Nihoyat ongning to’rtinchi ta’rifi




Download 199,17 Kb.
bet4/38
Sana01.12.2023
Hajmi199,17 Kb.
#108914
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va menejment-www.hozir.org (1)
226-1-СРС ФИТК, Umumiy psixodiagnostika UMK, E\'lon, mustaqil talim 1, Верная интонация, Avtomatik va yarim avtomatik , Chiziqli differensial tenglamalar. Differensial tenglamalar sist, Big data, Menejment (N.Mahkamova, S.Yuldasheva, Sh.Xolmatova, O.Shmigin), 93064, IS JOBASI FIZIK XIM ANALIZ, 1КУРС МТ МУСТАҚИЛ ИШ МАВЗУЛАРИ, 1-дарс тест, 61e547cca91cc6.97918334
Nihoyat ongning to’rtinchi ta’rifi-uning tarkibiga muayyan munosabatning kirganligidir. Ya’ni «Mening o’z muhitimga bo’lgan munosabatim mening ongimdir». Kishi ongiga muqarrar ravishda his-tuyg’ular olami kirib keladi. Undamurakab ob’yektiv va eng avvalo odamning o’zi ham jalb etilgan ijtimoiy munosabatlar o’z aksini topadi. Bu o’rinda ham boshqa ko’pgina hollarda bo’lgani kabi patalogiya normal ongning mohiyatini yaxshiroq anglab olishga yordam beradi. Ayrim ruhiy kasalliklarga chalinganda ongning buzilganligi aynan his-tuyg’ular va munosabatlar sohasidagi buzilish bilan belgilanadi: bemor bunga qadar behad sevgan onasini suymaydigan bo’lib qoladi, yaqin kishilari to’g’risida zarda bilan gapiradi va xakozo.
Ongning yuqorida ko’rsatib o’tilgan barcha o’ziga xos xususiyatlari shakllanishi va namoyon bo’lishining muqarrar sharti hisoblanadi. Nutq faoliyati jarayonida odam bilim hosil qiladi, kishi dunyoga kelgunga qadar uning uchun insoniyat yaratib bergan, tilda mustahkamlab, unga yetkazgan inson tafakkuri boyliklari bilan o’z hayotini boyitadi.Til alohida ob’yektiv sistemaki, unda ijtimoiy-tarixiy tajriba yoki ijtimoiy ong aks etgandir. Konkret odam tomonidan o’zlashtirilar ekan, til ma’lum bir ma’noda uning real ongi bo’libqoladi. Til-amaliy, haqiqiy ongdir, boshqalar uchun ham mavjud bo’lgan ongdir.

«Ong» tushunchasi psixologiyada, psixiatriyada va boshqa fanlarda uning yuqorida keltirilgan asosiy ta’riflarga mos keladigan ma’noda ishlatiladi. Psixiatrlarni bemorda ong bor yoki yo’qligi, yo bo’lmasa buzilganligi masalalari doim qiziqtiradi, shu tufayli ular ong deganda bemorning o’z-o’zini qayerdaligi to’g’risida o’z shahsiy holati hamda xarakatlari haqida hisob Bera olish imkoniyatlarini tushunadilar. Ongi yaxshi saqlanib qolgan odam miyaga kelayotgan yangi axborotga o’zidagi mavjud bilimlarni hisobga olgan holda baho beradi. O’zini tevarak-atrofdagi muhitdan aloqada ajratib, bosh odamlarga va faoliyat vaziyatiga nisbatan tarkib topgan ma’lumotlar asosida o’z hatti-xarakatini idora qiladi.



Download 199,17 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Download 199,17 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nihoyat ongning to’rtinchi ta’rifi

Download 199,17 Kb.