SHaxsiy ijodkorlikning asosiy omillari va elementlari




Download 199,17 Kb.
bet7/38
Sana01.12.2023
Hajmi199,17 Kb.
#108914
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38
Bog'liq
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va menejment-www.hozir.org (1)
226-1-СРС ФИТК, Umumiy psixodiagnostika UMK, E\'lon, mustaqil talim 1, Верная интонация, Avtomatik va yarim avtomatik , Chiziqli differensial tenglamalar. Differensial tenglamalar sist, Big data, Menejment (N.Mahkamova, S.Yuldasheva, Sh.Xolmatova, O.Shmigin), 93064, IS JOBASI FIZIK XIM ANALIZ, 1КУРС МТ МУСТАҚИЛ ИШ МАВЗУЛАРИ, 1-дарс тест, 61e547cca91cc6.97918334
2. SHaxsiy ijodkorlikning asosiy omillari va elementlari
Ijodni ham uchta tushunchalar orqali ta’riflash mumkin, bular: sezgirlik, sinergiya va intuitsiyadir.
Sezgirlikbu insonning sezgilaridan, bizning “tashqi dunyoga ochiladigan darcha”dan foydalanishdir. Ular yordamida sezish, hidlash, ta’m tatib ko‘rish mumkin.
Sinergiya — bu birinchi qarashda qo‘shib bo‘lmaydigan ko‘rinadigan narsalarni bir butun, hamda foydali va ishlaydigan qilib birlashtirishdir. Agar bilimlarni turli sohalariga tegishli bo‘lgan ikki g‘oyani yangi mazmunda muvaffaqiyatli ishlay boshlaydigan qilib birlashtira olsangiz demak siz sinergiyaga ko‘rgazmali misolni namoyish qilgan bo‘lasiz. Sinergiyaga misollarni yuqorida keltirilgan Kalderning qisqa biografiyasidan ham topish mumkin. CHunki u simlar bilan ishlashdagi o‘z bilimlarini yorqin ranglar va abstrakt rasmlar bilan uyg‘unlashtirib hayratlantiruvchi konstuksiyalar yarata olgan.
Gordon o‘z vaqtida masalalarni qo‘yish va echishga ijodiy yondashish maqsadida turli kasb egalarini bir joyga to‘plashni taklif qilgan edi. Turli g‘oyalarni uyg‘unlashtirishni uddalay olishlik uchun ko‘p va keng malakalar va ko‘nikmalar sohibi bo‘lish kerak. Gumanitar ta’limning foydasiga oid argumentlardan biri, uning keng bilimlar berishidir.
Bu esa o‘z navbatida dunyoga turli burchaklar orqali qarash va bilimlarni turli sohalarida ahamiyatli fikrlar bildirishga imkon yaratadi.
Ijodning baquvvat harakatlantiruvchi kuchi —bu intuitsiyadir. U kutilmagan va rejalashtirilmagan kashfiyotga olib keladi. Mashhur olimlarning tarjimai hollarida, ularning kerakli echimni intuitiv ravishda topgan holatlari ko‘p uchraydi. Dastlabki qarashda bu echimlar odatda ko‘nikib qolingan ma’noga mos kelmaganday bo‘lib ham ko‘rinishi mumkin. SHuni ham unutmaslik kerakki, agar hamma narsani intuitsiya orqali tushuntiriladigan bo‘lsa, olimlarga nisbatan adolatsizlikka yo‘l qo‘yilgan bo‘ladi. To‘g‘ri, yangi ajoyib dori uni tashkil etuvchi moddalarni tasodifiy siljishi natijasida olindi. Lekin faqat tajribali olimgina bu tasodifiylikni o‘ziga yarasha baholay olgan bo‘lar edi. Agar uning o‘rnida qerakli bilimlarga ega bo‘lmagan odam bo‘lganida edi, u tajribani xato deb e’lon qilib, uni esdan chiqargan bo‘lar edi. Intuitsiyaning ijod jarayonida muhim rol o‘ynashi shubhasiz, lekin shuningdek u maqsadga intilish va mehnatsevarlik bilan mustahkamlanishi zarurligi ham hech qanday shubha tug‘dirmasligi kerak. Albatta, ilmiy kashfiyotni sof intuitiv ravishda qilish mumkin, lekin bunday baxtli “tasodiflar”ni laboratoriyalarda butun kunu—tun davomida bajarilgan mashaqqatli mehnatdan keyin ro‘y berish ehtimoli kattaroq. Fikrlash jarayonida intuitsiya muhim rol o‘ynaydi, lekin intuitsiya to‘g‘ri echimni ham ko‘rsatadi, — deb o‘ylash va undan umid qilib, faqat kutib o‘tirish yaramaydi. Intuitsiya ba’zi hollarda pand berishi ham mumkin, lekin u emotsiya va sezgilar bilan bir qatorda fikrlashning ajrtib bo‘lmaydigan qismidir.
Hayotga ijodiy yondashishning mazmuni shundan iboratki, u har qanday tasodiflarga ochiq munosabatda bo‘lishni saqlab qolish imkoniyatini tug‘diradi. Bu insonga maqsadni tahlil qilib borish, mavjud imkoniyatlardan eng qulayini tanlashga yordam beradi.



Download 199,17 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38




Download 199,17 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



SHaxsiy ijodkorlikning asosiy omillari va elementlari

Download 199,17 Kb.