• 2-ma’ruza mashg‘uloti 3.
  • Tayanch so‘z va iboralar
  • -mavzu.SHaxsiy ijod va ijodiy fikrlash vositalari.(4




    Download 199,17 Kb.
    bet6/38
    Sana01.12.2023
    Hajmi199,17 Kb.
    #108914
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
    Bog'liq
    Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va menejment-www.hozir.org (1)
    226-1-СРС ФИТК, Umumiy psixodiagnostika UMK, E\'lon, mustaqil talim 1, Верная интонация, Avtomatik va yarim avtomatik , Chiziqli differensial tenglamalar. Differensial tenglamalar sist, Big data, Menejment (N.Mahkamova, S.Yuldasheva, Sh.Xolmatova, O.Shmigin), 93064, IS JOBASI FIZIK XIM ANALIZ, 1КУРС МТ МУСТАҚИЛ ИШ МАВЗУЛАРИ, 1-дарс тест, 61e547cca91cc6.97918334
    2-mavzu.SHaxsiy ijod va ijodiy fikrlash vositalari.(4soat)


    1-ma’ruza mashg‘uloti


    1.

    SHaxsiy ijodkorlik va ijodiy fikrlash vositalarining ta’rifi va ahamiyati.




    2.

    SHaxsiy ijodkorlikning asosiy omillari va elementlari.




    2-ma’ruza mashg‘uloti


    3.

    SHaxsiy ijodkorlikni rivojlantirishning samarali strategiyalari.




    4.

    Ijodiy fikrlash texnikasi, muammolarni ijodiy hal etish usullari.





    Tayanch so‘z va iboralar: fikrlash texnikasi, shaxsiy ijod, muammo, ijod, strategiyalar, ijodiy fikrlash, abstrakt, sezgirlik, sinergiya, intuitsiya

