
Zigmund Freyd inson ruhiyatini tahlil qilar ekan, uning ichki qonunlari ongsizlik borasida yashirinib yotgan tomonlariga alohida e’tibor berdi. Inson borlig’ining muhim jabhasi, ruhiy dunyosi modelini yaratdi. Olim xulosasiga binoan, bu model uch qismdan iborat bo’lib, asosini avvalo «U»(anglab etilmagan g’ayri shuuriylik yoki ongsizlik) tashkil etadi. Keyingi qismi esa «Men» (ong) hisoblanadi. Bu insonning ongli faoliyati bo’lib, matematik formulalar va turli belgilar bilan ifodalanadi.
Uchinchisi «Mendan ulug’» (shartli ravishda ijtimoiy ong deb atasa bo’ladi) holatdir. Freyd birinchisini lotincha «Id», ikinchisini «ego», uchinchisini esa «Super ego» deb nomlaydi.Inson ichki dunyosi asosan ana shu «uchlik»dan tashkil topadi, deb tushuntiradi.
Inson ichki dunyosi, ruhiyatini mazkur uchlik vositasida o’rganar ekan, olim «Id» ongsizlikni chopqir otga o’xshatadi. «Men» (ego)-ong, onglilikni chavandozga o’xshatadi. Chavandoz turli maqsadlari yo’lida otni xohlagan tomonga yo’naltira oladi. Biroq kuch-qudrat, energiya manbasi chavandozda emas, otda bo’lib, u butun yumushni bajaradi. Shu tufayli olim, butun energiya, kuch-qudratning manbasi ongsizlikda deb ko’rsatadi.
Ongsizlik nimaga kerak, bilish jarayoni uchun qanday ahamiyatga ega? Insonning bunday faoliyati xilma-xil ruhiy holatlar, jarayonlardan iborat bo’lib, bunga uyqu, tush, intuitsiya, ongosti, ongoldi hodisalari kiradi. Ijodning vujudga kelishida ana shu jarayonlar muhim ahamiyat kasb etadi, demak, har qanday ijodning genezisi, kelib chiqishi ongsizlikdan kelib chiqadi, deydi Freyd. Bundan tashqari, «ongosti»ga ham alohida e’tibor beradi. U psixoterapevtik faoliyatda muammoning kelib chiqishini ong ostidan qidirgan va bu yuzasidan muvofaqqiyatga erishgan.
Psixika voqelikning kishi yamisidagi aksi sifatida har-xil darajalari bilan farqlanadi.
Ongsizlik kishini o’zini tuta olmaydigan qilib qo’yadigan ta’sirotlar bilan bog’liq psixik jarayonlar, xarakatlar holatlar yig’indisidir. Psixik holat (bundan shu narsa ravshanki psixika tushunchasi «ong», «ongli» tushunchalariga qaraganda kenroqdir) sifatidagi ongsizlik voqelikni aks ettirishning shunday bir shakti hisoblanadiki, bunda harakat vaqti va o’rnini mo’ljal qilish yaxlitligi yo’qoladi, xatti-harakatning nutq yordamida boshqarilishi buziladi. Ongsizlikda, onglilikdan farqli o’laroq, kishi o’zi bajarayotgan xarakatlarini maqsadga muvofiq tarzda nazorat qila olmaydi, ularning natijasini baholay olishi ham amri maholdir.
Ongsizlikka quyidagi psixik hodisalarni kiritish mumkin: uyqu paytida yuz beradigan psixik hodisalar (tush ko’rish: sezilmaydigan, lekin haqiqatdan ham ta’sir ko’rsatadi, o’zgartuvchilarga «subsensor» yoki «subseptiv» javob reaksiyalari oldinlari ongli harakat bo’lib, lekin takrorlanaverib, avtomatlashib ketgan va shunga ko’ra endilikda anglanmaydigan bo’lib qolgan harakatlar; faoliyatga undovchi ammo maqsad hissidan anglamaydigan ayrim mayllar va hakozo. Ongsizlik hodisalarga bemor kishining psixikasida ro’y beradigan ba’zi bir patologik hodisalarni- alahlash, ko’ziga yo’q narsalar ko’rinishi va shu kabilarni ham qo’shish mumkin. Shularga asoslanib, ongsizlikni ongga qarama-qarshi deb hisoblash, uni hayvonlar psixikasiga tenglashtirish noto’g’ri bo’lur edi.
Ongsizlik-bu kishining xuddi ong kabi o’ziga xos psixik qiyofasidirki, u kishi miyasida borliqning yetarli darajada bir xil bo’lmagan, qisman aksi tarzida inson hayotining ijtimoiy shart-sharoitlari bilan bog’liq holda paydo bo’lgan.
Taxminan XVII asr o’rtalarigacha bo’lgan davrda ko’pchilik inson va hayvonlar o’rtasida tanasining ichki tuzilishi va hulq-atvorida, shuningdek, kelib chiqishida ham hech qanday umumiylik bo’lishi mumkin emasligi haqida fikr yuritgan edi. So’ngra tana mexanikasining umumiyligi tan olinib, inson psixikasi va hulq-atvori o’rtasidagi tafovutlar saqlanib qoldi (XVII-XVIII asr.).





Download 199,17 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Download 199,17 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



CHuqur ong prinsipi bilan tanishish

Download 199,17 Kb.