    1. SHaxsiy ijodkorlik va ijodiy fikrlash vositalarining ta’rifi va ahamiyati.
    Ijod (kreativlik, inglizcha “creativity” — yaratuvchanlik) — bu ta’riflash murakkab bo‘lgan so‘z. Agar inson qandaydir bir g‘ayrioddiy va shu bilan bir vaqtda ahamiyatli va foydali narsa yaratgan bo‘lsa, “bu-ijod” deyiladi. SHunday qilib ijod jarayon sifatida emas, balki uning oqibati orqali aniqlanadi.
    Ijod tushunchasining yagona ta’rifi yo‘qligi shu bilan bog‘liqki, odamlar “g‘ayrioddiy”, “yaxshi” va “foydali” deb nimani atash mumkinligi haqida yagona fikrga ega emaslar, shu sababli bu tushunchalar juda nisbiy. qaysi nuqtai nazardan qarashga bog‘liq. Binobarin, nima uchun ijod tutqich bermaydigan, sirpanib chiqib ketadigan muhokama predmeti ekanligini oson tushunish mumkin. Biron bir g‘oya yoki qandaydir bir faoliyat natijasi ijodiy deb e’tirof qilinishi uchun avvalam bor, uni atrofidagilar g‘ayrioddiy, yaxshi va foydali, — deb tan olishlari zarur. YAna shuni ta’kidlash zarurki, ijod tushunchasida vaqtlar o‘tgan sayin muhim o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.
    Gardner ijodga bergan ta’rifida yana bir shartni qo‘shdi. U ijodiy inson albatta uzluksiz ravishda ijodiy masalalarni hal qilishi va ijod mahsulotlarini yaratishi shart deb hisoblaydi. Bu qo‘shimcha shart ijodiy jarayondagi “omad” tushunchasini siqib chiqaradi, chunki uzluksiz natija hisoblanayotganda favqulodda va juda kam bajaradigan harakatlar e’tiborga olinmasligi kerak. Lekin biz qaysi ta’rifni tanlab olmaylik, baribir barchamiz ijodga ehtiyoj sezamiz va u yoki bu darajada ijod qilamiz. Ijodiy faoliyat bizning kundalik hayotimizni jozibaliroq qiladi: fan va san’atni ijodsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi; ijodsiz matematika va boshqa fanlar taraqqiyotini tasavvur qilish mumkin emas. Biz har doim murakkab fikrni ifodalaganimizda yoki oq qog‘ozni matn bilan qoraytirganimizda ijod qilamiz. Agar biz shu ishni samarali va g‘ayrioddiy tarzda udallay olsak, bizni rasmona ijod kishisi, — deb atash mumkin.
    Hozirgi zamon psixologlari shunday xulosaga kelishdiki, Eynshteyn, Mariya Kyuri va Motsart kabi ijodiy gigantlarda “hech qanday g‘ayritabiiylik” mavjud bo‘lmay, ularning ijodini kundalik oddiy jarayonning davomi deb qarash mumkin. Vaysberg har doim ijodni oddiy hodisa, — deb qarashni himoya qilar edi. Bunga misol tariqasida temir va simlardan yasalgan abstrakt skulpturalari bilan mashhur bo‘lgan rassom Aleksandr Kalder (1898—1976) ning tarjimai holini keltiradi. YOshligida Kalder simlardan o‘z singlisiga bezaklar yasagan. Uning ota—onasi rassomlar bo‘lib, farzandalariga san’at darsini o‘tar va bola yoshligidan otasi yaratgan haykallar va onasining chizgan rasmlari bilan qurshalgan edi. U abstraksionist — vaqti bilan mashhur o‘z ishlarida “kuchli” sof ranglar va abstrakt kashtalardan foydalangan rassom, Pit Mondrianning ustaxonasida ko‘p bo‘lib turar edi. SHuning uchun rassom tomonidan shu bolalikning barcha hayotiy taasurotlari yorqin abstrakt konstruksiyalarda o‘z ifodasinin topganligi hech qanday kutilmagan hodisa emas.
    Ijodiy jarayonda inson ko‘p ham biror narsani isbot qilishga harakat qilavermaydi, balki barcha imkoniyatlaridan foydalanib, muammoning echimini ilgarilatishga urinadi va faqat yangi g‘oyaga kelgandan so‘ng uni haqiqiyligini va ahamiyatliligini isbotlashga kirishadi.
    Ijodiy fikrlash “sakrab” birorta yangi holatni egallashga va keyin tanlab olingan natijani anglashga imkon beradi.
    Gipotezalar, farazlar yoki ig‘vo tariqa g‘oyalardan foydalanib keskin ijodiy sakrashni amalga oshirish mumkin. Ayrim hollarda axborot taqchilligida etishmayotgan tafsilotlarni o‘ylab topishga majbur bo‘linadi. Ijodiy fikrlash jarayonida farazlar va taxminlarni ilgari surish axborotlar olishga va g‘oyalarni paydo bo‘lishiga yangi yo‘llar ochadi.
    Faqat axborotlarni tahlil qilishgina, yangi g‘oyalarni paydo bo‘lishi uchun etarli emas. Bunda aql, foydalanishga oldindan tayyor qilib qo‘yilgan, ya’ni eski g‘oyalarnigina ko‘rishi mumkin. SHuning uchun farazlarni ilgari surish san’atini rivojlantirish zarur. Ularning diapazoni etarli darajada keng ya’ni to‘la asoslangan tasdiq (gipotezalardagi kabi)dan tortib to ko‘p xollarda, hatto, to‘g‘riga o‘xshashlikka da’vo ham qila olmaydigan mantiqsiz farazlargacha bo‘lishi mumkin.
    Mantiqsiz g‘oya muammoga boshqa tomondan nigoh tashlashga imkon beradi. U yangi yo‘llarni taklif qilmaydi, lekin eski va toptalgan yo‘llardan chiqaradi.
    Ijodiy fikrlashdan foydalanib “sakraganda” fikrlashdagi ikki holatni birlashtiruvchi “so‘qmoq” ochiladi. Inson mashaqqatli, sekin va ko‘p mehnat talab qiluvchi ma’lum faktlarni tanlashdan voz kechish bilan, go‘yo o‘z fikrlaridan ilagarilab ketganday bo‘ladi.


    Download 199,17 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




    Download 199,17 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu.SHaxsiy ijod va ijodiy fikrlash vositalari.(4

    Download 199,17 Kb.